• Individual ( aptechka (AI-2).
  • SHaxsiy tibiiy muhofaza vositalar (SHMTV)




    Download 7,87 Mb.
    bet188/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi7,87 Mb.
    #264582
    1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   201
    Bog'liq
    Αquv – uslubiy majmuaning tarkibi

    SHaxsiy tibiiy muhofaza vositalar (SHMTV) — favkulodda vaziyat shikastlovchi omilining insonlar salomatligiga ta’siri oldini olishga yoki uni ta’sirini kamaytirishga muljallangan tibbiy preparat yoki buyum. Ularga individual bog’lov paketi (IBP) (5-rasm), individual aptechka (AI-2) (6-rasm) va kimyoviy individual paket (KIP) kiradi





    Individual borlov paketi: a — kesib kuyilgaL joydan tashki rilofini olish; b —ichki taxlamini chiqari! olish; v —borlov materialining yozilgan x,olda kurinishi (1| doka uchi; 2-surilmaydigan yostikcha; 3-rangli iplar; 4| suriladigan yostiqcha; 5-doka; 6-doka urami).



    Individual ( aptechka (AI-2).
    Bular yordamida insonlar xayotini xavfdan qutkarish, ularning shikastlanishini oldini olish, organizmni xavfli va zararli omillarning ta’siridan saqlashga yordam beradi
    Tibbiyot bog’lov paketi yara va kuygan joylarga zararsizlantirilgan bog’lov qo’yish maqsadida ishlatiladi.
    Individual bog’lov paketi 32x17,5 sm kattalikda ikkita paxta-doka yostiqcha, eni 10sm va uzunligi 7m keladigan marlidan iborat. Yostikchasining bittasi marlining uchiga tikib qo’yilgan, ikkinchisi esa marli bo’ylab bemalol suriladigan bo’ladi. Paketdagi yostiqcha va marli steril bo’lib, pergament kog’ozga o’ralgan. Paketning tashqi g’ilofi rezina shimdirilgan gazlamadan ishlangan, bog’lov materialini shu tariqa ikki qavat qilib o’rab qo’yilganligi sterilligini yaxshi saqlanishini ta’minlaydi. Paketga to’g’nog’ich solib qo’yilgan bo’ladi. G’ilofida paketdan foydalanish koidalari ko’rsatib qo’yilgan. Bog’lam qo’yishda paket qo’lda ushlanib, o’ng qo’l bilan paket tashqi g’ilofi kesmasidan ochiladi va ichki o’rovi olinadi. Oldin to’g’nog’ich chiqarib olinib, keyin qog’oz o’rovi olib tashlanadi va yostiqchalarning ichki yuzasiga, ya’ni jaroxatga qo’yiladigan tomoniga qo’l urmasdan bog’lov materiali ochib yoziladi. Yordam berayotgan kishi yostiqchalarning faqat rangdor iplar bilan chatib qo’yilgan tomoninigina qo’l bilan ushlashi mumkin. Yostiqcha doka bilan o’rab bog’lanadi, doka-marlining uchi to’g’nog’ich bilan maxkamlab qo’yiladi.
    Individual aptechka (AI-2) axoliga radiaqion nurlanish, zaxarlovchi moddalar va bakteriologik vositalar yordamida profilaktik va birinchi tibbiy yordam ko’rsatish uchun zarur tibbiyot vositalaridan iborat bo’ladi. Aptechkada tibbiyot vositalar jamlanmasi mavjud.






    Download 7,87 Mb.
    1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   201




    Download 7,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    SHaxsiy tibiiy muhofaza vositalar (SHMTV)

    Download 7,87 Mb.