• Yuk ko‘tarish kranlarini qayd etish tartibi.
  • Yuk ko‘tarish kranlarini texnik tekshiruv va sinovdan o‘tkazish.
  • Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта




    Download 5,48 Mb.
    bet106/129
    Sana16.02.2024
    Hajmi5,48 Mb.
    #157537
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   129
    Bog'liq
    ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)

    9. Seminar mashg‘ulot
    Og‘ir yuk tashuvchi mashinalardan foydalanish va xavfsizlikni ta’minlash.

    Xalq xo‘jaligining deyarli barcha tarmoqlarida turli xil yuk ko‘tarish mashina-mexanizmlaridan, jumladan, oddiy chig‘iriqlardan tortib, yuqori yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan kranlardan foydalaniladi. Yuk ko‘tarish mashina-mexanizmlaridan xavfsiz foydalanish qoidalarini O‘zsanoatkontexnadzor ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.


    Yuk ko‘tarish kranlarini qayd etish tartibi. Yuk ko‘tarish qobiliyati 10 tonnadan ortiq bo‘lgan kranlar va 1 tonnadan ortiq avtokranlardan foydalanishga ruxsat davlat texnika nazorati tomonidan beriladi va qayd etiladi.
    Texnika nazorati tomonidan quyidagi yuk ko‘tarish mashinalari hisobga olinmaydi va qayd etilmaydi:
    - qo‘l harakatli barcha turdagi yuk ko‘tarish mashina-mexanizmlari, shuningdek qo‘l harakatli kranlarda yuk ko‘tarish mexanizmi sifatida pnevmatikssilindrlardan foydalanilganda;
    - kranga osilgan knopkali apparat yoki statsionar boshqarish pulьti yordamida boshqariluvchi yuk ko‘tarish qobiliyati 10 tonnagacha bo‘lgan ko‘prik kranlar va buruluvchi konsolь kranlar;
    - yuk ko‘tarish qobiliyati 1 tonnagacha bo‘lgan strelali (“hartumli“) va minorali kranlar;
    - o‘zgarmas qulochli yoki burilish va harakatlanish mexanizmiga ega strelali kranlar;
    - yig‘iladigan inshootlarda, jumladan machta, minora, trubalarni montaj qilishda o‘rnatiladigan ko‘chma kranlar.
    Texnika nazorati tomonidan hisobga olinmaydigan barcha turdagi yuk ko‘tarish mashina-mexanizmlari ularni ishlatayotgan tashkilot yoki korxona tomonidan standart talablari asosida hisobga olinishi zarur.
    Yuk ko‘tarish kranlarini texnik tekshiruv va sinovdan o‘tkazish. Barcha turdagi yuk ko‘tarish mashina-mexanizmlari belgilangan muddatda tegishli sinov va tekshirishlardan o‘tkazilib turilishi kerak.
    Texnik tekshiruv har 12 oyda bir marta, navbatdan tashqari tekshirish esa kapital ta’mirlash yoki yuk ko‘tarish mashina-mexanizmlari boshqa joyga ko‘chirilib qayta o‘rnatilganda o‘tkaziladi. Yuk ko‘tarish mashinalarini to‘liq tekshiruv yangi kranlar uchun har 3 yilda 1 marta va qayta montaj qilinganda, qisman tekshiruv esa bir yilda bir marta o‘tkaziladi.
    Texnik tekshiruvda asosan quyidagi jarayonlar bajariladi:
    a) tashqi ko‘zdan kechirish: metall konstruksiyalar holati, kanatlar, ilgaklar, ushlash moslamalari, payvand va boshqa birikmalar hamda mahkamlash qurilmalari tekshiriladi;
    b) statik sinov;
    v) dinamik sinov;
    g) elektr jihozlarini tekshirish.
    Amalda, texnik tekshirishlarda kanatlar va ushlab turuvchi moslamalar, metall konstruksiyalar va payvand, parchin, boltli birikmalar holatiga, balka va to‘sinlarda yoriqlar, deformatsiyalar, korroziyaga uchragan joylar bor-yo‘qligiga katta e’tibor beriladi. Kanatlar tekshirilganda ulardagi uzilgan simlar soni aniqlanadi va simlarning buralganligiga, o‘ramlarning egilib qolgan joylariga ahamiyat beriladi. Agar o‘ram kadami uzunligi bo‘yicha uzilgan simlar soni 10% dan (yoki, ruxsat etilgan mikdordan, 1-jadvalga qarang) ko‘p bulsa, bunday kanat ishga yaroqsiz hisoblanadi
    1-jadval

    Download 5,48 Mb.
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   129




    Download 5,48 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта

    Download 5,48 Mb.