• 3-MA’RUZA. O’ZBEKISTON RESPUBLIKA FVDT ME’YORIY HUJJATI. Reja.
  • Mustahkamlash uchun savollar




    Download 7,87 Mb.
    bet24/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi7,87 Mb.
    #264582
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   201
    Bog'liq
    Αquv – uslubiy majmuaning tarkibi

    Mustahkamlash uchun savollar.
    1.Ta’lim to’g’risidagi qonun va kadrlar tayyorlashning milliy dasturining maqsadi nima?.
    2. Yo’nalishga kirish fanining kadrlar tayyorlashdagi o’rni haqida gapiring.
    3.Fanga qo’yiladigan talablar nomalardan iborat?.


    3-MA’RUZA. O’ZBEKISTON RESPUBLIKA FVDT ME’YORIY HUJJATI.
    Reja.
    1.Fuqarolar muxofazasi kuch va vositalari, ularga qo’yiladigan talablar, faoliyat ko’rsatadigan tizimlar, ularning huquqlari va bajaradigan vazifalari.
    2.Favqulodda vaziyatlarning tasnifi va tavsifi.
    3.Favqulodda vaziyatlar hususiyatlarini huquqiy-me’yoriy hujjatlarda asoslanishi.

    Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro muhofazasining qо‘shinlari О‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi kuchlarining asosini tashkil etadi.


    Fuqarolar muhofazasi tizimlari qutqaruv va boshqa kechiktirib bо‘lmaydigan tiklov ishlarini (QBTI) amalga oshirish uchun hududiy-ishlab chiqarish tamoyillariga kо‘ra tashkil etiladi.
    Fuqaro muhofazasi tizimlari bо‘ysunishiga kо‘ra - hududiy (viloyatlar, tumanlar va shaharlar miqyosida) hamda obyekt (iqtisodiyot obyektlaridagi) tizimlariga bо‘linadi. Obyekt fuqarolar muhofazasining boshlig‘i etib о‘sha korxonaning yoki tashkilotning boshlig‘i tayinlanadi.
    Fuqarolar muhofazasi yana belgilangan vazifasiga kо‘ra - umummaqsadli hamda xizmatli tizimlarga bо‘linadi. Umummaqsadli tizimlar zararlangan о‘choqlarda qutqaruv ishlarini olib boradilar. Xizmatli tizimlar esa maxsus tadbirlarni bajaruvchi xizmatlar - qidiruv ishlarini olib borish, tibbiy yordam kо‘rsatish, yong‘inlarning tarqalishiga yо‘l qо‘ymaslik va ularni о‘chirish, jamoat tartibini saqlash, insonlar salomatligini tiklash, razvedka о‘tkazish, avariya va texnikalarni tiklash, himoya inshootlarida xizmat kо‘rsatish va boshqa maxsus vazifalarni bajaruvchi tizimlariga bо‘linadi.
    Yuqorida ta’kidlab о‘tilgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollarda harakatlarni boshqarishning davlat tizimini tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlash maqsadida «О‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 558-son (1998 y.) Qarori qabul qilingan1.
    Ushbu qaror О‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) ning asosiy vazifalarini, uning tashkil etilishini, tarkibini va faoliyat kо‘rsatish tartibini belgilab beradi1

    FVDT ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:


    - Tinchlik va harbiy davrda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida huquqiy va iqtisodiy me’yoriy hujjatlari yagona konsepsiyasini belgilash, ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
    - Respublika hududidagi mumkin bо‘lgan texnogen va tabiiy favqulodda vaziyatlarni ifodalash, bashoratlash, ularning oqibatlarini baholash;
    -Favqulodda vaziyatlarning oldini olish, odamlar xavfsizligini ta’minlashga, xavfli texnologiyalar va boshqa ishlab chiqarishlarning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy-texnik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
    - Boshqaruv organlari va tizimlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun mо‘ljallangan kuch va vositalarning doimiy tayyorligini ta’minlash;
    - Aholini, boshqaruv organlari boshliqlarini, FVDT kuch va vositalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash;
    - Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish;
    - Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, zarar kо‘rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish;
    - Favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilish sohasida, shu jumladan ularni tugatishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish;
    - Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida halqaro hamkorlik qilish;
    FVDT hududiy va funksional quyi tizimlardan iborat bо‘lib, u respublika, mahalliy va obyektlar miqyosi darajasida bо‘ladi.
    FVDTning hududiy quyi tizimlari о‘z ma’muriy hududlari doirasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladi hamda tegishli ravishda tumanlar, shaharlar, qishloqlar va ovullar miqyosida tashkil topadi.
    FVDT hududiy quyi tizimlarining vazifalari, ularni tashkil etish, kuch va vositalari tarkibi, faoliyat kо‘rsatish tartibi mahalliy geofizik va tabiiy, iqlim sharoitlarini, kuchli xavfli obyektlarning mavjudligini hisobga olib belgilanadi



    Download 7,87 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   201




    Download 7,87 Mb.