|
Fan bilan ta’lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish
|
bet | 21/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiFan bilan ta’lim jarayoni aloqalarini rivojlantirish
Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida ilg‘or amaliy ilmiy tadqiqotlar о‘tkaziladi, ta’lim sifati davlat ta’lim standartlariga muvofiq kelishini tashkil etish va ta’minlash maqsadida pedagogika va ta’lim sohasida ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-uslubiy qо‘llanmalar ishlab chiqish faollashtiriladi. Fundamental va amaliy fan sohasidagi ilmiy kadrlarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki rag‘batlantiriladi, pedagogik va ilmiy-tadqiqot jarayonlarining aloqasi ta’minlanadi. Yoshlarning fan-texnika sohasidagi ijodkorligi har tomonlama qо‘llab-quvvatlanadi.
Ishlab chiqarish va ta’lim tizimi integratsiyalashuvini rivojlantirish
О‘quv-ishlab chiqarish majmualarini (markazlarini) tashkil etish va ularni rivojlantirish, zamonaviy uskunalar, apparatlar va asboblar bilan jihozlash rag‘batlantiriladi. Kadrlar tayyorlash va birgalikdagi ilmiy-texnologik yechimlar yaratishda korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalaniladi. Ishlab chiqarishda kadrlar tayyorlash qо‘llab-quvvatlanadi. Ilg‘or texnologiya sohasida pedagog kadrlarning malakasi bevosita ishlab chiqarishda muntazam ravishda oshirib boriladi.
Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi xalqaro hamkorlik
Kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning xalqaro-huquqiy bazasi yaratiladi, xalqaro hamkorlikning ustuvor yо‘nalishlari rо‘yobga chiqariladi, xalqaro ta’lim tizimlari rivojlantiriladi, ilmiy-pedagog kadrlar, talabalar va о‘quvchilar almashish kengayadi. Ta’lim tо‘g‘risidagi milliy hujjatlar xalqaro miqyosda e’tirof etilishi uchun asos yaratiladi. Manfaatdor vazirliklar va idoralarning, О‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalarining kadrlar tayyorlash sohasiga chet el investitsiyalarini bevosita va bilvosita keng jalb qilish borasidagi faoliyat kuchaytiriladi.
Milliy dasturni rо‘yobga chiqarishga doir tashkiliy chora-tadbirlar
Milliy dasturni amalga oshirish maqsadida:
Milliy dasturning yо‘nalish va bosqichlarini amalga oshirishning aniq mexanizmlari, muddatlari, ijrochilari, moliyaviy va resurslar ta’minoti ifodalangan yechim va chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqiladi;
Milliy dasturni bajarish yuzasidan davlat va jamoat institutlarining faoliyati hamda vazifalari belgilanadi;
Milliy dasturning aniq yо‘nalishlarini ishlab chiqish jarayoniga malakali chet el ekspertlari jalb etiladi;
Milliy dasturni bajarishda davlat va nodavlat tashkilotlar faoliyati muvofiqlashtirilib, xalqaro tashkilotlar qatnashuvi tashkil etiladi;
Milliy dasturning monitoringi va bajarilishini ekspertiza qilish asosida uning ayrim qoidalari va tadbirlariga tuzatishlar kiritiladi;
ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda, kadrlar tayyorlash milliy modeli rо‘yobga chiqarilishini ta’minlash masalalari yuzasidan seminarlar va konferensiyalar о‘tkazish orqali Milliy dasturning prinsipial yondashuvlari hamda asosiy qoidalarini keng kо‘lamda tushuntirish ishlari olib boriladi;
Milliy dasturning maqsad va vazifalarini amalga oshirish jarayoniga jamoat birlashmalari va markazlari, respublika aholisi keng tabaqalarining faol ishtiroki ta’minlanadi;
ommaviy axborot vositalarida Milliy dasturning bajarilishi muntazam yoritib boriladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish yuzasidan Respublika komissiyasi tashkil etiladi, bu Komissiyaning zimmasiga dasturni bajarishga doir barcha ishlar va tadbirlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirish, shu jumladan quyidagi vazifalar yuklanadi:
uzluksiz ta’limning tegishli turlari uchun davlat ta’lim standartlariga qо‘yiladigan umumiy talablarni ishlab chiqish;
umumiy о‘rta ta’lim uchun davlat ta’lim standartlarini va boshqa zarur normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
о‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun davlat ta’lim standartlarini, akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridan iborat ta’lim tizimini joriy etish dasturlarini ishlab chiqish;
о‘rta umumiy ta’limga ega bо‘lgan о‘quvchilarni akademik litsey va kasb-hunar kollejlari tizimi bilan tо‘la qamrab olish tadbirlarini, bu tizimni hududlarning demografik, jug‘rofik xususiyatlari va kadrlarga bо‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda joylashtirish, uning moddiy-texnika asosini yaratish;
akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ishlaydigan о‘qituvchilar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun ta’lim muassasalarini tashkil etish hamda ularning samarali ishlashini ta’minlash;
oliy ta’lim muassasalari tizimini Milliy dastur talablariga binoan isloh qilish, bu borada tegishli davlat ta’lim standartlarini yaratish va joriy etish;
maktabgacha ta’lim va tarbiya muassasalari faoliyatini takomillashtirish, bolalar tarbiyasida va ularni maktabga tayyorlashda oila, mahalla hamda jamoat tashkilotlarining mas’uliyatini oshirish;
ta’lim muassasalarini zarur darsliklar va adabiyotlar bilan ta’minlash, bu ishga yirik olimlar, yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, ta’lim va ilm-fan sohasining nashriyot bazasini rivojlantirish;
professor va pedagog kadrlarni rivojlangan mamlakatlardagi yetakchi ta’lim muassasalarida tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida maxsus Respublika jamg‘armasi tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlash;
uzluksiz ta’lim tizimida chet tillarni faol о‘rgatish uchun zarur sharoit yaratish, ularni о‘rgatishning jadallashtirilgan uslublarini joriy etish, о‘zbekcha-chet tillar lug‘atlarini, davlat tilidagi maxsus adabiyotlarni nashr etish;
uzluksiz ta’lim sohasi о‘qituvchilari va pedagog kadrlarini ijtimoiy himoya qilish va qо‘llab-quvvatlash, ularning mehnatiga haq tо‘lash va rag‘batlantirish tizimini qayta kо‘rib chiqish bо‘yicha takliflar ishlab chiqish;
ta’lim muassasalarini attestatsiyadan о‘tkazish va akkreditatsiyalash, kadrlar tayyorlashning malaka talablarini aniqlash hamda sifatini baholash ishlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish bо‘yicha ta’lim tizimi boshqaruviga bog‘liq bо‘lmagan yagona davlat xizmatini tashkil etish;
ta’limni axborot bilan ta’minlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish, uni jahon axborot tizimi bilan bog‘lash, ommaviy axborot vositalarining ta’lim sohasidagi vazifalarini belgilash;
kasb-hunar ta’limi sohasida kadrlarga bо‘lgan talab va taklifni о‘rganishni tashkil etish, ta’lim xizmati kо‘rsatish va kasbiy mehnatning raqobatga asoslangan bozorini hamda kadrlar tayyorlash sohasida marketingni shakllantirish.
Yuqori malakaga ega bo`lgan xalqaro fakultetda, asosan mashhu xалқаро jurnallarda nashr etilgan materiallarni o`qitish uchun mo`ljallangan.
Innovatsion MBA o`qitish nazariyasida, amaliy tadqiqotlar, tahlil qilish va dunyoda sodir bo`layotgan muammoli vaziyatlarni hal etish yollarini izlashni o`rgatadi.Uchta akademiyada talabalar marketing,moliya va konsalting bo`yicha ta`lim oladilar. O'z soxalarining etuk mutaxassislari, va rahbar hodimlar ma'ruzachi sifatda taklif etiladi va ular o`z sohalarining oratorlaridir. Yoz oylarida talabalarning malakasini oshirish uchun mahaliy va xalqaro kompaniyalarga yuboriladi. O`tkazilgan tajribalar sinov tajriba sifatda o`rganish imkonini beradi.
Bizning talabalarimiz butun dunyodan tashrif buyurgan bo`lib, ularning qariyb 35% chet mamlakatlardan tashrif buyurgan talabalardir. Asosiysi global tarmoqda talabalar tengsiz hisoblanadilar.
Samarali hamkorligimiz natijasida Amerika Qo'shma Shtatlari MBA dasturlari orqali talabalar ikkita diplom olish imkoniyatiga ega. O`quv dasturi bo`yicha tahsil olgan barcha talabalar, chet elda bir semester mobaynida tajriba almashish imkoniyatiga ega.
Bundan tashqari maktabda xorijiy talabalarga koreys millatining madaniyati bilan yaqindan tanishlishlari mumkin.
|
| |