|
PMG va PMG-2 kichik gabaritli gazniqoblar
|
bet | 186/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiPMG va PMG-2 kichik gabaritli gazniqoblar. Bu gazniqoblar ShMG va ShM-66Mu yoki ShM-62 shlem-niqoblari bilan jihozlanadi. Filtrlovchi-yutuvchi quti kichik o‘lchovlarda bo‘lib, balandligi 8—9 sm, ko‘ndalang kesimi o‘lchami 10,8—11,2 sm ni tashkil qiladi. Bu gazniqoblarga ham gaplashish (so‘zlashish) uchun mo‘ljallangan maxsus moslama o‘rnatilgan, ko‘zoynaklari ham optik asboblar bilan ishlashga moslashtirilgan. Bunday gazniqoblarda nafas olishga to‘sqinlik kam bo‘lganligi tufayli ancha erkin nafas olinadi.
Bu gazniqoblar (gazniqoblar) gazniqob xaltasida olib yuriladi, xaltada sovuqda gazniqobni kiyish uchun maxsus issiq tutadigan manjetalar, terlashga qarshi maxsus qalam joylashtirilgan. Gazniqob qutisida orqa teshigini berkitish uchun rezina tiqin bo‘ladi.
PMK va PMK-2 rusumli gazniqoblar filtrlovchi gazniqoblar guruhiga kiradi. PMK gazniqobi M-80 shlem-niqob, PMK-2 gazniqobi MB-1—80 shlem-niqob bilan jihozlangan. Shlem-niqoblar obtyurator, trapetsiya shaklidagi egilgan shisha ko‘zoynak, gaplashish (so‘zlashish) uchun mo‘ljallangan maxsus moslama, suyuqlik qabul qiluvchi sistema hamda filtrlovchi-yutuvchi quti bilan ta’minlangan.
PMK va PMK-2 markali gazniqoblar zaharlangan atmosferada suyuqlikni qabul qilish sistemasi bilan jihozlangan. Zararlangan joyda suv ichishi uchun suvdon qopqog‘i maxsus klapanli qopqoq bilan almashtiriladi va rezinadan tayyorlangan tiqin bilan mahkamlanadi. Suvdonga suv zararlanmagan joyda quyilishi kerak. Suv ichish uchun shlem niqobdagi ushlagichdan nippel, so‘zlashgich moslamasidan esa rezina nay chiqarib olinadi; niqob tashqarisiga joylashtirilgan shtutser yordamida rezina nay buraladi va mundshtuk og‘izga to‘g‘rilanib kirgiziladi; suvdondagi rezina tiqin olinadi, mundshtuk og‘izga olinadi va puflangan holda tezlik bilan nippel suvdon qopqog‘idan klapanni oxirigacha kirgiziladi; suvdon to‘ntariladi va yuqoriga kishi og‘zi sathidagi balandlikkacha ko‘tariladi; bunda kishi boshini orqaga egmasligi kerak, suvdondagi suv chaqqonlik bilan so‘rib ichiladi, vaqti-vaqti bilan suvdon ichiga havo kirgizib turiladi.
PMK - va PMK-2 gazniqoblaridan foydalanish tartib-qoidalari yuqorida bayon etilgan tartiblardan farq qilmaydi.
|
| |