|
Kanat o‘ramlarining qadam uzunligi bo‘yicha
|
bet | 107/129 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 5,48 Mb. | | #157537 |
Bog'liq ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)Kanat o‘ramlarining qadam uzunligi bo‘yicha
uzilgan simlarini ruxsat etilgan miqdori
Kanat turi
|
Simlar soni
|
Ruxsat etilgan uzilishlar soni
|
Organik o‘zakli bir tomonlama o‘ralgan kanatlar
Organik o‘zakli chalkashtirib o‘ralgan kanatlar
|
6x19=114
6x37=222
6x61=366
6x19=114
6x37=222
6x61=366
|
4
8
12
10
19
32
|
O‘ram qadami deb kanat o‘qi bo‘ylab to‘liq bir aylanish hosil qilishdagi kanat uzunligiga aytiladi. Kanatlardagi xavfli eyilishni aniqlash uchun uning butun uzunligi tekshirib chiqiladi va eng ko‘p sim uzilgan joyi ajratib olinib, u yerda o‘ram qadami belgilanadi. Bundan tashqari kanat simlari zanglagan yoki dastlabki diametriga nisbatan 40% gacha eyilgan bo‘lsa ham yaroqsiz deb topiladi.
Kanatlar, zanjirlar va yuk ushlash moslamalari nominal yuk quvvatidan 2 barobar katta kuchlanishda sinab tekshiriladi.
Statik sinovlar balka (to‘sin) larning mustahkamliligini tekshirish maqsadida o‘tkaziladi. Sinov kranning nominal yuk ko‘tarish qobiliyatidan 25% ortiq yuk bilan o‘tkaziladi. Buning uchun ishchi yuk 200-300 mm balandlikka ko‘tarilib 10 minut ushlab turiladi hamda yuk ko‘tarilgan holatda balkaning egilishi (elastik deformatsiyasi) tekshiriladi. Keyin yuk tushirilib qoldiq deformatsiya aniqlanadi. Agar yuk tushurilganda qoldiq deformatsiya borligi qayd etilsa, bunday balka yaroqsiz deb hisoblanadi.
Dinamik sinovda yuk ko‘tarish mexanizmlari va tormozlar, ajratkichlar hamda harakatni chegaralovchi moslamalar tekshiriladi. Sinov nominal yuk ko‘tarish qobiliyatidan 10% ortiq yukda, yukni 300 mm bilandlikka bir necha marta ko‘tarib-tushirib o‘tkaziladi. Yukni ko‘tarish-tushirish vaqtida kran tormozlanganda yuk o‘z joyida to‘xtashi zarur. Agar tormozlashdan keyin yuk oz miqdorda bo‘lsada o‘z holicha tusha boshlasa, yuk ko‘tarish mexanizmi foydalanishga yaroqsiz hisoblanadi.
Barcha sinov va tekshirish natijalari dalolatnoma bilan hujjatlashtirilib, mexanizm pasportiga yoziladi.
Bundan tashqari ayrim ta’mirlash yoki texnik xizmat ko‘rsatish ishlarida gidravlik va mexanik yuk ko‘targich (“domkrat”)lardan ham keng foydalaniladi, Ular har yili bir marta statik sinovdan o‘tkazilishi zarur. Sinov nominal yukdan 10% ortiq bo‘lgan yukda 10 minut davomida o‘tkaziladi. Bunda gidravlik yuk ko‘targichlarda bosim kamayishi 5% ortiq bo‘lmasligi zarur.
Avtokranlardan foydalanilganda kran hartumi (“strela”) bilan elektr liniyasi orasidagi masofaga katta e’tibor berish talab etiladi. Bu masofa kuchlanish 1kV gacha bo‘lganda - 1, 5 m; 20 kV gacha bo‘lganda - 2m va kuchlanish 35-110 kV bo‘lganda - 4m bo‘lishi talab etiladi.
|
| |