|
Kranlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish usullari
|
bet | 108/129 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 5,48 Mb. | | #157537 |
Bog'liq ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)Kranlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish usullari:
a) Kranlarni tekshirish. Ishlab chiqarish sharoitida kranning metall konstruksiyalari va payvand, parchin, boltli birikmalar, kran kanati holati hamda balka va to‘sinlarda yoriqlar, deformatsiyalar, korroziyaga uchragan joylarning bor-yo‘qligi, ilgakning eyilganligi (ilgakning eyilishi dastlabki qirqim balandligidning 10 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak) tekshiriladi.Tekshirish
b) Yuk ko‘tarish qobiliyatini aniqlash. Kranning yuk ko‘tarish qobiliyati uni statik sinovdan o‘tkazish maqsadida aniqlanadi. Ishlab chiqarish sharoitida kranning nominal yuk ko‘tarish qobiliyati uning pasportida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Laboratoriya qurilmasi (kran-balka)ning yuk ko‘tarish qobiliyatini aniqlash uchun esa yuk ko‘tarish balkasining uzunligi o‘lchanadi va uning ruxsat etilgan egilish miqdori aniqlanadi (egilish strelasi). Qoidaga muvofiq balkaning egilish strelasi qo‘l kranlar uchun balka uzunligining 1/400 qismidan katta bo‘lmasligi kerak. Ruxsat etilgan egilish miqdorini bilgan holda qurilmaning yuk ko‘tarish qobiliyatini aniqlashimiz mumkin. Buning uchun kran-balkaga asta-sekin yuk miqdorini oshirib turli xil yuk osamiz va indikator yordamida balkaning egilishini tekshiramiz. Balkaning ruxsat etilgan miqdor darajasidagi egilishiga olib kelgan yuk uning yuk ko‘tarish qobiliyatini belgilaydi. Olingan natijani hisobotga yozamiz.
v) Statik sinovdan o‘tkazish. Ishdan maqsad – metall konstruksiyalarning mustahkamligini aniqlash. Kran-balkaga yuk ko‘tarish qobiliyatidan 25 foiz ortiq yuk osiladi va u 2-3 sm. Ko‘tarilib 10 minut davomida ushlab turiladi. Keyin yuk tushurilib indikator ko‘rsatkichi tekshiriladi. Agar indikator strelkasi yuk tushurilgach nol holatga kelmasa qoldiq deformatsiya bor deb hisoblanadi va kran-balkadan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
g) Dinamik sinovdan o‘tkazish. Kranning yuk ko‘tarish qobiliyatidan 10 foiz ko‘p miqdorda yuk osilib, yuk bir necha marta ma’lum balandlikga ko‘tarib tushuriladi va kran mexanizmlarining harakatlanish holati, tormoz qurilmasining ishlash ishonchliligi tekshiriladi. Sinov natijalari hisobotga yoziladi.
|
| |