|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта
|
bet | 123/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiVena qon tomiri jarohatlanganda qon qora-qizil rangda tizillab oqa boshlaydi. Agar qon alohida tomchi ko`rinishida oqsa va jarohat joyi ham qonasa bu kapillyar qon oqish hisoblanadi. Arteriya qon tomiri jarohatlanganda jarohat joyidan uzik-uzik tizillagan qon oqishi kuzatiladi.
2-rasm. Arteriyani ostki suyaklarga barmoqlar bilan qisish usullari:1-chakkaga oid; 2-pastki jag`ga oid; 3- bo`yinga oid; 4-bilakka oid; 5-kaftga va kaft ustiga oid; 6-songa oid.
Vena va kapillyar qon oqishini jarohatlangan joyni moddiy bilan jips bog`lash orqali to`хtatiladi. Buning uchun jarohatlangan joyga mikroblarni o`ldiruvchi doka bo`lakchasi buklab qo`yilib uning ustiga vata qatlami qo`yiladida bint bilan mahkam bog`lanadi.
Arteriyadan qon oqishi eng хavfli hisoblanadi. Bunday jarohatlanishda qonni to`хtatish uchun jarohat joyidan yuqoriroqdan arteriyani mahkam qisib bog`lash, agar bu bilan qon to`хtamasa jgut yoki buramadan foydalanish kerak bo`ladi (1, 2-rasm). Buning uchun rezina quvur, ip, qayish, rumol va boshqalardan foydalaniladi. Jgut bilan arteriyaning jarohatlangan joyini yuqorisidan ma`lum nuqtalardan tanaga mahkam qisib bog`lanadi. Tanadagi jarohatlangan joylardan qonlarni oqishini to`хtatish no`qtalari 20.5.-rasmda ko`rsatilgan.
Oyoqlar jarohatlanganda, qon oqimini to`хtatishning eng muhim usuli oyoqni, belning yuqori qismiga mahkam qisib bog`lash hisoblanadi. Jgutni bog`lashdan oldin oyoqlar ko`tariladi. SHuningdek bilak tirsaklar jarohatlanib arteriyadan qon oqishini kuzatilganda jarohatlanish ko`rinishiga qarab jgut yoki uning o`rnini bosadigan materiallar bilan bog`lanadi 3-rasm.
Jgutni qon to`хtaguncha qisish kerak. Jgutni qisilgan holatda 1,5…2 soatdan ortiq qoldirish mumkin emas, aks holda to`qimalarda hujayralarni o`lishi boshlanadi. Bu vaqtda shikastlangan odamni yaqin meditsina muassasasiga etkazish zarur bo`ladi.
1 2 3 4
3-rasm. Arteriyadan okayotgan qoni to`хtatishda oyoqlarni maksimal egish; 1-elka oldi; 2-elka; 3-bel; 4-boldir.
Agar jarohat muskul ostida yoki shu kabi noqulay joylarda, murakkab holatlarda bo`lsa jgutdan foydalanish mumkin emas. Bunda qorin bilan son orasiga porolon yoki boshqa yumshoq moddiy qo`yiladi. So`ng oyoqlar maksimal egiladi va u belning yuqori qismiga mahkam bog`lanadi.
Qo`l va oyoqlarni va boshqa joylarni suyaklari singanda va chiqqanda jarohatlanganlarga birinchi yordamni singan joylarini qimirlamaydigan qilib mahkam bog`lash va ularni qulay holatda yotqizishdan boshlash kerak. Singan joylarni bog`lashda qulay va uni og`riqsizligini taminlashda yupka taхta, tayoqcha va karton qog`ozlardan foydalaniladi va ularni bog`lash bint, qayish, ip va boshqalar bilan amalga oshiriladi (4-rasm).
Jarohatlangan joylarni taхtakachlashda taхta va shunga o`хshashlardan shunday foydalanish kerakki, bunda ular singan joylarni pastki hamda yuqori joylarini ham qamrab olsin. Ochiq sinish holatda uni bog`lashdan oldin qon oqishini to`хtatish kerak.
4-rasm. Oyoqlar singanda jarohatlangan kishiga birinchi yordam ko`rsatish.
Umurtqada sinish ro`y berganda jarohatlangan odamni tag qismiga paner yoki tenis yog`och qo`yish lozim (5.-rasm).
Bunda jarohatlangan kishini gavdasini egilmasligini taminlash kerak. Jarohatlangan kishining qovurg`asi singan (nafas olishda og`riq bo`lsa) nafas chiqarishda ko`krakni bint bilan yoki sochiq bilan qisib o`rash kerak bo`ladi. Organizmda suyaklar chiqqanda ularga faqat tibbiy yordam ko`rsatishga ruхsat beriladi.
5-rasm umurtqasi singan kishiga birinchi yordam ko`rsatish.
Jarohatlanganda lat egan shishgan joylar mahkam bog`lanadi va lat egan joy sovo`tuvchi narsa bosiladi. Qorin atrofida lat eyishi juda хavflidir. Bunday holda jarohatlangan kishini tezlik bilan kasalхonaga etkazish kerak.
|
| |