|
Mintaqaviy ekologik muammolar va ularning yechimlari
|
bet | 131/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiMintaqaviy ekologik muammolar va ularning yechimlari.
Mintaqaviy muammolar joylarning о‘ziga xos tabiiy sharoitlari, majud resurslardan notо‘g‘ri foydalanish, sanoat chiqindilari kо‘p chiqishi, yer – suv va yaylovlardan notо‘g‘ri foydalanish oqibatida kelib chiqadi.. Ushbu muammolar shu mintaqaga tegishli bо‘lsada ularning ekologik va ijtimoiy - iqtisodiy oqibatlari g‘oyat ulkan, ularni о‘z vaqtida hal etilmasa keng miqyosda kutilmagan og‘ir oqibatlarni olib kelishi mumkin bо‘ladi. О‘rta Osiyodagi ekologik muammolarni eng muhimi Orol va Orolbо‘yi ekologik muammolardir. Orol dengizi yaqin vaqtgacha eng yirik suv havzasi bо‘lib hisoblanilgan. Sо‘nggi 40-45 yil davomida dengiz sathi 22.0 metrdan kо‘proqqa pasaygan, suv hajmi 1064 dan 115 km3 pasaydi, suvdagi tuz miqdori 72 g/l ga yetgan. Orol dengizi deyarli “о‘lik” dengizga aylangan. Uning qurib qolgan qismining maydoni 4.2 mln. gektarni tashkil etadi va atrofga qumli tuzlar tarqatish manbai bо‘lib qolgan. Chang tarqalayotgan maydon uzunligi 400 km va kengligi 40 km. yetgan. Changli bо‘ronlar ta’sir doirasi 300 km. ni qamrab olmoqda.
Har yili bu yerda atmosferaga 15 dan 75 million tn. gacha chang kо‘tariladi. Bunday bо‘ronlarli yillar 90 kunlab kuzatiladi.
Sug‘orma dehqonchilik rivojlanishi oqibatida, shuningdek qurg‘oqchilik yillarida Amudaryo va Sirdaryo suvlarining Orolga qо‘shilishi 1970 yilga kelib 37.8 km3 ga, 1980 yilda esa 11.1 km3 gacha kamayib ketdi. 80 yillarning boshlarida daryodan dengizga suv quyilishi butunlay tо‘xtab qoldi.
Ayni paytda Amudaryo va Sirdaryo deltalaridagi yerlarning tabiiy holati buzilib, chо‘lga aylanish sur’atlari о‘sib bormoqda. Aholi ichimlik suvlari pestitsidlar bilan ifloslangan. Keyingi 10 yillikda о‘limlar soni 2 martta ortgan. Bolalarning 90% da siyidigida tuz miqdori kо‘p. Ayollarning 80% dan ortig‘ida kam qonlik hastaligi uchramokda. Ushbu hudularda yuqumli kasalliklar tez tarqalmoqda. Agar Orol dengizining sathi 33 m balandlikka tushib qolsa 2 qismga bо‘linib, о‘zining dengiz sifatini yо‘qatadi.. Shuning uchun uni 33.5 m balandlikda saklab kolish kerak bо‘ladi. Buning uchun har yili 20 km3 suv quyilishi kerak bо‘ladi. Bunday holatni kelitrrish uchun suvdan oqilona foylanish. Markaziy Osiyo birgalikda qisqa vaqt ichida yagon suv hо‘jaligini siyosatini ishlab chiqarish, Orolbо‘yidagi tabiiy kо‘llarni saqlab qolish e’tiborga olinish zarur.
Mintaqaviy ekologik muammolarga adir, tog‘ zonalarida xо‘jalik nuqtai nazaridan о‘zlashtirish ham kiradi. Ushbu muammolar tog‘-energetik, gidrotexnik, tog‘-kon sanoati va boshqalarni qurilishi bilan bog‘liq. Shuningdek О‘zbekiston bilan Tojikiston chegarasidagi Xissor vodiysida jiddiy ekologik muammolar mavjud. Tojikistondagi alyuminiy zavodining chiqindilari Surxandaryo viloyatining bir necha qishloq hо‘jaligi bilan shug‘ullangan tumanlarga og‘ir zararlarga olib kelmokda shu bilan birga kishilarning salomatligiga ham zarar keltirmokda..
Mintaqaviy muammolardan yana biri kislotali yomg‘irlardir Kislotali yomg‘irlar. Hozirgi davrda texnogen sulfidning havoga kо‘plab chiqarilishi biosferada moddalarning aylanma harkatiga katta ta’sir kо‘rsatmokda. YUNESKO ekspertlarining ma’lumotiga kо‘ra bir yilda havoga chiqarilgan sulfidlar miqdorini 251 mln. tonnaga teng, shundan Yer kurrasiiing shimoliy zonasiga - 174 tonnasi janubiga - 77 mln. tonnasi tо‘g‘ri kelgan. Bu yomg‘irlarning ta’siri tufayli AQShdagi kо‘llarda 80 % hayot yо‘qolgan. Kanada, Shvetsiya, Norvegiya davlatlarida suv havzalari shu yomg‘irlar tufayli zararlangan. Kislotali yomg‘irlarning ta’siri natijasida har yili 31 mln. gektarga yaqin yerlardagi о‘rmonlar qurib ketmokda. A.V. Yablokov tomonidan 1989 yilda о‘tkazilgan kuzatishlarda kislotali yomg‘irlar ta’sirida о‘rmonlar ham qattiq shikastlanadi va chuchuk suvlarning organik dunyosiga ham kuchli ta’sir kо‘rsatadi. Bunga Tojikistondagi alyuminiy zavodi Tursunzoda shahrida (ftor). Chirchikdagi kapralaktam zavodi misol bо‘laoladi. Tuproq unumdorligining kamayishiga inson faoliyatining ta’siri, tabiatdagi biologik aylanishga katta ta’sir kо‘rsatadi. Bu aylanish moddalarniig sirkulyatsiya qilishi tufayli vujudga keladi, binobarin tuproq, о‘simlik, hayvonlar va mikroorganizmlar о‘rtasida sodir bо‘ladi. Yer osti boyliklarini ochiq qazib olish, yerlarni quritish va sug‘orish binobarin tuproq unumdorligining pasayishiga va yemirilishiga olib keladi. BMTning ma’lumotiga kо‘ra, har yili dunyoda eroziya va defolyatsiya natijasida 7 mln. gektar haydaladigan yer qishloq hо‘jaligi aylantirishida chiqib qolmoqda (masalan, Xindiston, Pokiston, Meksika, Orol bо‘yi). SHо‘rlangan yerlarda hosildorlik keskin kamayib ketadi (masalan, paxta va bug‘doyda 50-60%, makkajо‘horida 40-50%). Atrof-muhitning buzilishi tufayli Orolbо‘yida katta chо‘llar yuzaga kelmokda. О‘rmonlarning keskin kamayishi. Yer yuzidagi о‘rmonlar tabiatdagi ekotizimning meyori holatda saqlanishida katta rol о‘ynaydi. Quruqlikdagi о‘simliklar inson faoliyati tufayli havoga chiqarilgan har xil zaharli moddalarni yutib, havoni ifloslanishdan himoya qiladi. О‘rmonlarning kamayishi atmosferadagi kislorod va uglerod balansining buzilishiga olib keladi. 1 gektar yerdagi о‘rmon bir yilda 20 mln. m3 toza havo beradi. Shunga qaramay insonlar о‘rmonlarni kesishni tо‘xtovsiz davom ettirmokdalar. Atmosferaga turli yoqilg‘ilar yondirilganda chiqindi gazlar tarkibida oltingugurt va azot qо‘sh oksidlari bо‘ladi. Atmosferaga millionlab tonna chiqarilayotgan bu birikmalar suv tomchilari bilan birikib kimyoviy jarayonlar orqali kislatali yomg‘irlar hosil bо‘lishiga sabab buladi. Kislotali yomgirlar ichimlik suvlarini ifloslaydi, tog‘-jinslari tarkibidagi tirik organizm uchun salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi qо‘rg‘oshin,kadimiy, rux, simob kabi moddarni siqib chiqaradi.
Faqat Yevropa hududdining о‘zida yiliga 30 mln.t sulfat chiqindilari tashlanmokda AQSH, Kanada, Germaniya, Shvetsiya, Norvegiya, Rossiya va boshqa rivojlangan davlatlarda kislotali yomg‘irlar ta’sirida katta maydonlardagi о‘rmonlarning qurishi kuzatilmokda. Bunday yomg‘irlar hosildorlikni pasaytiradi, suv havzalrining nordonligini oshiradi, binolar, tarixiy yodgorliklarni yemiradi, inson sog‘ligiga salbiy ta’sir qiladi. Dunyoning turli qismlarida joylashtirilganligiga qaramay dengiz, kо‘l va daryolarning ifloslanishi deyarli bir xil. Ularning ifloslanishi Dunyo okeanlari singari neft, pestitsid, kimyo sanoati chiqindilari, metallar bilan ifloslantirilmokda.
Shimoliy Amerikadagi Buyuk Kо‘llar suvdan 250 dan ortiq shaharlar kuniga о‘z extiyojlari uchun 15 mlrd l suv olib, uning katta qismini chiqindi suv sifatida yana kо‘llarga qaytarishadi maydoni 26 ming km2. Bularga chuchuk suvli yirik kо‘liga Erigi Detroyt daryosi sutka davomida 7.5 mln. m3. chiqindi – oqova suvlarni kelitrib tashlaydi. Kо‘lga yil davoimda 46 mln t. qattiq modda, 4 mln.t xloridlar, 27 ming t. fosfatlar, 160 ming t. azot mahsulotlari tashlanganligi aniqlanilgan. Rossiyadagi Baykal kо‘li shu shaharda qurilgan selyulyoza zavodidan chiquvchi chiqindilar bilan ifloslantirlmokda. Baykal kо‘liga quyiladigan daryolar ham uni ifloslanishga о‘z hissalarini qо‘shib kelmoqdalar. Ular kimyo, metallurgiya zavodlarini chiqindilarini olib kelib tashlaydilar. Xuddi shunday ahvol Qora dengiz, Kaspiy dengiz, Balxash, Issiqkо‘l va kо‘pgina yirik daryolar ham ifloslanishi ortib bormokda. Bu ahvolni tadbirlar qilib tozalash kerakaligini davr kо‘rsatmoqda.
|
| |