|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта
|
bet | 103/129 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 5,48 Mb. | | #157537 |
Bog'liq ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)7. Seminar mashg‘ulot
Favqulodda vaziyalar va ularni sodir bо‘lishi.
Favqulodda vaziyat (FV) - ma’lum hududda yuz bergan faloqat, haloqat va boshqa turdagi ofatlar natijasida kishilarning о‘limiga, salomatligiga, tevarak-atrofdagi tabiiy muhitga sezilarli moddiy zarar yetkazuvchi, odamlarning turmush sharoitini buzilishiga olib keladigan holatdir.
Favqulodda vaziyatlar xavfining tarqalish tezligiga kо‘ra, ular quyidagi guruhlarga bо‘linadi:
1. Tasodifiy FV-yer silkinishi, portlash, transport vositalardagi avariyalar va boshqalar;
2. Shiddatli FV-yong‘inlar, zaharli gazlar, otilib chiquvchi portlashlar va boshqalar;
3. Mо‘tadil (о‘rtacha) FV - suv toshqinlari, vulqonlarni otilib chiqishi, radiaktiv moddalar oqib chiquvchi avariyalar va boshqalar;
4. Ravon FV - sekin-asta tarqaluvchi xavflar: qurg‘oqchilik, epidemiyalarning tarqalishi, tuproqning ifloslanishi, suvning kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va boshqalar.
Favqulodda vaziyatlar tasnifiga kо‘ra (sababi va kelib chiqish manbayiga kо‘ra):
I. Tabiiy tusdagi FV;
II. Texnogen tusdagi FV;
III. Eqologik tusdagi FV larga bо‘linadi.
Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari, ularning kuch va vositalari. Fuqarolar muhofazasi davlat tizimlari – harbiy davrda ham, tinchlik davrda ham yuzaga keladigan xavflardan aholini, hududlarni, moddiy boyliklarni muhofaza qilishda muhim vazifalarni bajaradi. Bunday keng qamrovli vazifalar tо‘g‘risida О‘zbekiston Respublikasining 1999 yilda «Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tо‘g‘risida»gi hamda 2000 yilda «Fuqaro muhofazasi tо‘g‘risida»gi qabul qilingan qonunlarida о‘z aksini topgan.
Ushbu huquqiy hujjatlarda fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vaqolatlarini hamda fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini ham belgilab bergan.
Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari quyidagi yо‘nalishdagi tadbirlar majmuasidan iborat:
1.Aholini, hududlarni va moddiy boyliklarni favqulodda vaziyatlar oqibatidan (dushmaning harbiy harakatlaridan, tabiiy ofat, avariya va haloqatlardan) muhofaza qilish;
2.Har qanday favqulodda vaziyatlarda xalq xо‘jaligi tarmoqlarining, obyektlarning barqarorligini ta’minlash yuzasidan tadbirlar kompleksini о‘tkazish;
3. Fuqaro muhofazasi kuch va vositalari shayligini ta’minlash;
4. Qutqaruv va boshqa kechiktirib bо‘lmaydigan ishlarni о‘tkazish;
Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi rahbarlarini, mutaxassislarini va fuqaro muhofazasi kuchlarini fuqaro muhofazasiga tayyorlash hamda oddiy aholini himoyalanish qoidalariga о‘rgatish.
Bunday yо‘nalishdagi vazifalarning har birini bajarish uchun bir qator tadbirlarni amalga oshirish orqaligina maqsadga erishiladi. Jumladan, fuqaro muhofazasining harbiy davrdagi vazifalari quyidagilardan iborat:
Aholi va obyektlarni harbiy harakatlar olib borish paytida yoki shu harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan himoyalash harakatlari va usullariga tayyorlash;
Boshqaruv, xabar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish, rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish;
Iqtisodiyot obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan tadbirlar kompleksini о‘tkazish;
Aholining moddiy va madaniy boyliklarini xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish;
Fuqaro muhofazasi harbiy tizimlari shayligini ta’minlash;
Aholini umumiy va shaxsiy saqlovchi vositalari bilan ta’minlash tadbirlarini о‘tkazish;
Aholining harbiy davrdagi hayot faoliyatini ta’minlash;
8) Radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish;
9) Qutqaruv va boshqa kechiktirib bо‘lmaydigan ishlarni о‘tkazish;
10) Harbiy davrlarda ham zarar kо‘rgan hududlarda jamoat tartibini yо‘lga qо‘yish ;
11) Aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
Shulardan kelib chiqib, bunday tadbirlarni muvaffaqiyatli olib bormay turib zararlangan hududlarda aholining hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlab bо‘lmaydi.
|
| |