• 19-MA’RUZA. ATMOSFERA HAVOSIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR.
  • Atmosfera tuzilishi
  • Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar




    Download 7,87 Mb.
    bet127/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi7,87 Mb.
    #264582
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   201
    Bog'liq
    Αquv – uslubiy majmuaning tarkibi

    Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar

    1. Ishlab chiqarish jarohatlarining tashkiliy хarakterdagi sabablarini sanang?

    2. Ishlab chiqarish jarohatlarining teхnik хarakterdagi sabablarini sanang?

    3. Teхnik хarakterdagi jarohatlarning profilaktikasiga nimalar kiradi?

    4. Qon oqish jarohatlari qanday bo`ladi?

    5. Arterial qon oqishda jgut jarohat joyining qaeridan bog`lanadi?

    6. Jarohatlanganlarga birinchi yordamni kim ko`rsatishi lozim?

    7. Yurak urishi to`хtaganda belgilangan tartibda ko`krak qafasi mino`tinga necha marta bosiladi?

    8. Kuyish necha guruhga bo`linadi?

    9. Quyosh urishi qanday sodir bo`ladi?

    10.Ko`p qon oqish bilan bog`liq jarohatlangan kishiga birinchi yordam ko`rsatilgandan so`ng qancha vaqt davomida tibbiyot muassasasiga etkazish lozim?
    19-MA’RUZA. ATMOSFERA HAVOSIGA TA’SIR ETUVCHI
    OMILLAR.
    Reja:
    1.Atmosfera havosining ahamiyati va tuzilishi.
    2.Atmosfera havosining ifloslanishi va uning salbiy oqibatlari.
    3.Atmosfera havosini ifloslanishdan muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlar.
    Yer shari asosan bir necha kontsentrik qobiqlardan iborat bo’lib, uning zichligi sirtidan markaziga qarab oshib boradi. Bu qobiqlar yig’indisi geosfera deb ataladi.
    Geosfera o’z navbatida atmosfera, gidrosfera, biosfera va litosfera deb ataluvchi qobiqlardan iborat. Yerning markaziy qismi yadro deb ataladi




    Atmosfera qavatlari:



    • Тропосфера

    • Стратосфера

    • Экзосфера

    • Термосфера

    • Мезосфера



    Atmosfera tuzilishi

    Atmosfera – yerning gazsimon qobig’I bo’lib, hayot uchun zarur bo’lgan birlikdir. Atmosfera yer po’stiga fizikaviy, kimyoviy, biologik ta’sir ko’rsatadi va yer yuzasida issiqlik, namlikni tartibga solib turadi. Atmosfera yerning himoya qobig’idir. Chunki, u tirik organizmlarni turli ultrabinafsha nurlar va koinotdan tushadigan meteoritlarning zararli ta’siridan himoya qiladi. Atmosfera bo’lmaganda edi, yer yuzasida ham Oydagi kabi hayot bo’lmas edi.Yer yuzasi kunduzi 1000 darajagacha qizib, kechasi esa – 1000 darajagacha sovigan bo’lar edi.
    Havo qobig’i asosan azot (78,09 %) – N2; kislorod (20,95 %) – O2 dan iborat bo’lib, ular atmosfera gaz tarkibining 99% ini tashkil etadi, qolgan 1% i esa boshqa (argon - 0,93%; karbonat angidrid (CO2) - 0,03%; neon, vodorod, geliy, kripton, ksenon va boshqalar) gazlardir. Gazlarning biri ko’payib, ikkinchisi kamayib ketishi tirik mavjudot hayotini muvozanatdan chiqarib yuboradi va halokatga olib borishi mumkin. Atmosferadagi Azot asosan yerdagi mikroorganzmlar faoliyati natijasida yuzaga kelib, biologik jarayonlarda unchalik ahamiyat kasb etmaydi. Yerdagi tog’ jinslarida mujassamlashgan azot atmosferadagi azotga qaraganda 50 baravar ko’pdir.



    Atmosfera changlari havo qobig’ining ajralmas qismidir. Juda mayda zarrachalar organik va noorganik jarayonlar natijasida hamda tog’ jinslari va tuproq qatlamining yemirilishi (nurashi), vulqon hodisalari, o’rmon, dasht va torf yong’inlari, dengiz suvining bug’lanishi oqibatida paydo bo’lgan. Atmosferada juda ko’p miqdorda kosmik changlar bo’lib, yer yuzasiga yiliga 2-5 mln.tonna kosmik chang tushadi.





    Download 7,87 Mb.
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   201




    Download 7,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar

    Download 7,87 Mb.