|
RSh-4 markali umumharbiy filtrlovchi gazniqob
|
bet | 184/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiRSh-4 markali umumharbiy filtrlovchi gazniqob. Bu gazniqoblar nafas a’zolari, ko‘z va yuzni zaharlovchi, radioaktiv moddalar va bakterial vositalardan muhofaza qilishning asosiy vositasi bo‘lib hisoblanadi. Bu gazniqoblar bilan harbiy qo‘shinlarning harbiy xizmatchilari ta’minlanadi.
Gazniqoblar filtrlovchi - yutuvchi quti, yuz qismi va xaltachadan iborat.
Filtrlovchi - yutuvchi quti nafas olinadigan havoni radioaktiv, zaharlovchi moddalar va bakterial vositalardan tozalash uchun xizmat qiladi. U silindr shaklida bo‘lib, qutining tagida nafas olinadigan havo kirishi uchun teshik bo‘ladi. Tozalangan havo quti qopqog‘iga burab o‘rnatilgan naycha orqali o‘tib keladi. Filtrlovchi - yutuvchi quti mustahkam bo‘lishi uchun unda burama joylar bo‘ladi. Gazniqob uzoq vaqt saqlanishi zarur bo‘lgan vaqtda yoki suvdan o‘tayotgan vaqtda filtrlovchi - yutuvchi qutining pastdagi teshigi rezina tiqin (probka) bilan berkitiladi.
Qutining ichki qismi havo oqimi bo‘ylab tutunga qarshi filtr va maxsus ishlov berib faollashtirilgan ko‘mir solingan yutgich bilan ta’minlangan. Bu yutgich ko‘pincha shixta deb ataladi.
Tutunga qarshi filtr – maxsus ingichka tolali asbest moddasi qo‘shib zichlangan qog‘ozdan iborat bo‘lib, filtrning yuzasini ko‘paytirish maqsadida u qat-qat qilib buklanadi. Shu sababli uning yuzasi 2000 sm2 ni tashkil qiladi. Tutunga qarshi filtr har qanday aerozollar, radioaktiv chang, zaharlovchi moddalarning aerozollari, tumanlari hamda bakterial vositalarning aerozollarini ushlab qoladi. Lekin zaharlovchi moddalarning bug‘lari va gazlari bu yerda ushlab qolinmaydi, ular ikkinchi qavat, faollashgan ko‘mirda ushlanib qoladi.
Faollashtirilgan ko‘mir gazniqob qutida asosiy yutuvchi vosita bo‘lib hisoblanadi. Faollashgan ko‘mirning zaharlovchi moddalarni yutishi uning nechog‘li g‘ovakliligiga bog‘liq. U 0,5 – 1,0 mm li mayda donachalar shaklida bo‘ladi. Faollashtirilgan ko‘mir toshko‘mir, pista ko‘mir, torf va ba’zi organik mahsulotlarga maxsus ishlov berish yo‘li bilan olinadi. Faollashgan ko‘mirda zaharlovchi moddalarning yutilishi sorbsiya yo‘li bilan boradi. Bu to‘rtta fizik-kimyoviy jarayondan iborat.
Adsorbsiya – zaharlovchi moddalarning molekulalari, atomlari, ionlari ko‘mirning g‘ovaklariga yutilishi bilan ta’riflanadi. Bunda ko‘zga ko‘rinmaydigan kimyoviy birikmalar paydo bo‘ladi.
|
| |