|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта
|
bet | 129/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiAtmosfera havosini ifloslanishdan muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlar.
Shahar havosi tarkibidagi har xil zaharli gazlar, ayniqsa antropogen changlar transportlardan, sanoatdan, isitish inshoatlaridan, qurilishlardan chiqadi. Shaharlarda havo aylanishi (sirkulyatsiya)ning sustligi tufayli diametri 4-10 mikron changlar 1 km balandlikkacha ko’tarilib, radiusi 10 km bo’lgan maydonga tarqaladi. Diametri kattaroq (10 mikrondan katta) bo’lgan changlar, uncha yuqoriga ko’tarilmay atrofga yoyilib, 300-500 metr balandliklarda uchib yuradi va so’ngra shaharga chang, qurum sifatida qaytib tushadi.
. Nigmatov I., Tojiev M. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi. Darslik. – Тoshkent: “Iqtisod-moliya”. 2011, B.129.
Atmosfera havosini toza saqlashda sanoat ob’yektlarini geografik sharoitiga qarab joylashtirish muhim ahamiyatga ega. Bunda sanoat ob’yektlari va yirik kommunal korxonalari alohida sanoat zonasida uy-joy massivlaridan tashqarida bo’lishi kerak.
Shuningdek, shamolning yonalishi uy-joy zonasidan, sanoat zonasi tomon esadigan bo’lishiga rioya qilish lozim. Aks holda sanoatdan chiqqan chang, qurum va gazlar uy-joy zonasi tomon shamol tufayli kelib, havoni ifloslaydi. Uy-joy zonasi bilan sanoat zonasi orasida kengligi 100 m dan bir necha kilometrgacha keladigan yashil o’simliklardan iborat sanitariya - himoya zonasining bo’lishi yaxshi natija beradi
Atmosferani ifloslantiradigan eng katta omillardan biri bu-transportdir. Hozirgi kunda yirik shaharlarda atmosfera havosini toza saqlash maqsadida, neft va benzinning tanqisligi hisobga olinib, al’ternativ yoqilg’ilar izlanmoqda. Bu sohada elektromobillarning kelajagi porloq. Elektromobillar - oddiy avtomobillar bilan bir vaqtda kashf etilgan bo’lib, akkomulyator batareyalari kuchsiz va benzinli motordan zaif bo’lganligi sababli, hayotda o’z o’rnini tezlikda topa olmadi.
Global havo ifloslanishida ba’zi sanoat tarmoqlar ta'sir dinamikasi
|
| |