|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта
|
bet | 183/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibi4-Seminar mashg‘uloti.
Shaxsiy himoya vositalari haqida umumiy ma’limotlar.
SHaxsiy muhofaza vositalari asosiy muhofaza vositalari qo‘shimcha ravishda ishlatiladi. Ular organizmni tashqi nurlanishdan teri qismlarini, shuningdek nafas olish organlarini muhofaza qiladi.
Ular asosan a va b nurlanishlardan saqlash imkoniyatiga ega; ammo nurlanishlar va neytron nurlanishlaridan muhofaza qila olmaydi.
SHaxsiy muhofaza vositalarini umuman ionlovchi nurlanishlarda ishlaganda shartli ravishda hamma vaqt qo‘llaniladigan va qisqa muddatga foydalaniladigan vositalarga ajratiladi.
Hamma vaqt qo‘llaniladigan shaxsiy muhofaza vositalariga xalatlar, kombinizonlar, kostyumlar, maxsus oyoq kiyimlari va ba’zi bir changga qarshi ishlatiladigan respiratorlar kiradi. Qisqa muddatli shaxsiy muhofaza vositalariga izolyasiya qilingan kostyumlar kiradi. Bu kostyumlarning shlang bilan havo beriladigan qilib ishlanadigan yoki avtonom ravishda ishlatiladigan turlari bo‘ladi.
SHaxsiy muhofaza vositalarini tuzilishi va ishlatish xususiyatlarini hisobga olib quyidagilarga: izolyasiyalovchi kostyumlar, nafas olish organlarini muhofazalash vositasi, maxsus kiyimlar, maxsus oyoq kiyimlari, qo‘shimcha muhofaza vositalariga bo‘lish mumkin.
Ishchi radioaktiv moddalar bilan ishlaganda, muhofazalovchi kostyumlar ishchini radioaktiv nurlanishlardan ishonchli himoya qilishi kerak. Bunday kostyumlar avariya holatlarida va remont ishlarini bajarishda foydalaniladi. Ularga qo‘yiladigan asosiy talab ishlash davrida ishchiga qo‘shimcha og‘irlik tushmasligini ta’minlashdir.
Uning tuzilishi tashqi muhit bilan izolyasiya qilingan holda, kostyum ichida ish sharoitini yaxshilovchi mikroiqlim ta’minlanishi kerak. Vatanimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy izolyasiya kostyumlari ishchilarni yaxshi muhofaza qiladi.
Nafas olish organlarini muhofaza qilishda respiratorlardan va shlangali protivogazlardan foydalaniladi.
Shaxsiy muhofaza vositalari filtrlovchi va ajratuvchi gazniqoblar, respiratorlar va terini muhofazalovchi vositalar (muhofazalovchi kompleks kiyimlar, kostyumlar, va boshqalar)ga bo‘linadi. Bularning barchasi nafas a’zolarini, ko‘z va teri yuzasini radioaktiv, zaharlovchi moddalar va bakteriologik vositalar ta’siridan saqlaydi.
Ularning hammasi organizmni muhofazalash xususiyatiga ko‘ra filtrlovchi va ajratuvchilarga bo‘linadi. Filtrlovchi vositalarning muhofazalash xususiyati havoni muhofazalovchi materiallar orqali o‘tkazishga asoslangan bo‘lib, unda havo radioaktiv, zaharlovchi moddalar va bakteriologik vositalardan tozalanadi. Ajratuvchi vositalarning muhofazalash xususiyati odam organizmini tashqi muhitdan to‘liq ajratishga qaratilgan bo‘ladi. Nafas olish uchun kerak bo‘lgan havo pnevmatogen yoki pnevmatofor usulda ishlaydigan kislorod apparatlari yordamida olingan bo‘ladi.
Pnevmatogen kislorod apparatlarida kerakli bo‘lgan kislorod miqdori reaksiyalar natijasida ajralib chiqadi (regenerativ patronlardan), pnevmatofor kislorod apparatlarida kerakli bo‘lgan kislorod ballonlarda siqilgan bosimda bo‘ladi, masalan kislorod ajratuvchi KIP-5 asbobi.
Foydalanilishiga ko‘ra hamma muhofazalovchi vositalar quyidagilarga: umumharbiy, maxsus, fuqarolar uchun mo‘ljallangan va sanoatda qo‘llaniladigan vositalarga bo‘linadi. Umumharbiy muhofaza vositalari bilan butun harbiy qismlarning harbiy xizmatchilari ta’minlanadi.
Maxsus muhofaza vositalari bilan tank, aviatsion, kimyoviy qismlar, turli xil qo‘shinlarning bo‘linmalari maxsus vazifalarni bajaradigan vaqtlarida, hamda tibbiy xizmat (boshidan yaralanganlar uchun shlem ShR-1) bo‘limlari yaradorlarga yordam ko‘rsatishda ishlatish uchun ta’minlanadilar. Fuqarolar uchun ishlab chiqilgan muhofaza vositalari fuqarolar muhofazasi qismlarining harbiy xizmatchilari va butun aholini ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Sanoatda ishlatiladigan muhofaza vositalari maxsus korxonalarda, qishloq xo‘jaligida va boshqa sohalarda zaharli kimyoviy moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan joylarda qo‘llaniladi.
Nafas a’zolarini muhofazalovchi vositalarga - filtrlovchi (umumharbiy, PMG, PMG-2, ShR, GP-4U, PG-5, PG-7V DP-6, DP-6M), ajratuvchi (IP-4, IP-5) gazniqoblar, respiratorlar (R-2, ShB-1) kiradi.
|
| |