FVDT kuchlariga quyidagilar kiradi:
Fuqarolar muhofazasi qо‘shinlari;
Hududiy va obyektlarning harbiylashmagan umumiy va maxsus maqsadli tizimlari;
Mahalliy hokimiyat organlarining (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar) FVVning qutqaruvchi komandalarining tizimlari;
FVVga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri hamda tezkor bо‘ysunuvchi Respublika ixtisoslashtirilgan tizimlari;
Vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan hamda professional-ixtisoslashtirilgan avariya-qutqaruv va avariya-tiklash bо‘linmalari;
Obyektlarning ixtisoslashtirilgan tizimlari;
«Qizil yarim oy» jamiyatining kо‘ngilli otryadlari;
«Vatanparvar» mudofaaga kо‘maklashuvchi tashkiloti.
Fuqaro muhofazasi kuchlari – Fuqaro muhofazasi qо‘shinlari, tuzilmalaridan tarkib topadi. Bunda, fuqaro mudofazasi qо‘shinlari О‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashkil etadi va ular Favqulodda Vaziyatlar vazirligiga bо‘ysinadi, hamda о‘z tezkor yо‘nalishlariga muvofiq harbiy davrda Respublikaning muhim mudofaa va sanoat obyektlarida favqulodda vaziyatlarni tugatishga oid ishlarni olib boradilar. Fuqaro muhofazasi qо‘shinlarining harbiy davrdagi asosiy vazifalari zararlangan о‘choqlari va zaharlanish hududlarida muhandislik, radiatsiyaviy, kimyoviy va boshqa qidiruv ishlarini olib borish; qutqaruv va tiklov ishlarini amalga oshirish; aholini va iqtisodiyot obyektlarini evakuatsiya qilishda ishtirok etish; aholi hayot faoliyatini ta’minlash va boshqa vazifalarni bajarishdan iborat.
Fuqaro muhofazasi qо‘shinlarining tinchlik davridagi vazifasi: katta miqyosidagi ishlab chiqarish avariyalari, halokatlari va tabiiy ofatlar chog‘ida avariya-qutqaruv hamda shikastlangan hududlar xususiyatlariga kо‘ra tiklov ishlarini amalga oshirishdan iborat.
Favqulodda Vaziyatlar vazirligiga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bо‘ysinuvchi Respublika ixtisoslashtirilgan tuzilmalarining vazifalari, favqulodda vaziyatda tezkor faoliyat kо‘rsatish, favqulodda vaziyatlarni cheklash va tugatishda samarali harakatlarga tayyor turish, razvedka о‘tkazish, vaziyatni baholash va FVVga tezkor ma’lumot berish, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatish, shikastlanganlarning moddiy va ma’naviy boyliklarini qidirish va qutqarishdan iborat. Bu tizimda Respublika qidiruv-qutqaruv markazi (RQQM), maxsus harbiylashtirilgan qidiruv-qutqaruv qismi (MHQQQ), 68305-harbiy qism (alohida-aloqa batalion) va davlat suvdan qutqarish xizmati (DSQX) kiradi. Respublika bо‘yicha jami 7 ta avariya-qutqaruv bо‘limlari mavjud. Vayronalar ostida qolgan odamlarni qidirib topishda itlarning xizmati kattaligini e’tiborga olib, 1998 yil 5 sentabrda «Kinologiya» xizmati tashkil etilgan. Hozirgi vaqtda bu xizmat RQQM tarkibiga kiritilgan.
О‘zbekiston Respublikasi Davlat suvdan qutqaruv xizmati (DSQX) - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tarkibiga kiruvchi bо‘linma hisoblanadi. DSQXning asosiy vazifalari Respublikaning shaharlari, aholi yashash manzilgohlari, korxona, muassasa va tashkilotlarda suvda sodir bо‘ladigan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatish ishlarni tashkil etish; favqulodda vaziyatlarda qidiruv-qutqaruv ishlarni amalga oshirish va odamlarga zarur yordamni kо‘rsatish; Respublikada avariya, halokat va tabiiy ofatlar oqibatida suvda sodir bо‘ladigan baxtsiz hodisalar miqyosini kamaytirishni ta’minlovchi yagona siyosatni amalga oshirish; bu tizim faoliyatini amalga oshirishda maqsadli va ilmiy-texnik dasturlar ishlab chiqish; suvda favqulodda vaziyat sodir bо‘lganda aholi xavfsizligini ta’minlash bо‘yicha DSQX yagona tizimini ishlab chiqish; DSQX kuch va vositalardan kompleks foydalanish; favqulodda vaziyatlarda qutqaruvchilarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish; qutqaruvchilarni tayyorlashda, ularni о‘qitish ishlarida qatnashishdan iborat. Shulardan kelib chiqib, 2000 yilda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi huzurida Respublika g‘avvoslar maktabi ochildi va hozirda yosh mutaxassislar о‘qitilmoqda.DSQX kuchlari hozirgi kunda Respublikaning 36 suv havzasini nazoratga olgan.
Qamchiq dovonidagi qor kо‘chish ofatining (1999 yil 21 noyabr) keltirgan talofatlari hamda mazkur yо‘lning xalqaro miqyosidagi о‘rnini hisobga olgan holda va xavfsiz harakatni ta’minlash maqsadida hukumatimiz qarori bilan «Qamchiq» qidiruv-qutqaruv otryadi tashkil etildi. Bu otryadning asosiy vazifasi Qamchiq dovonida uzluksiz kuzatuv ishlarini olib borish, favqulodda vaziyat rо‘y berishini oldini olish, sodir bо‘lganda tezkor harakat qilib xavfsizlikni ta’minlashdan iborat.
Favqulodda Vaziyatlar yazirligiga tezkor bо‘ysinuvchi Respublika ixtisoslashtirilgan tuzilmalari, 42219-harbiy qismining mexanizatsiyalashtirilgan batalyoni, Ichki Ishlar vazirligining Respublika yong‘inga qarshi harbiylashgan maxsus otryadi, Sog‘liqni Saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, “О‘zbekiston havo yо‘llari” milliy aviakompaniyasining avia otryadi, «Toshshaharyо‘lovchitrans» uyushmasining avto sanitariya otryadlari, vazirlik va idoralarning favqulodda vaziyatlarni tugatish bо‘yicha tuzilgan boshqa tuzilmalarini о‘z ichiga oladi. Bu tuzilmalarning vazifalari tayyorgarlik muddatlari, ularni jalb etish tartibi FVV bilan kelishilgan harakat rejalari asosida olib boriladi.
Vazirlik va idoralarning harbiylashtirilgan va professional avariya-qutqaruv, avariya-tiklash va boshqa ixtisoslashtirilgan bо‘linmalari idoraga qarashli obyektlarda ishlab chiqarish avariyalari va halokatlari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, shuningdek epidemiya, epizootiya va epifitotiyalar yuzaga kelganda maxsus vazifalarni xal etish uschun mо‘ljallangan.
Hududiy quyi tizimlarda - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda fuqaro muhofazasi boshliqlari qarorlari bilan geofizik, tabiiy-iqlim va boshqa mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda hududiy avariya-qutqaruv, avariya-tiklash tuzilmalari, tezkor tibbiy yordam markazlari va qutqaruv komandalari tashkil etiladi.
Xuddi shu yо‘nalishda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 apreldagi qaroriga muvofiq tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlardan Toshkent shahri aholisi xavfsizligini ta’minlash va о‘z vaqtida ogohlantirish maqsadida hamda Ichki ishlar Boshqarmasi, tez tibiiy yordam xizmati va shahar avariya xizmatlari (aloqa, suv, issiqlik, gaz, elektr ta’minoti) kuchlarini muvofiqlashtirish maqsadida Toshkent shahar hokimligining favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tarkibida «Qutqaruv xizmati» tuzilgan. Qutqaruv xizmatining xizmat kо‘rsatish telefon raqami «1050» bо‘lib, unga quydagi vazifalar yuklatilgan:
- Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlarda aholini ogohlantirish va qutqarish ishlarini olib borish;
- Favqulodda vaziyat xavfi tug‘ilganda aholiga zudlik bilan kerakli yordam kо‘rsatish, kerak paytda qо‘shimcha kuchlarni jalb qilish, birinchi tibbiy yordam kо‘rsatish va avariya-qutqarish ishlarini yо‘lga qо‘yish;
- Qutqaruv xizmatining doimiy tayyorgarligini ta’minlash, kuchlarni doimiy tayyorgarlikda tutish;
- Favqulodda vaziyatlarning oldini olish ishlarini yо‘lga qо‘yish va bajarish;
- Favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqaradigan xavf ma’nbalarini hisobga olish, shahar hududiga zarar yetkazishi mumkin bо‘lgan ofatlarning oldini olish;
- Qutqaruv xizmatining malakali mutaxassislarini tayyorlashdan iborat.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga kо‘ra bizning mintaqada 7 xil FV turlari tasdiqlangan:
Zilzilalar, yer surilishi;
Sel, suv toshqinlari va boshqalar;
Kimyoviy xavfli obyektlarda avariya va halokatlar (о‘tkir zaharli moddalarning ajralib chiqishi);
Portlash va yong‘in xavfi mavjud obyektlardagi avariya va halokatlar;
Temir yо‘l va boshqa transport vositalarida tashish paytidagi avariya va halokatlar;
Xavfli epidemiyalarning tarqalishi;
Radiоaktiv manbalardagi avariyalar.
Favqulodda vaziyatning tavsifi. Har qanday favqulodda vaziyatlar 8 ta kо‘rsatkich bо‘yicha aniqlanadi:
Favqulodda vaziyatning nomlanishi (FV ni ta’rifi);
FV ning mohiyati (mazmuni);
FV ning sabablari;
FV ning shikastlovchi omillari;
FV da qaltislikni oshiruvchi omillar;
FV ni oldindan bilish mumkinligi (monitoring, bashorat, ogohlantirish, yumshatish);
FV ni bartaraf qilish (falokatdan qutqarish va boshqa kechiktirib bо‘lmaydigan ishlarni bajarish);
Moddiy zararni aniqlash (bevosita va bilvosita).
Har qanday turdagi xavf-xatarli holatlar muayyan sharoitlarda, muhitda favqulodda vaziyatlarga olib keladi. FV oqibatlari turli tuman bо‘ladi. Ular FV turiga, tusiga va tarqalish miqyosi (masshtabi)ga bog‘liqdir. FV oqibatining asosiy turlari: о‘lim, odamlarni kasallanishi, inshootlarning buzilishi, radioaktiv ifloslanishlar, kimyoviy va bakterial zaharlanishlar. Yana shuni alohida qayd qilish kerakki, FVning kо‘pgina holatlarida boshqa zararli omillar bilan birga ruhiy jarohatlovchi holatlar ham mavjud bо‘ladi. Bu paytda о‘ta kuchli tasodifiy ta’sirilar odamning ruhiy holatini buzulishiga olib keladi. Bu ta’sirning xavfli yeri shundaki, bu ruhiy holat faqatgina shu ta’sir hududidagina emas, undan chiqqandan keyin ham davom etishi mumkin. FV xavfini oldindan ma’lum aniqlikda aniqlash mumkin bо‘lsa-da, ammo, uning ruhiy ta’sirini aniq aytish mushkul hisoblanadi.
FVning zararli va xavfli omillari ta’siri ostida joylashgan aholi, hayvonlar, inshootlar, moddiy resurslarni barchasi - «Shikastlanish о‘chog‘i» deyiladi. Oddiy (bir turli) shikastlanish о‘chog‘i deb, faqat bir shikastlovchi omil ta’sirida hosil bо‘ladigan о‘choq tushuniladi. Masalan: portlash, yong‘in natijasida buzilish, kimyoviy zaharlanish kuzatiladi. Murakkab (kо‘p turli) shikastlanish о‘chog‘i deganda bir necha shikastlovchi omillar ta’sirida yuzaga kelishi tushuniladi. Masalan, kimyo korxonasidagi portlash - binolarning buzilishiga, yong‘in, kimyoviy zaharlanish kabi oqibatlarga, yer silkinishi - kuchli bо‘ron, inshootlarning buzilishidan tashqari, suv toshqini, yong‘inlar, elektr tarmoqlarining ishdan chiqishi, zaharli gazlarning chiqib ketishi natijasida zaharlanish va boshqa talofotlarga olib kelishi mumkin.
FV lardan himoyalanishning asosiy sharti, sharoitni baholay olish, keltirib chiqargan sababini va uning mexanizmini bilishdir. Jarayonning mohiyatini bilib, uning oqibatini oldindan aytib berish mumkin, o‘z vaqtida va aniq olingan ma’lumot samarali himoya uchun о‘ta muhimdir.
FV lar quyidagilar natijasida paydo bо‘ladi:
Og‘irlik kuchlari, yer aylanishi yoki haroratlar farqi ta’siri ostida paydo bо‘ladigan, tez kechadigan jarayonlar;
Konstruksiyalar yoki inshootlar materiallarining zanglashiga yoki chirishiga, fizik-mexanik kо‘rsatkichlarning pasayishiga olib keladigan tashqi tabiiy omillar ta’siri;
Inshootlarning loyiha ishlab chiqarish nuqsonlari (qidiruv va loyiha ishlaridagi xatolar, qurilish materiallari, konstruksiyalar sifatining pastligi, qurilish ishlarining sifatsiz bajarilganligi, qurish va sozlash ishlarida texnika xavfsizligiga rioya qilmaslik va hokazo);
Ishlab chiqarish texnologik jarayonlarning inshoot materiallariga ta’siri (me’yoridan ortiq kuchlanishlar, yuqori harorat, titrashlar, kislota va ishqorlar ta’siri, gaz-bug‘ va suyuq agressiv muhitlar, mineral moylar, emulsiyalar ta’siri);
Sanoat ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining va inshootlarni ekspluatatsiya qilish qoidalarining buzilishi (bug‘ qozonlarining, kimyoviy moddalarning, kо‘mir konlarida metan gazining portlashi va hokazo);
Turli kо‘rinishlardagi harbiy faoliyatlar.
|