|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта
|
bet | 109/129 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 5,48 Mb. | | #157537 |
Bog'liq ЙЎНАЛИШГА КИРИШ УМК (2)10. Seminar mashg‘ulot
Mehnat muhofazasining huquqiy asoslari. Mehnat Kodeksining moddalari.
Mehnat muhofazasi – ish jarayonida insonning mehnat qobiliyatini, sog‘ligi va xavfsizligini ta’minlash uchun yо‘naltirilgan qonunlar majmuasi bо‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigiyenik va profilaktik tadbirlarni о‘z ichiga qamrab olgan. Har qanday demokratik jamiyatda inson huquqlarini himoyalashga qaratilgan qonun asoslari bо‘lishi zarur.
1992 yil 8 dekabr kuni qabul qilingan О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi ana shu qonun asoslari bо‘lib hizmat qiladi. Konstitutsiyaning IX bobi insonning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.
37-moddada “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda kо‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir”.
39-moddada “Har kim qariganda mehnat layoqatini yо‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bо‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega”.
40-moddada “Har bir inson malakali tibbiy hizmatdan foydalanish huquqiga ega” deb belgilab qо‘yilgan.
X bobning 43-52- moddalarida inson huquqlari, burchlari va erkinliklari belgilangan.
Tashkilotlarda mehnat xavfsizligiga doir barcha qaror va hujjatlarni tahlil qilish, kelgusi mehnat xavfsizligi darajasini kо‘tarish, ish yuritishda texnika xavfsizligi mashg‘ulotlarini о‘tkazish, о‘quv yurtlari о‘qituvchilari, talabalari, xizmatchi va ishchilari о‘rtasida shikastlanishlarni oldini olish, davlat standarti masalalari talablariga rioya etish maqsadida 1993 yil 6 mayda “Mehnatni muhofaza qilish tо‘g‘risi”dagi qonun qabul qilingan. Bu qonunda jamoat shartnomasi, mehnat shartnomasi, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, mehnat intizomi, ayollar va bolalar mehnati, ijimoiy va boshqa masalalar yoritilgan.
Qonunning 1-7 moddalarida umumiy qoidalar, 8-15-moddalarida mehnatni muhofaza qilishni ta’minlash, 16-21-moddalarida ishchilarning mehnatini muhofaza qilishga doir huquqlarini rо‘yobga chiqarishdagi kafolatlar ifodalangan, 22-29-moddalarida mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazorati о‘z aksini topgan.
О‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi 1995 yil 21 dekabrda О‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksini tasdiqladi. Kodeksning VI bobi 73-87-moddalarida ishga qabul qilish va dastlabki sinov muddati, 93-113 moddalarida mehnat shartnomalarining bekor qilinishi, 217 moddada xodimlarni sut , oziq-ovqat, gazli suv, davolash –profilaktika, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlash о‘z aksini topgan.
Mehnat Kodeksida xotin-qizlarning fiziologiyasi va onalikni himoya qilish hisobiga olinib, ularning mehnatini muhofaza qilish belgilangan. Unga kо‘ra, og‘ir va organizm uchun zarar bо‘lgan ishlarda ayollarning mehnat qilishiga yо‘l qо‘yilmaydi. Ular qо‘lda 20 kg gacha, zambilg‘altakda 50 kg dan oshmagan yuklarni tashishlari mumkin. Homilador ayollarga davlat tomonidan ish haqi tо‘lanadigan ta’til beriladi. Homilador va 8 yoshgacha bolalari bо‘lgan ayollarni tunggi, ishdan tashqari, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilish va hizmat safariga yuborish ta’qiqlanadi.
О‘smirlik davrida hayot muhim uchun funksiyalar, ya’ni tez о‘sish va tananing fizik rivojlanishi yuqori bо‘ladi. Bu bilan bir qatorda bо‘g‘im apparati hali nozik bо‘ladi, mushaklarni tez charchashi kuzatiladi, nafas olish, qon-tomir va hazm qilish tizimida buzilishlar kuzatilib turiladi. Mehnat qonunlariga asosan, 16 yoshga tо‘lmagan о‘smirlar ishga qabul qilinmaydi. Ayrim sharoitlarda 15 yoshga tо‘lgan о‘smirlar FZKU ruxsati bilan ishga olinadi. 16 yoshgacha bо‘lgan о‘smirlar uchun 24 soatlik, 16-18 yoshgacha bо‘lgan о‘smirlar uchun 36 soatlik ish haftasi belgilangan. О‘smirlar uchun bir kalendar oy miqdorida yilning eng yaxshi davrlarida yoki о‘zi hohlagan vaqtda ta’til beriladi. Tunggi ishlarda, ishdan tashqaridagi dam olish kunlarida va ularning sog‘ligi uchun zararli moddalar ishlab chiqaradigan ishlarda о‘smirlar mehnatidan foydalanish ta’qiqlanadi. 18 yoshga tо‘lmagan о‘smir bolalarga 16 kg gacha, qizlarga esa 10 kg gacha og‘irlikda bо‘lgan yuklarni kо‘tariga ruxsat etiladi.
2. Mehnat muhofazasi bо‘yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish quyidagi davlat tashkilotlariga yuklatilgan:
1. О‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi.
Korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi bо‘yicha meyor qoidalariga, sanoat sanitariyasi, mehnat gigiyenasi, mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq о‘z texnik inspektoriga ega.
2. “Sanoatgeokontexnazorat” DI.
Bug‘ qozonlarining tо‘g‘ri ishlashini bosim ostida ishlaydigan idishlarni, yuk kо‘tarish mashinalari (kо‘tarma kranlar, liftlar), ekskavatorlar, gaz uskunalari magistral quvurlari ishini va portlovchi moddalarni ishlatish, sakrash va tashish ishlarini nazorat qiladi.
3. О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya-epidemiologiya nazorati.
Havo, suv va tuproqni ifloslanishdan ogohlantirish, shovqin va vibratsiyani yо‘qotish sexlarning sanitariya holatlarini yaxshilash (harorat, nisbiy namlik, yoritilganlik va h.) ishlarini nazorat qiladi.
4. Respublika Ichki ishlar vazirligining yong‘indan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi.
Yong‘inga qarshi tadbirlarni, о‘t о‘chirish vositalarining holatini, yong‘in haqida xabar berish vositalarining ishini nazorat qiladi.
5. О‘zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat aksionerlik jamiyati.
Korxonalardagi energiya tizimlarining texnik ekspluatatsiyaini va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni nazorat qiladi.
|
| |