|
Bolalar uchun beriladigan dori vositalar jixozlanishi
|
bet | 6/117 | Sana | 23.07.2021 | Hajmi | 13,81 Mb. | | #15896 |
Bolalar uchun beriladigan dori vositalar jixozlanishi
Bolalarga mo‘ljallangan dorilarni tashqi ko‘rinishini, mazasini,hidini yaxshilash bilan birgalikda yana bir muammo echilishiga e’tibor berish lozim. Bu muammo- yosh bolalarni dorilar bilan zaharlanishini oldini olish. SHuning uchun bolalarga dorilarni yaratishda ularning jihozlanishiga ham e’tibor berilishi lozim:
Maxsus dozalash moslamalari mavjudligi( dozalarga bo‘lish uchun maxsus qoshiqchalar, menzurkalar, tomizg‘ichlar va sh.o‘.);
Jixoz ximoyalovchi moslamasi bilan ta’minlanganligi. Ya’ni yosh bolalar tomonidan qiyin ochiladigan jihoz bo‘lishi shart. Masalan, maxsus qopqoqli flakonlar, maxsus penalga o‘xshagan jihoz, konstruksiyasi murakkab bo‘lgan yoki maxsus tabletkalarga mo‘ljallangan jihozlovchi lentalar.
3. Yаna bir yo‘l bilan zaharlanish oldini olish mumkin- bu bolalarga dorilarni bir marta ishlatiladigan, ya’ni bitta dozani saqlaydigan jihozlarni qo‘llash. Masalan: polimer materiallardan yasalgan bitta dozali paketlar (poroshoklar, quruq suspenziyalar uchun). Bu jihozlash usuli dori moddalarni tashqari muhit ta’siridan, mikroblardan saqlaydi va maxsus avtomatlar yordamida ishlab chiqariladi.
Bolalar uchun beriladigan dori vositalar jixozlanadigan idishlar solinadigan dori vositaga qarab turli bo‘lishi mumkin:
shishadan yasalgan flakon va trubalar.
metall trubkalar.
kontur-uyachali (blister) jixoz.
kapsulalar.
alyuminiy zar qog‘ozi va laminirlangan qog‘ozdan yasalgan paketlar.
alyumini va polimerlardan tayyorlangan tubalar va x.k
Qadolanadigan idishlar shisha,karton,polimer parda,sellofan, laminirlangan qog‘oz,alyuminiy zar qog‘ozi,PVX tayyorlangan idishlar, sellyuloza atsetat va boshqalardan tayyorlanadi.
|
| |