|
Atmosfera havosini muhofaza qilish bo’yicha qonun xujjatlari
|
bet | 130/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiAtmosfera havosini muhofaza qilish bo’yicha qonun xujjatlari:
«Atmosfera havosini muhofaza qilishto’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunida «Atmosfera havosi tabiiy resurslarning tarkibiy qismi bo’lib, uumum milliy boylik hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilinadi» deb belgilab qo’yilgan. Shuningdek, Qonunning 4 moddasi bilan fuqarolarning hayoti uchun qulay atmosfera havosiga ega bo’lish huquqi va uni saqlash sohasidagi majburiyatlari va 24 moddasi bilan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari keltirilgan.
Demak, fuqarolar va korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar ushbu qonun talablarini bajarish bo’yicha qonunda ko’rsatilgan talablarni bajarishlari lozim bo’ladi. E’tibor qaratish lozimki, bugunda atmosferada tug’ilishi mumkin bo’lgan muammolarni oldini olish uchun barcha tarmoqlarga e’tibor berilyapti. Gidrometerologiya markazlari tomonidan ba’zi hudud va inshoatlarga maxsus havo tozalagichlar qo’yilmoqda. Turli labarotoriyalar tomonidan bu borada ishlar olib borilib, ular yaratgan kashfiyotlar atmosfera uchun foyda keltirmoqda.
20-MA’RUZA. INSONNING ATROF-MUHITGA TA’SIRI.
Reja:
1.Tabiiy va antropogen ifloslanish.
2.Mintaqaviy ekologik muammolar va ularning yechimlari.
3. Ekologik xavfsizlikni ta’minlashning tashkiliy asoslari.
Tabiiy va antropogen ifloslanish
Suv, zamin, kuyosh va havo hayot manbaidir. Havoning ifloslanishi odam va hayvon organizmiga о‘simliklar va boshqa tirik mavjudodlarga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun ham Abu Ali Ibn Sino “agar havoda chang bо‘lmaganda edi odamlar ming yil yashardilar” deb bejiz aytmagan. Shuni takidlashimiz lozim-ki insonni yashashi uchun eng asosiy narsa havodir. Odam oziqa yemasdan besh haftagacha yashashi mumkin suvsiz besh kunga chidashi mumkin. Havosiz esa kо‘pi bilan besh minutga chidaydi. Ammo odamning meyorida yashashi uchun havoning о‘zigina yetarli bо‘lmay. u yana ma’lum tartibda bо‘lishi ya’ni toza holatda saqlanishi ham zarurdir.
Toza havo deganda biz nimani tushunamiz?
Hammamizga ma’lumki dunyodagi barcha majudod havo bilan tirik. Havo inson uchun suv va kuyoshdek mu’tabar va aziz! Ona sayyoramizda hayotning mavjudligi va yer atmosferasida yashashai uchun eng zarur omili bо‘lgan kislorodning yetarli miqdorda borligidir. Biz havodan nafas olganimizda kislorod nafas yо‘llari orqali organizmimiga singib moddalar almashinuvi singari murakkab ichki biokimyoviy jarayonlarda qatnashadi. Odam bir kecha kunduzda tashqi muhitdan 20 m3 havo oladi, bir yilda esa 9 tn. ga yakin kislorod kerak bо‘ladi.
Ma’lumki odam о‘pkasi orqali bir minutda о‘rta hisobda 12 litr havo о‘tkazadi. Bir kecha-kunduzda esa 17 ming 290 litr havo о‘tadi. Bu esa 23 kg tashkil etadi. Demak odam havoni ovqatga nisbatan 4-5 barobar kо‘p iste’mol qiladi. Kishilarning qanchalik sog‘lom. nosog‘lom bо‘lishi havo iqlim va yashash tarziga bog‘liqdir.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda hozirgi kunda jahon mamlakatlarida 320 mln.dan ziyod avtomobil harakatda. Avtomobil motoridan havoga chiqadigan gazlar tarkibida esa 200 xil turdagi zaharli kimyoviy moddalar borligi о‘rganilgan.
Tirik mavjudodlarni yashash manbai bо‘lgan havoni muhofaza qilish va uni sof holida saqlash fanning asosiy maqsadidir.
|
| |