• Kapillyar kondensatsiya
  • Zaharlovchi moddaning nomi Qaynash harorati Molekulyar og‘irligi
  • Absorbsiya deb zaharlovchi moddalarning faollashtirilgan ko‘mir ichiga kirishi (diffuziya) ga aytiladi. Xemosorbsiya




    Download 7,87 Mb.
    bet185/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi7,87 Mb.
    #264582
    1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   201
    Bog'liq
    Αquv – uslubiy majmuaning tarkibi

    Absorbsiya deb zaharlovchi moddalarning faollashtirilgan ko‘mir ichiga kirishi (diffuziya) ga aytiladi.
    Xemosorbsiyazaharlovchi moddalarning faollashtirilgan ko‘mirdagi kimyoviy reagentlar va katalizatorlar bilan neytrallanishi (zararsizlantirilishi) kuzatiladi.
    Kapillyar kondensatsiya bug‘simon zaharlovchi moddalarning suyuq holatga o‘tish jarayoni bo‘lib, bu jarayon yutuvchi vositaning g‘ovak kanalchalariga boradi va suyuq holatda saqlanib qoladi.
    Sorbsiyaning jadalligi bir qancha sharoitlarga, zaharlovchi moddaning xossasiga, uning haroratiga, havodagi zaharlovchi moddaning miqdoriga va uning molekulyar og‘irligiga bog‘liq bo‘ladi. Ba’zi zaharlovchi moddalarning faollashgan ko‘mirga munosabati 9-jadvalda keltirilgan.

    Ba’zi zaharlovchi moddalarning faollashgan ko‘mirga munosabati



    Zaharlovchi moddaning nomi

    Qaynash harorati

    Molekulyar og‘irligi

    Faollashgan ko‘mirga
    munosabati

    Is gazi
    Sianid kislota
    Fosgen
    Iprit
    Lyuizit
    Zarin

    -190 0 C
    26 0C
    8 0C
    217 0C
    196 0C
    147 0C

    28
    27
    99
    158
    209
    140

    Sorbsiyalanmaydi
    Sorbsiyalanmaydi
    Yomon sorbsiyalanadi
    Yaxshi sorbsiyalanadi
    Yaxshi sorbsiyalanadi
    Yaxshi sorbsiyalanadi

    Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, faollashgan ko‘mir yuqori molekulali zaharlovchi moddalarni (zarin, V-gazlari, iprit, lyuizit) yaxshi sorbsiyalash xususiyatiga ega. Fosgen, difosgenni yomon sorbsiyalaydi. Sianid kislota bug‘lari hamda is gazini deyarli sorbsiyalamaydi. Kichik molekulali zaharlovchi moddalarni ushlab qolish uchun faollashgan ko‘mir tarkibiga katalizatorlar va kimyoviy yutuvchi vositalarni qo‘shish kerak bo‘ladi. Buning uchun faollashgan ko‘mir tarkibiga kaliy permanganat, o‘yuvchi natriy, so‘ndirilgan ohak qo‘shiladi va ular, zaharlovchi moddalar bilan oksidlovchi va neytrallovchi reaksiyalarga kirishadi, buning natijasida zararsiz, kam uchuvchi moddalar hosil bo‘ladi.
    Gazniqobning yuz qismi, shlem-niqob rezinadan tayyorlanib, quyidagi qismlardan: ikkita yirik ko‘zoynak, ko‘zoynaklar terlashini kamaytiruvchi ikkita obtekatel, shlem-niqobni filtrlovchi - yutuvchi qutichani birlashtiruvchi rezinali naydan (gofrlangan) iborat. Shlem-niqob, gazniqob qutisida tozalangan havoni nafas olish a’zolariga yetkazadi, shuningdek yuz va ko‘zni radioaktiv, zaharlovchi moddalar hamda bakterial vositalardan muhofaza qiladi. Hozirgi vaqtda shlem - niqobning bir necha turi: ShM-41, ShM-41M, ShM-66 Mu ShMS mavjud.
    Ko‘zoynaklar shishadan tayyorlangan bo‘lib, ular shlem-niqobga maxsus oboymalar yordamida mustahkamlangan. Bundan tashqari, terlamaydigan plyonkani mustahkamlash uchun xizmat qiladigan qisqich halqa ham ko‘zoynakning tarkibiga kiradi.
    Shlem-niqob obtekatellarning vazifasi nafas olganda keladigan nisbatan sovuq havoni bevosita ko‘zoynaklarga yetkazib berishdan iborat bo‘lib, mana shu tufayli oynaklarning terlash darajasi ancha pasayadi.
    Niqobdagi birlashtiruvchi naycha rezinadan tayyorlangan bo‘lib, ustiga gazmol qoplangan. Uning bir uchi niqobning klapan qutisidagi patrubkaga zich qilib o‘rnatiladi, ikkinchi uchida esa ko‘chma gayka bo‘lib, u filtrlovchi-yutuvchi qutining og‘zi bilan birlashtiriladi. Trubkadagi mavjud ko‘ndalang bukilma (gofr)lar unga zarur egiluvchanlik bahsh etadi, naycha bukilgan yoki cho‘zilgan, yozilgan vaqtlarda orasidan havo bemalol o‘tadi.
    Klapan qutisi tunukadan tayyorlangan bo‘lib, nafas olinadigan va chiqariladigan havo oqimlarini taqsimlaydi. Birinchi kanali bo‘yicha nafas olinadigan havo shlem-niqobga o‘tadi, ikkinchisi yordamida nafas olingan havo tashqariga chiqariladi. Havo oqimi yo‘lidagi kanallarda nafas olinuvchi va nafas chiqariluvchi klapanlar o‘rnatilgan bo‘ladi. Nafas olingan vaqtda nafas olinuvchi klapan ochilib, havo o‘tqaziladi, bunda ikkita nafas chiqaruvchi klapan mahkam bo‘lib berkiladi, nafas chiqarilgan vaqtda nafas oluvchi klapan mahkam berkiladi, nafas chiqaruvchi klapanlar esa ochilib havoni tashqariga chiqaradi.
    Gazniqob solinadigan xalta oddiy matodan ikki xona qilib tikilgan bo‘ladi, bir xonasida filtrlovchi-yutuvchi, ikkinchisida esa shlem-niqob turadi. Xalta yelka va bel tasmalari yordamida osib olinadi. Xaltaning yon qismida kichkina cho‘ntakchalar bor. Bunga kimyoga qarshi maxsus paket yoki terlamaydigan plyonkalar solib qo‘yilishi mumkin. Xaltaning ichkari qismida ikkita taxtacha qo‘yilgan bo‘lib, quti qo‘yilgan vaqtda orqa teshigi berkilib qolmaydi u havo o‘tishini ta’minlab turadi.
    ShMS shlem-niqobga bir qancha o‘zgartishlar kiritilgan. Og‘zaki buyruqlar topshiriqlar va suhbatlar yaxshi eshitilishi uchun shlem-niqobning old qismiga gaplashish (so‘zlashish) uchun mo‘ljallangan maxsus moslama o‘rnatilgan. U rezinka prokladka, membranalar, tutib turuvchi halqa, flyans va buraluvchi qopqoqdan iborat. Shlem-niqobga o‘rnatilgan ko‘zoynaklar o‘lchami kichik va optik asboblar bilan ishlashga moslashtirilgan.

    Download 7,87 Mb.
    1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   201




    Download 7,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Absorbsiya deb zaharlovchi moddalarning faollashtirilgan ko‘mir ichiga kirishi (diffuziya) ga aytiladi. Xemosorbsiya

    Download 7,87 Mb.