|
(4.4-bandining ikkinchi xatboshi О‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 9 apreldagi О‘RQ-87-sonli Qonuni tahririda — О‘R QHT, 2007 y., 15-son, 150-modda)
|
bet | 19/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibi(4.4-bandining ikkinchi xatboshi О‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 9 apreldagi О‘RQ-87-sonli Qonuni tahririda — О‘R QHT, 2007 y., 15-son, 150-modda)
Moliya-xо‘jalik faoliyati olib borish hamda
ta’lim jarayonini tashkil etishda о‘quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta’minlanadi. Ta’lim muassasalari О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan о‘tkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga kо‘ra ta’lim sohasida faoliyat kо‘rsatish huquqi beriladi.
Muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat doiralarining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiylarning vakillarini о‘z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatuv kengashlari tuzish orqali ta’lim muassasalarining samarali jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.
Kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish tizimini shakllantirish
Ta’lim boshqaruvi organlariga bog‘liq bо‘lmagan, kasb-hunar ta’limi sifatini attestatsiyadan о‘tkazuvchi davlat xizmati tashkil etiladi. Mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning istiqbol talablariga monand davlat ta’lim standartlari ishlab chiqiladi, о‘quv yurtlari faoliyatini, professor-pedagog kadrlar sifatini hamda ta’lim oluvchilarning bilimini reyting asosida baholash tizimi tadbiq etiladi. Kadrlarni tayyorlash sifatini nazorat qilishning davlat va jamoat shakllari rivojlantiriladi. Ta’lim muassasalari bitiruvchilarini yakuniy attestatsiyalash tizimi takomillashtiriladi.
Ta’lim tizimini moliyalash
Ta’limni va kadrlar tayyorlashni moliyalash tizimi takomillashtiriladi, uning kо‘p variantli (byudjetdan ajratiladigan va byudjetdan tashqari manbalardan) tizimi joriy etiladi, ta’lim muassasalarining о‘zini о‘zi pul bilan ta’minlashi rivojlantiriladi, xususiy hamda chet el investitsiyalarini ta’lim sohasiga jalb etish rag‘batlantiriladi.
Respublika fuqarolari uchun keyinchalik ularni tо‘lashning moslashuvchan tizimiga asoslangan ta’lim kreditlari berish mexanizmi shakllantiriladi. Uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini moddiy jihatdan qо‘llab-quvvatlashda donorlar va homiylarning mavqei kuchayib boradi.
Pullik ta’lim xizmatlari kо‘rsatish, tadbirkorlik, maslahat, ekspert, noshirlik, ishlab chiqarish, ilmiy hamda ustavda belgilab qо‘yilgan vazifalarga muvofiq boshqa tarzdagi faoliyat hisobidan ta’lim muassasalarining daromadlari kо‘payishi ta’minlanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
(4.4-bandining ikkinchi xatboshi О‘zbekiston Respublikasining 2007 yil 9 apreldagi О‘RQ-87-sonli Qonuni tahririda — О‘R QHT, 2007 y., 15-son, 150-modda)
|