|
Gazniqobni foydalanishga tayyorlash
|
bet | 187/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiGazniqobni foydalanishga tayyorlash. Agar gazniqobning yuz qismi o‘lcham bo‘yicha to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa va umuman har kimning o‘ziga moslashtirilgan bo‘lsa va ishga yaroqli bo‘lsa, u holda muhofazalovchi vosita ishonchli deb hisoblanadi. Gazniqob yuz qismining zarur o‘lchovini tanlab olish gazniqobdan foydalanishda xal qiluvchi ahamiyatga ega. Kattaroq gazniqob yuzga zich o‘rnashmaydi va zaharlangan havo uning atrofidan kirib kishini zaharlashga olib keladi. Yuz qismi zarur o‘lchamdan kichikroq bo‘lsa, bunday shlem-niqob boshni qattiq qisib og‘ritadi va uni taqib yurish ancha qiyin bo‘ladi. To‘g‘ri tanlangan shlem-niqob yuzga hech qanday og‘riq bermasdan zich joylashib turadi.
Shlem-niqoblar o‘lchovini aniqlash uchun yuz vertikal aylana bo‘ylab santimertlarda o‘lchanadi, ya’ni lenta iyakning quyi nuqtasi orqali yonoqlar bo‘yicha quloq chig‘anog‘i oldidan o‘tib, boshning tepasida tutash chiziq bo‘yicha o‘lchanadi. Shlem-niqobning to‘g‘ri tanlanganligi xlorpikrin moddasi yordamida «dudlash kamerasida» tekshirib ko‘riladi. Gazniqob o‘lchovini aniqlash jadvalda keltirilgan.
Hozirgi vaqtda harbiy qismlarda saqlanib kelinayotgan tabeldagi nafas a’zolarini muhofazalovchi vositalarning muhofaza qilish xususiyati juda yuksakdir. U foydalanish vaqtidagi sifatlari bo‘yicha yetarli darajada ishonchli va qulay vositadir. Gazniqoblardan foydalanish qoidalariga rioya qilinganda dushman tomonidan qo‘llanilgan turli xil zaharlovchi moddalardan bir jangovar kun (10-12 soat) mobaynida muhofazalanish mumkin. Filtrlovchi-yutuvchi quti har kuni almashtirilmaydi, chunki zaharlangan atmosferada qisqa vaqt turiladi.
Nafas olish organlarining yakka himoyalanish vositalari: 1-respirator R-2; 2- «Lepestok» tipidagi Respirator; 3-gazniqob GP-5; 4-changga tsarshi maska PTM-1; 5-paxta-dokali bog’ich.
Terini himoya qilish vositalari. Ularga umumqo’shin himoya jamlamasi, yengil himoya kostyumi, kombinzon, fartuk, filьtrlovchi himoya kiyimlari va boshqalar kiradi. Ular kiyimlarni va terini radioaktiv modda, zaxarli modda bakteriologik vositalardan himoya qilish uchun ishlatiladi. Odamni alьfa nurlanishdan to’la, betta nurlanishdan 50-70% saqlaydi, ammo singuvchi radiaqiyadan (gamma nurlar va neytronlardan) himoya qila olmaydi.
Umumqo’shin himoya jamlanmasi. Jamlanma OP-1 himoya plashchi, himoya paypoq va qo’lqopdan iborat. Himoya plashchi rezinalangan matodan tikilgan bo’lib, qalpog’i, shpenьka (tugma o’rnida) va tasmasi bor. Himoya paypoq va qo’lqop ham rezinalangan matodan tayyorlangan. Paypoqning tagi brezent yoki rezina qo’shib puxtalangan. Himoya jamlanmasi ham poxod, tayyor va jangovar holatda olib yuriladi. Zararlangan joyda yurishga to’g’ri kelganda oyoq kiyim ustidan himoya paypoq kiyiladi. Plashchga qo’lni tiqib, shpenьkalar taqiladi va qo’lqop kiyiladi. Plashchni kombinzonga o’xshatib kiyish ham mumkin.
Engil himoya kostyumi L-1 rezina shimdirilgan matodan tikiladi, ko’ylak, kapyushon bilan himoya paypoqli shim, ikki juft himoya qo’lqopi va ip gazlamadan qilingan podshlemnikdan iborat. Sumkada olib yuriladi. Kostyum zararlangan xududga kirishdan oldin kiyiladi. Avval paypoq bilan shim kiyiladi va yelka bog’ichi bilan bog’lab kuyiladi Keyin ko’ylak va gaznikob kiyiladi, maska ustidan kopyushon kiyilib, klapan taqiladi, qo’lqop va podshlemnik kiyiladi. Bulardan tashqari sintetik rezinadan ishlangan kombinzon va kostyum ham bor. Gigiena talablari nuqtai nazaridan kostyumlarni organizmga ta’sirini xisobga olish kerak. SHuning uchun havo haroratiga qarab, kostyumda qancha vaqt yurish mumkinligi ko’rsatilgan:
havo harorati Foydalanish vaqti
+ 30 ° va undan yuqori 20 daqiqa
+ 25-29e da 30-40 daqiqa
+ 20- 24° da 1 soat
+ 15 - 29° 2 soat
+ 10° dan past bo’lganda 4-5 soat.
quyida yengil himoya kostyumining tuzilishi berilgan:
Engil himoya kostyumi L-1: 1-shimi, paypokdari bilan; 2-podshlemnik; 3-kapyushonli kostyum; 4- ikki barmokdi kulkrplar; 5gkostyumni sakdash uchun sumka; ungda — jaigovar holatdagi himoya kostyumi.
Axoli bundan tashqari ro’zg’orda kiyiladigan rezina aralashgan matolardan tikilgan oddiy kiyimlar, sport kiyimlari; oyoq kiyimlardan: rezina botinkalar, kalishlardan; qo’llarni himoyalashda rezina va teridan tayyorlangan qo’lkoplardan x;am foydalanadilar.
Kundalik kiyimlar to’la germetik xususiyatga zga bo’lmaganligi sababli, ulardan foydalanishda qo’shimcha himoya vositalaridan foydalanish lozim.
|
| |