• Biznes asoslari fanidan OQUV DASTURI
  • Erkaklar kiyimi tikuvchisi Bolalar kiyimi tikuvchisi
  • TASDIQLANDI VA JORIY ETILDI.
  • TAQRIZCHILAR
  • Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус




    Download 2,87 Mb.
    bet6/27
    Sana18.01.2024
    Hajmi2,87 Mb.
    #140474
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    NOD 30720707-YANGI Tikuvchi

    PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR, PROFESSIONAL TA'LIM BOSHQARUV HAMDA PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
    BOSHLANSG'ICH PROFESSIONAL TA'LIMNING
    30720707- Tikuvchi kasbi bo'yicha

    Biznes asoslari fanidan O'QUV DASTURI


    1. A
      Kvalifikatsiya(lar) nomi:
      yollar kiyimi tikuvchisi


    2. Erkaklar kiyimi tikuvchisi

    3. Bolalar kiyimi tikuvchisi

    4. U
      O'quv rejadagi tartib raqami:
      stki kiyim tikuvchisi


    2.0

    6


    Ajratilgan soat: 120
    Toshkent - 2022 yi

    lO'quv dasturi Pedagogik innovatsiyalar, professional ta'limboshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Yengil sanoati buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo'yicha) yo'nalish sohasidagi O'quv metodik birlashmasining 2022-yil 24-avgustdagi 5-sonli majlis bayoni bilan ma'qullangan.
    O
    Pedagogik innovatsiyalar, professional
    ta'limboshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti "Ta'limda boshqaruv" kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari nomzodi

    M.B.Kalonov
    'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Oliy va o'rta maxsus, professional ta'limyo'nalishlari bo'yicha o'quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2022-yil 29-avgustdagi 5-son yig'ilishida ma'qullangan va Vazirlikning 2022-yil 30- avgustdagi 295-son buyrug'i bilan
    TASDIQLANDI VA JORIY ETILDI.

    Z.Ya.Xudayberdiyev

    Pedagogik innovatsiyalar, professional




    ta'limboshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta




    tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti




    direktori, i.f.d.,professor

    N.K.Abdurahmonova

    Professional ta'limni innovatsion rivojlantirish




    boshqarmasi bosh mutaxassisi

    N.R.Sirojiddinova

    Ta'lim texnologiyalari, o'quv rejalari va dasturlarini




    ishlab chiqish bo'limi bosh mutaxassisi

    TAQRIZCHILAR





    TUZUVCHILAR


    F.U.Mamarasulov




    TDIU huzuridagi "O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari" ilmiy tadqiqot markazi direktori, universitet prorektori, i.f.n.,professor1. O'QUV DASTURI UMUMIY TALABLARI


    Dastur nomi

    Biznes asoslari

    Ajratilgan soat

    120

    Mavzular soni

    18

    Dasturning maqsadi

    O'quvchilarni o'z biznes-g'oyalarini amalga oshirish va shaxsiy daromad topish maqsadida biznes faoliyatini yo'lga qo'yishga o'rgatish.

    O'zlashtirish (o'qitish) natijalari

    • shug'ullanish mumkin bo'lgan muayyan tadbirkorlik faoliyati turining afzallik va ustun jihatlarini aniqlash;

    • o'z shaxsiy biznesini tashkil etish uchun zarur bo'lgan biznes muhitni tahlil qilish;

    • biznesni boshlashning huquqiy va moliyaviy jihatlarini baholash;

    • o'z shaxsiy biznes-rejalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;

    • shaxsiy biznesni tashkil etish, uni davlat ro'yxatidan o'tkazish hamda litsenziya olish.

    Bilimlar

    • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati mazmuni;

    • tadbirkorning huquq va majburiyatlari;

    • tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari va ta'sis hujjatlari;

    • biznes-rejaning vazifasi va asosiy bo'limlari;

    • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida marketing faoliyatini tashkil etishning uslubiy asoslari va marketing tadqiqotlari;

    • bankdan kredit olish va rasmiylashtirish tartibi;

    • tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga qaratilgan barcha qonuniy va me'yoriy hujjatlar yuzasidan axborotga ega bo'lish;

    • innovatsion tadbirkorlik mazmuni;

    • tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish tartibi.

    Ko'nikmalar

    • shaxsiy biznesni tashkil etish va uni davlat ro'yxatidan o'tkazish, litsenziya olish;

    • biznes-reja ishlab chiqish, shaxsiy biznes faoliyatini yuritish va uni boshqarish;

    • biznes faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish;

    • biznes faoliyatini yuritish uchun marketing tadqiqotlarini o'tkazish va tahlil qilish;

    • "Start-up" loyihalarini ishlab chiqish;

    • mahsulot va xizmatlarni reklama qilish;

    • bank kreditlarini rasmiylashtira olish;

    • soliq va kredit imtiyozlaridan foydalana olish;

    • munosib ish topish, o'zini o'zi band qilish, tegishli ishchi va mutaxassislarni yollash, bandlikni ta'minlashga oid hujjatlar bilan ishlay olish;

    • ishbilarmonlik etikasiga ega bo'lish, undan foydalanish va boshqalar.

    O'quv rejasiga muvofiq o'zaro

    Umumkasbiy va maxsus fanlar.




    bog'liq bo'lgan fanning nomi




    O'qitishni tashkiliy shakli

    N - Nazariy ta'lim;
    A - Amaliy ta'lim;
    NA - Nazariy va amaliy ta'lim birgalikda tashkil etiladi; MX - Maxsus xonada o'tkaziladigan mashg'ulot.

    Dasturga qo'yilgan talab

    Majburiy

    O'qitish tili

    Guruhda belgilangan o'qitish tili asosida

    Baholash tartibi

    Baholash bo'yicha amaldagi tartib asosida

    O'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini baholash

    Yozma, og'zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriq




    2. O'QUV DASTURI MAZMUNI




    Mavzuning nomi

    Mavzuning qisqacha mazmuni

    Jami

    O'qitishni tashkiliy shakli

    Mustaqil ta'lim

    1.

    Tadbirkorlik va biznes: mazmuni, belgilari va amalga oshirish shartlari

    Tadbirkorlik va biznes tushunchalari mazmuni.
    Iqtisodiy taraqqiyot va farovonlikni ta'minlashda tadbirkorlik faoliyatining roli. Tadbirkorlik va biznesning asosiy belgilari. Tadbirkor uchun zarur bo'lgan xislatlar. Tadbirkorlik va biznesni amalga oshirish shartlari.

    2

    N

    1

    2.

    Tadbirkorlikda o'z o'zini band qilish faoliyati va uning imkoniyatlari

    O'zini o'zi band qilish faoliyati va uning imkoniyatlari.
    O'z o'zini band qilish faoliyat yo'nalishlari. O'zini o'zi band qilish faoliyatini ro'yxatdan o'tkazish tartibi.

    2

    N, A, MX

    1

    3.

    Yakka tartibdagi tadbirkorlik va dehqon xo'jaligi

    Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatining mazmuni, afzallik va kamchiliklari.
    Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyat yo'nalishlari.
    Dehqon xo'jaligi faoliyati maqsadi, vazifalari va imkoniyatlari.
    Dehqon xo'jaligi yuritish shartlari.

    2

    N, A

    1

    4.

    Oilaviy tadbirkorlik va oilaviy korxona

    Oilaviy tadbirkorlik faoliyati mazmuni, afzallik va kamchiliklari.
    Oilaviy korxonani tashkil etish asoslari va imkoniyatlari.
    Oilaviy korxona faoliyati uchun belgilangan imtiyoz va qulayliklar.

    2

    N, A

    2

    5.

    Yuridik shaxs ko'rinishidagi tadbirkorlik faoliyati shakllari

    Xususiy korxonaning xususiyatlari, afzallik va kamchiliklari.
    Mas'uliyati cheklangan va cheklanmagan jamiyatlarning mazmun va mohiyati.

    4

    N, A

    1










    Fermer, shirkat va boshqacha shakllarda faoliyat yuritishning imkoniyatlari. Tadbirkorlik faoliyati shakllarining afzallik va kamchiliklarini baholash. Muayyan iqtisodiy holatdan kelib chiqqan holda maqbul shaklni tanlash.










    6.

    Biznes g'oyalarni shakllantirish va amalga oshirish

    Biznes g'oyalar: mazmuni, turlari shakllantirish bosqichlari.
    Biznes g'oyalarni amalga oshirish shartlari. Biznes g'oyani amalga oshirishda risklar. Risklarni baholash va ularni kamaytirish. Riskka borish ko'nikmalarini rivojlantirish.

    2

    N, A, MX

    1

    7.

    Shaxsiy biznes faoliyatining ta'sis hujjatlarini ishlab chiqish

    Biznes faoliyatining yo'nalishiga mos holda ta'sis hujjatlarini ishlab chiqish: korxona ustavi, ta'sischilar shartnomasi, korxona nizomi va boshqalar.
    Ta'sis hujjatlarda o'z ifodasini topishi zarur bo'lgan muhim jihatlar. Ta'sis hujjatlarning mukammal emasligi oqibatida kelib chiqishi mumkin bo'lgan salbiy holatlar.

    6

    N, A

    3

    8.

    Tadbirkorlik subyektlarining davlat ro'yxatidan o'tkazish

    O'z tadbirkorlik faoliyat yo'nalishini tanglagan holda davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi: firma nomini olish, Davlat xizmatlar agentligidan ro'yxatdan o'tkazish, bankda korxona hisob-raqamlarini ochish va rasmiylashtirish va boshqalar.
    Tadbirkorlik faoliyatini elektron tarzda davlat ro'yxatidan o'tkazish. ERI olish tartibi.

    4

    N, A, MX

    2

    9.

    Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish

    Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda yoshlarning o'rni.
    Yoshlarni daromad topishga va o'z o'zini bandligini ta'minlashga o'rgatish.
    Davlat dasturlari va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo'yicha me'yoriy huquqiy hujjatlarda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, kam foizli kreditlar va subsidiyalar olish tartibi.

    4

    N, A, MX

    2

    10.

    Marketing
    tadqiqotlarini
    o'tkazish

    Marketing va uning vazifalari hamda usullari. Marketing tadqiqotlari.
    Shaxsiy biznes faoliyatini ochishda marketing tadqiqotlarini o'tkazish usullari. Segmentatsiya va bozorni segmentlash. Shaxsiy biznes faoliyatini ochishda marketing tadqiqotlarini o'tkazish usullari. "4R" va "4S" ning o'zaro farqlari. Segmentatsiya va bozorni segmentlash.
    SMM va Targeting ijtimoiy tarmoqlarda korxona va mahsulot brendini yarata oladilar; Biznesda to'g'ri brend tanlay oladilar.

    6

    N, A, MX

    2




    11.

    Mahsulotlar narxini shakllantirish va reklama

    Narx va narx belgilash vazifalari. Narx strategiyasi va mahsulot narxini shakllantirish.
    Reklamaning mazmuni, maqsad va vazifalari. Reklama dasturini ishlab chiqish va uning ahamiyati

    4

    A

    2

    12.

    "Start-up" loyihalari va ularning ahamiyati

    "Start-up" loyihalarining mazmuni, tayyorlash jarayoni. "Start-up" loyihalarining muvaffaqiyatga erishish shartlari.
    Xorijiy mamlakatlar va O'zbekistondagi muvaffaqiyatli "start-up" loyihalari tajribalari.
    Tadbirkorlik faoliyatiga innovatsion ishlanmalarni joriy etish.

    10

    N, A, MX

    3

    13.

    Kichik korxonalarda qo'llaniladigan buxgalteriya hisobi

    Biznesni tashkil etishning dastlabki bosqichida hisob-kitoblarni yuritish.
    Kichik korxonalarda buxgalteriyani yo'lga qo'yish.
    Kichik korxonalarda xodimlar mehnatiga ish haq to'lash tartibini yuritish;
    Xarajatlarni kamaytirish va daromadlarni ko'paytirishning maqbul usullarini joriy etish. 1S: buxgalteriya dasturida ishlay olish;

    8

    N, A

    2

    14.

    Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda moliyaviy manbalar

    Xususiy mablag'larni to'g'ri shakllantirish va samarali foydalanish. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi yagona elektron platforma orqali elektron kredit olish imkoniyatlari.
    Tadbirkorlik faoliyatini kreditlash tartibi. Davlat dasturlarida yoshlar uchun ajratilgan imtiyozli kreditlardan foydalanish.
    Imtiyozli kredit olish imkoniyati va kredit tamoyillari.
    Tadbirkorlik faoliyatida lizing, investitsiyalar, davlat subsidiyalaridan foydalanish.

    8

    N, A

    1

    15.

    Tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish tartibi

    O'zbekiston Respublikasi soliq tizimi va uning tarkibiy tuzilishi.
    Tadbirkorlik faoliyatida soliq munosabatlari. Tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish tartibi.
    Soliq turlari va ularni hisoblash yo'llari. Yuridik shaxs va YATT larning hisobotlarini elektron yuborish.

    10

    N, A, MX

    1

    16.

    Biznes hamkorlarni tanlash va ular bilan ishlash

    Tadbirkorlik madaniyati va ishbilarmonlik etikasi.
    Tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yishda sherikchilik imkoniyatlaridan foydalanish. Biznes hamkorlarni to'g'ri tanlash va ular bilan ishlash. Bo'lajak tadbirkorlar uchun

    10

    A

    2










    zarur bo'lgan kompetensiyalarni shakllantirish.










    17.

    Ish izlash va ishga yollash imkoniyatlari

    Ish izlash va ishga yollashning asosiy qoidalari. Ishga yollash bo'yicha intervyularda ishtirok etish. Ish izlash texnologiyasi (LinkedIn, Headhunter, Freelance)
    Shaxsiy hujjatlar (rezyumelar) tayyorlash, taqdim etish va ishga yollashga oid hujjatlar bilan ishlash texnologiyasi

    10

    N, A, MX

    2

    18.

    Biznes-rejaishlab
    chiqishva
    muvaffaqiyatli taqdim etish

    Biznes-rejani tuzish tartibi. Biznes-rejaning asosiy tarkibiy qismlari. Biznes-rejaning hayotiyligi va muvaffaqiyatliligini ta'minlash. Biznes-rejani ishlab chiqishdagi muhim jihatlar va yo'l qo'yiladigan kamchiliklar. Biznes-rejani muvaffaqiyatli taqdim etish qoidalari.

    10

    A

    4




    Jami




    120

    N, A, MX

    30




    1. O'QUVCHILARNING BILIM VA KO'NIKMALARINI BAHOLASH

    O'quv dasturi davomida o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilgan bilim va ko'nikmalar ichki nazorat bo'yicha amaldagi tartib asosida baholanadi.
    Baholash usullari yozma, og'zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriqlardan iborat bo'lib, ular o'quv elementini o'zlashtirish natijalarini aniqlashga imkon beradi. Nazorat savollari va topshiriqlar qo'yilgan maqsadga hamohang bo'lishi lozim.

    1. TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

    1. "Tadbirkorlik subyektlariga "yagona darcha" tamoyili bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaror, -T.: 2015-yil 28- sentyabr.

    2.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktyabrdagi "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni
    3.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli Farmoni.

    1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash davlat jamg'armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 704- son Qarori.

    2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-iyundagi "Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5087-sonli Farmoni.

    3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2897- sonli qarori

    4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi "Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5490-son farmoni.

    5. "Yoshlar - kelajagimiz" Davlat dasturi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018-yil 27-iyundagi5466-sonli Farmoni.

    6. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyavning 2018-yil 7-iyundagi "Har bir oila-tadbirkor» dasturini amalga oshirish to'g'risidagi PQ-3777-sonli Qarori.

    7. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018-yil 14-iyuldagi "Aholi bandligini ta'minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora- tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3856-sonli Qarori.

    8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi "2017-2022-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat Dasturi to'g'risida"gi PF-5308-sonli Farmoni.

    9. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Har bir oila-tadbirkor» dasturini amalga oshirish to'g'risidagi 2018-yil 7-iyundagi PQ-3777-sonli Qarori.

    10. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi "Aholi bandligini ta'minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3856-sonli Qarori.

    11. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi "Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora- tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4231-sonli Qarori.

    12. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi "Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni.

    13. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktyabrdagi "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori.

    14. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojatnomasi. 2020-yil.

    15. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-maydagi "Har bir oila-tadbirkor" dasturini moliyalashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi PQ-4720-sonli Qarori.

    16. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi "Tadbirkorlik faoliyati va o'zini o'zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Qarori.

    17. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi "Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori.

    18. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi "O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi 4653-sonli Qarori.

    19. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktyabrdagi «Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir

    qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida» gi PQ-4862-sonli Qarori.

    1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23 debrdagi "O'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi to'g'risidagi nizom"ni tasdiqlash haqida Qaorori.

    2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-martdagi "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarori.

    3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-apreldagi "Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" Qarori.

    Ilmiy adabiyotlar

    1. Abdullayeva Sh.Z.. Pul muomalasi va kredit. O'quv qo'llanma. T., "ILM ZIYO", 2013.

    2. Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti: nazariya va amaliyot. Darslik. Qayta ishlangan va to'ldirilgan 3-nashri - T.: O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "FAN" nashriyot davlat korxonasi, 2019. - 592 b.

    3. Abduraxmanova G.Q. Kichik biznesda aholini ish bilan ta'minlash. Monografiya. - T.: "Iqtisodiyot", 2014. -216 b.

    4. Aybeshev H. va boshq. Marketing asoslari. O'quv qo'llanma. T., "ILM ZIYO", 2013.

    5. Vaxabov A.V., Toshmatov Sh.A. va boshq. Moliyaviy savodxonlik asoslari: o'quv qo'llanma. -T.: Baktria press. 2013, 288 b.

    6. Egamberdiyev E.. Mikroiqtisodiyot. O'quv qo'llanma. T., "ILM ZIYO", 2013.

    7. Jo'rayev A.S.Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish. Professionalkollejlari uchun o'quv qo'llanma. T., "O'qituvchi", 2007.

    8. Inoyatov U., Ahmedov S. Iqtiosdiyot va tadbirkorlik. T., "O'qituvchi", 2004.

    9. Kempbell Ketrin. Venchurnbiy biznes: novbie podxodbi. M., "Alpina Pablisher", 2008.

    10. Raxmatullayeva D.R. Professionalkollej o'quvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga yo'naltirib o'qitish.O'quv qo'llanma. -T.: "Adabiyot uchqunlari", 2017. 260 -bet.

    11. Raxmatullayeva D.R. Kollejda biznesni yuritish. O'quv uslubiy qo'llanma. -T.: 2019 "Lesson Press". -B. 76.

    12. Raxmatullayeva D.R. Professionalta'limi muassasalari o'quvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga yo'naltirib o'qitishning tashkiliy pedagogik shart-sharoitlari. Uslubiy tavsiyanoma. - T.: 2019. -B. 96.

    13. Raxmatullayeva D.R. Yoshlarning bandlik muammolarini bartaraf etishda tadbirkorlik sohalariga jalb etish. "O'zbekiston yoshlar ittifoqi"// Halqaro ilmiy-amaliy konferensiya. -T.: 2018.

    14. Raxmatullayeva D.R. "Professionalta'limi muassasalari o'quvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga yo'naltirib o'qitishni takomillashtirish". Pedagogika fanlari bo'yicha Falsafa doktori ( PhD) doktorlik dis. -T.:2018. -B.130.

    15. Raxmatullayeva D.R. Mehnat bozori ehtiyojlari asosida kadrlarni tayyorlashda halqaro tajribalar // Professional ta'lim tizimida islohotlar: Malaka oshirish ta'lim turlarida innovatsion g'oyalar. Pedagogik innovatsiyalar instituti. -T.:2020, - 346-349 b.

    16. Raxmatullayeva D.R. O'quvchilarning tadbirkorlik faoliyatiga tayyorgarlik darajasini aniqlash metodikasini joriy etish va pedagogik samaradorligini baholash uslubiyati. Fan, ta'lim va innovatsiya jurnali. -T.:2020, -№2. -B. 17

    17. Raxmatullayeva D.R. Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish. "O'zbekiston olimlari va yoshlarining innovatsion ilmiy-amaliy tadqiqotlari" mavzusidagi 28-son 1-qism konferensiyasi - Toshkent: "Tadqiqot", 2022. - 18-20 b.

    18. Raxmatullayeva D.R. Professional ta'lim muassasalari o'quvchilarida tadbirkorlik kompetensiyasini shakllantirish tamoyillari UzMU xabarlari jurnali. -T.: 2020, -№2. -B.127-130.

    19. Samadov A.N., Ostanaqulova G.N. Kichik biznes va tadbirkorlik. -T.: "Moliya- iqtisod". 2008.

    20. Stiven Spinelli-ml., Robert M.Rozenberg, Syu Berli. Franchayzing. M., "Vilyams",

    2006.

    1. G'ulomov S.S.. Tadbirkorlik va kichik biznes. -T.: Sharq, 2002.

    2. Xudayberdiyev Z.Ya., Xomitov K.Z., Murodov A., Ko'paysinova L.K., Arabov N.U. "Tadbirkorlik va ishga joylashtirish texnologiyasi asoslari". Professionalkollejlari uchun o'quv qo'llanma. -T.: "ILM ZIYO", 2017. -344 b.

    3. Xodiyev B.Yu., Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. - T.: TDIU, 2010. - 267 b.

    4. Xudoyqulov S. Soliq tizimi. O'quv qo'llanma. -T.: "ILM ZIYO", 2013.

    5. Ayzekson Uolter. Stiv Jobs [Matn] / U. Ayzekson. - Toshkent: "Ofset-print" MCHJ, "Nihol" nashriyoti, 2019. -624 b.

    Internet saytlari

    1. http://www.gov.uz- O'zbekiston Respublikasi hukumat portali

    2. http://www.lex.uz- O'zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari

    3. http://www.mikrokreditbank.uz- "Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki

    4. http://www.undp.uz- Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining (PROON)

    O'zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi

    1. http://www.sba.gov- AQSH kichik biznes ma'muriyati rasmiy sayti.

    2. http://www.worldbank.org- jahon bankining rasmiy sayti.


    Download 2,87 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 2,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус

    Download 2,87 Mb.