Kattalarga mo‘ljallangan dozasi asosida turli koeffitsientlar yordamida hisoblash




Download 13,81 Mb.
bet5/117
Sana23.07.2021
Hajmi13,81 Mb.
#15896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
Kattalarga mo‘ljallangan dozasi asosida turli koeffitsientlar yordamida hisoblash

1. Misol: Koeffitsient (dozis-faktor) yordamida hisoblash:

Bolaning yoshga qarab kuyidagi dozis-faktor ( koeffitsientlar) taklif etilgan:

1 yoshgacha - 1,8

1 - 6 yoshgacha - 1,6

6 - 10 yoshgacha - 1,4

10 - 14 yoshgacha - 1,2

Misol: Paratsetamolning dozasini 1 yoshli va vazni 10 kg li bolaga hisoblash uchun kattalarga mo‘ljallangan paratsetamolni dozasini asos qilib olish kerak.

Bu doza 0,5 g tashkil etadi. Uni odamning o‘rtacha vazniga ( 70 kg) bo‘lib preparatning 1 kg vaznga to‘g‘ri keladigan miqdorini topamiz:

0,5 : 70 = 0,0071

So‘ng topilgan sanani tegishli koeffitsientga ( 1,8) ko‘paytirib bolaning 1 kg vazniga beriladigan preparatning dozasini hisoblab chiqamizamiz :

0,0071 x 1,8 = 0,01278 g

Bolaning vazni 10 kg bo‘lishini hisobga olib parsetamolning kerakli dozasini topamiz: 0,01278 x 10 = 0,1278 g.

2. X DF ham dori moddalarni dozasini bolalar uchun hisoblash jadvali keltirilgan (jadval)

GF X bo‘yicha




Bolani yoshi

Bolaga mo‘ljallangan doza (katta odamlarga mo‘l-jallangan dozasini qismi)

1

1 yilgacha

1/24 - 1/12




1 yil

1/12




2 yil

1/8




4 yil

1/6




6 yil

1/4




7 yil

1/3




14 yil

1/2




15-16 yil

3/4

3. V.Harnack tomonidan taklif etilgan usul






Bolani yoshi, yil

Bolaga mo‘ljallangan doza (katta odamlarga mo‘l-jallangan dozasini qismi)

1

1/12

1/10

2

1/4

1/6

3

½

1/5

4

1

1/4

5

3

1/3

6

7,5

1/2

7

12

2/3

Bunda katta odamning tanasining yuzasi1,73 m2 deb olinsa, YATCH tana yuzasi 0,2m2, 6 oylik bolaning -0,35 m2 ,1 yoshi- 0,43 m2, 3 yoshli-0,6 m2 , 6 yoshli 0,8m2 9 yoshli-1,1m2 . Shu sonlarga asoslanib qiyosiy nisbatni hisoblay olgan xolda yuqorida keltirilgan sonlar hisoblab chiqarilagan.



Kattalarga mo‘ljallangan dozasi asosida turli formulalar yordamida hisoblash.

Maxsus formulalar yordamida bolalarga kerakli doza hisoblab olinadi. Bunda asos qilib bolaning yoshi, vazni, tanasining yuzasi olinishi mumkin.

1) Augsberger tomonidan taklif etilgan usul

A = ( 4 x bolaning yoshi + 20)

A- bu kattalarning dozasidan olinadigan qismi, %%

2) Lenart G. tomonidan taklif etilgan usul. Bu usulning (Lenartning uchlik formulasi) afzalligi bolaning yoshi va vazni hisobga olingan va undan tashqari ayrim gurux DM ga bola organizmining sezgirligi xam hisobga olingan.

a) K = ( 2 x bolaning yoshi + bolaning vazni)

K- bu kattalarning dozasidan olinadigan qismi, %%

b) K+= ( 2 x bolaning yoshi x bolaning vazni + 12)- bu formula yordamida bola organizmi sezgirligi yuqori bo‘lmagan preparatlar(antibiotiklar,sulfanilamidlar, vitaminlar, fermntlar

c) K-= ( 2 x bolaning yoshi x bolaning vazni - 12)- bu formula yordamida bola organizmi sezgirligi yuqori bo‘lgan preparatlar(opiy, barbituratlar)



  1. Sagel J. tomonidan taklif etilgan usul




Bolani yoshi

Bolaga mo‘ljallangan doza (katta odamlarga mo‘l-jallangan dozasini qismi,%)

1

20 xaftagacha

13n+5

2

20-52 xafta

8n+7

3

1-9 yosh

3n+12

4

10-17 yosh

6n+16

n –bu bolaning yoshi,yil
4. Lucas tomonidan taklif etilgan usul( asosan sedativ va narkotik moddalar uchun)

B=bolaning yoshi, yil x kattalar uchun doza

bolaning yoshi + 12

Bolalarga mo‘ljallangan dorilarni dozasini hisoblash:

a 4 a + 20 b

A = B -----------; A = B -----------; A = B - ----.

a + 12 100 70

bu erda: A - bola uchun beriladigan doza, B - katta odam uchun beriladigan doza, a - bolani yoshi (yil), b - bolaning massasi (vazni), kg.

DM ning bola uchun dozasi hisoblashda yana dori shakliga xam e’tibor beriladi. Masalan, aniqlangan rektal DT ayrim DM uchun : alkaloid tuzlari, efedrin, fenollarning 30-50% ga kamaytiriladi(beriladigan peroral dozasidan), ammo sulfanilamidlar, antibiotiklar uchun dozasi 1,5 marta ko‘paytirilishi mumkin ( bola organizmini shu moddalarga sezgirligi past bo‘lganligi uchun).

Undan tashqari bolaning terisiga sepiladigan sepmalarda kuchli ta’sir etuvchi moddalarning konsentratsiyasiga e’tibor beriladi- hisobga olinish zarur bola terisining yuqori rezorbtiv xususiyatlari ( ayrim preparatlar, masalan borat kislotasi umuman ishlatilmaydi).

Bolalarga mo‘ljallangan dori turlarini ta’rifi, tasnifi, ularga qo‘yilgan talablar

Dori turlari texnologiyasini zamonaviy rivojlanish bosqichini hisobga olgan xolda. ilmiy jihatdan bolalarga dorilarni yaratishda birinchidan ularning asabini (psixika) iloji borcha ayashga qaratilgan bo‘lishi lozim.

Bolalarga mo‘ljallangan dori turlari faqat dozasi bilan farq qilmay balki bir necha talablarga javob berish kerak;

1. Dori moddalarni yuqori terpapevtik ta’sirini ta’minlab ularning salbiy ta’sirini mumkin darajada kamayishini ta’minlash;

2. qo‘llanilishi bola uchun qulay, tabiiy, iste’mol qilishda og‘riq chaqirmasligi, dori moddalarni (ayniqsa peroral dorilarni) noxush organoleptik xususiyatlari niqoblangan bo‘lishi kerak;

3. Yoshi 7-8 yildan oshmagan bolalarning yutish refleksi to‘liq rivojlanmaganligi uchun, bolalarga mo‘ljallangan dori turlarining asosiy qismi suyuq dori shaklida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir;

4. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning immunitet kuchlari to‘la rivojlanmaganligi ularga beriladigan xamma dori turlarini steril bo‘lishini talab qiladi.

Dori shakllari bolaning yoshiga muvofiq tanlanish lozim:

- maktabgacha bo‘lgan yoshdagilarga –asosan SDT ( siroplar, eritmalar, emulsiyalar, suspenziyalar, eritiladigan tabletka va granulalar, tomchilar, rekt DT.

Maktab yoshidagilarga yana tabletka, draje va boshq QDT va rektal DT.

3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tavsiya etilmaydi dorilarni tabletka va draje shaklida yaratish. ayniqsa ta’mi va rangi yaxshilangan.

Xozirda bolalar uchun mo‘ljallangan dori shakli bu murakkab terapevtik sistema bo‘lib, uning komponentlari DM ni so‘rilish tezligini. Darajasini, yo‘naltirilganligini belgilaydi.

Dori shakllari. Bolalar uchun ishlab chiqariladigan dorilarning asosiy qismi peroral, noxush ta’mi niqoblangan DT ( taxminan 70%) to‘g‘ri keladi ( eritmalar, suspenziyalar, emulsiyalar, tomchilar, eritish uchun mo‘ljallangan granulalar, poroshoklar, tabletkalar )- afzalliklariga bog‘liq( tez so‘rilishi, oddiyligi va boshq). Rektal DT xam axamiyatli ( shamchalar, rektal surtmalar, kapsulalar, rektal pipetkalar).

Qattiq DT: tabletkalar (oddiy, chaynash uchun, efervessent), draje, kasulalar

In’eksion DT, sirtka qo‘llashga mo‘ljallangan DT ( surtmalar, pastalar, sepmalar, tomchilar va boshq) taxmian 2-3 % tashkil etadi.




Download 13,81 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Download 13,81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kattalarga mo‘ljallangan dozasi asosida turli koeffitsientlar yordamida hisoblash

Download 13,81 Mb.