|
Gazniqobdan foydalanish qoidalari
|
bet | 190/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiGazniqobdan foydalanish qoidalari. Gazniqob va boshqa muhofaza vositalari kimyoviy va radioaktiv moddalar va biologik vositalarini qo‘llanishi ehtimoli yoki bo‘lmasa avariya, epidemiologik vaziyat bilan bog‘liq, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish, harbiy holatlarda olib yuriladi:
«safar» holatida;
«tayyorgarlik» holati— kuchli ta’sir etuvchi moddalar yoki ommaviy zarar yetkazuvchi kimyoviy qurol qo‘llanishi xavfi bo‘lganda;
«jangovar» holat— maxsus signallar bo‘yicha yoki xavfli vaziyat holatida mustaqil ravishda.
Gazniqobni «jangovar» holatga o‘tqazish vaqtida:
- nafas olmasdan va ko‘zlarni yumib turib bosh kiyimini yechish va uni yoniga qo‘yib yoki tizzalari orasiga qisib olishi kerak;
- gazniqobni xaltadan chiqarib olish lozim:
- ikkala qo‘l bilan shlem-niqobning shunday ushlash kerakki, qo‘lning bosh barmog‘i shlem-niqobning tashqarisida, qolgan barmoqlar shlem-niqobning ichida bo‘lishi kerak;
- shlem-niqobning pastki qismi iyakka qo‘yilib, qo‘l tepaga va orqaga siltab tortiladi va shlem-niqob buklanib qolmaydigan qilib boshga kiyiladi;
- shlem-niqob kiyib bo‘lingach keskin va chuqur nafas chiqariladi, ko‘z ochiladi, nafas olish tiklanadi, bosh kiyim kiyiladi, xaltaning qopqog‘i yopiladi.
- ko‘zoynak shishalari ko‘z ro‘parasida turishiga ahamiyat berish kerak.
Agar gazniqob oynaklari ko‘z to‘g‘risida bo‘lsa, shlem-niqob yuzga zich tegib tursa va burishib qolmagan bo‘lsa gazniqob to‘g‘ri kiyilgan deb hisoblanadi.
Gazniqobni kiyish vaqtida nafas olmay turish va ko‘zlarni yumib olishga alohida e’tibor beriladi. Bu shuning uchun zarurki, hozirgi zamon qurollarining zaharlovchi moddalari juda o‘tkir, tez ta’sir etuvchi bo‘lib, ular hatto gazniqob kiyib olguncha o‘tadigan juda qisqa vaqt ichida ham shikast yetkazishi mumkin. Ko‘zni ochishdan oldin hamda gazniqobni taqib olgandan keyin nafas olishni tiklash oldidan kuchli nafas chiqarish zaruriyati ham xuddi ana shunday ehtiyot chorasi hisoblanadi. Shunday qilinsa, gazniqob ichiga kirib qolgan zaharli havo chiqib ketadi.
Gazniqobni yechish uchun o‘ng qo‘l bilan bosh kiyim salgina ko‘tariladi, chap qo‘l bilan gazniqobning yuz qismiga joylashtirilgan klapanli quti ushlanadi va shlem-niqob oxista pastga tortiladi, yuqoriga harakatlantirib shlem-niqob yechib olinadi, bosh kiyimi kiyiladi.
Yechib olingan shlem-niqobning ichkari qismi toza latta bilan yaxshilab artiladi va quritiladi. Shundan keyin shlem-niqob gazniqob xaltasiga joylashtiriladi.
Gazniqobni mosini tanlashdan tashqari, undan to‘g‘ri foydalanish juda katta ahamiyatga ega. Busiz to‘g‘ri tanlanmagan gazniqob befoyda bo‘lib qolmasdan, balki o‘ziga xos tuzoq bo‘lib qolishi ham mumkin. Shuning uchun yangi gazniqobni ishlatishdan oldin uning rezina qismlariga sepib qo‘yilgan talkni qoqib tashlash va artish kerak. Keyin maska va biriktiruvchi gofrlangan naychaning butunligi, shuningdek gazniqobning filtrlovchi-yutuvchi qutisi ishga yaroqli ekanligini aniqlash uchun uni yaxshilab tekshirib chiqish kerak. Gazniqoblarni bekam-ko‘stligini aniqlash uchun uni kiyib, biriktiruvchi gofrlangan naycha mahkam siqilsa, hamma narsa ayon bo‘ladi. Maska-niqobning jips yopishib turganligini va klapanlari havo o‘tqazish-o‘tkazmasligini bilish uchun gazniqob qutisi ostidagi teshikni yopib, chukur nafas olish kerak.
|
| |