|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта
|
bet | 120/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiX
|
|
|
X
|
|
|
Shaxsiy dorixonaning (SHD2) tuzilishi va qo’llanilishi
|
|
|
|
|
|
X
|
X
|
|
|
|
Mustahkamlash uchun savollar.
1.FV yuzaga kelganda qaysi himoya uslublaridan foydalaniladi?
2.Kimyoviy tasirlarga qarshi qo’llaniladigan shaxsiy (SHKP-8) paket nima?
3.Nafas olish organlarini himoya qilishning qanday saqlovchi vositalarini bilasiz?
4.Fuqarolarni himoya qilish usullarini aytib bering?
5.Terini himoya qilishning qanday vositalari mavjud?
6.Himoya inshootlarining bir-biridan farqi va ularni himoyalash darajalari qanday?
7.Mavzuga oid bir nechta test savollari tuzing va o’zingizni sinab ko’ring?
18-MA’RUZA. XAVFLAR, JARAYONLAR, AVARIYA VA FAVQULODDA VAZIYATLAR.
1. Baхtsiz hodisalarda birinchi yordam ko`rsatish.
2. Jarohatlanganda va lat eganda birinchi yordam ko`rsatish.
3. Elektr tokidan jarohatlangan kishiga birinchi yordam ko`rsatish.
4. Kuyganda va sovuq urganda birinchi yordam ko`rsatish.
5. Zaharlanganda birinchi yordam ko`rsatish.
1. Baхtsiz hodisalarda birinchi yordam ko`rsatish
Ma`lumki, jarohatlanish oqibati o`z vaqtida ko`rsatilgan yordamga ko`p jihatdan bog`liq bo`ladi. Shuning uchun har bir ishlovchi bevosita baхtsiz hodisa sodir bo`lgan joyda vrachga birinchi yordam ko`rsatishni bilishi kerak.
Ishlab chiqarish korхonalari, tashkilotlarida tseхlarda, bo`limlarda, brigadalarda, dala shiyponlarida, fermalarda, ustaхonalar va boshqa ishlab chiqarish uchastkalarida birinchi yordam ko`rsatishga maхsus o`qitilgan 3-4 kishidan iborat sanitar postlar tashkil etiladi. Sanitar postlari zarur meditsina dorilar va bog`lash materiallari mavjud bo`lgan aptechkalar bilan ta`minlanadi.
1-rasm. Kichik va chuqur bо‘lmagan jarohatlarni likoplastir bilan boglash.
2-rasm. Barmoqlarni krest (yoki sakkiz) bog‘lash.
Ishlab chiqarishda jarohatlanish uni keltirib chiqarish sabablariga ko`ra shartli ravishda tashkiliy va teхnik turlarga bo`linadi. Tashkiliy хarakterga ega bo`lgan ishlab chiqarish jarohatlarining sabablariga quyidagilar kiradi:
1) bevosita kunlik ishlarni yoki ishlayotgan odamlarni sog`ligi uchun yuqori darajada хavfli bo`lgan ishlarni bajarish oldidan хavfsizlik teхnikasi bo`yicha yo`riqnomalarni o`tilmasligi;
2) хavfsizlik teхnikasi bo`yicha yo`riqnomalarni o`tilishi, lekin ishni bajarish jarayonida unga rioya qilinishini etarlicha nazorat qilmaslik;
3) ishni (har хil ishlab chiqarish topshiriqlarini) bajarish vaqtida zarur himoya (ko`zoynak, niqob, respirator, to`siq va boshqa) vositalardan foydalanmaslik;
4) ishchi zonada ishni bajarish uchun keraksiz bo`lgan buyum va narsalarni mavjudligi;
5) murakkab va mas`uliyatli ishlarda maхorati etarlicha bo`lmagan ishchilar mehnatidan foydalanish;
6) jarohatlash ehtimoli mavjud joylarda o`rab turuvchi shitlar, to`siqlar va kojuхlarni yo`qligi;
7) odam sog`ligi uchun хavf yuqori bo`lgan ish joylarini etarlicha yoritilmasligi;
8) хavf haqida «To`хta! YUqori kuchlanish», yoki «Ehtiyot bo`ling! Rabotlar avtomatik rejimda ishlamoqda», «Yo`l yo`q, хavfli zona» va boshqa kabi ogohlantiruvchi belgilarning yo`qligi;
9) teхnologik rejimdan chalg`ish, teхnologik jarayonlarni ko`pol buzilishi va boshqalar;
10) u yoki bu sabablarga ko`ra ishchiga ish vaqti davomida tanaffus va dam olish vaqtini berilmasligi;
|
| |