• Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar
  • Ta’lim tizimini boshqarish
  • Ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar




    Download 7,87 Mb.
    bet18/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi7,87 Mb.
    #264582
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   201
    Bog'liq
    Αquv – uslubiy majmuaning tarkibi

    Ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar
    Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. Shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi ta’minlanadi. Umumiy hamda pedagogik madaniyatni oshirish maqsadida, mamlakat aholisi orasidagi ma’rifiy ishlar takomillashtirib boriladi.
    О‘zbekiston mustaqilligi prinsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qо‘shishga qodir shaxsni shakllantirish maqsadida ta’lim muassasalari ota-onalar, oila, mahalla qо‘mitalari, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, jamoat tashkilotlari, fondlar bilan о‘zaro puxta hamkorlik qiladilar.
    Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar
    Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni aniqlash va о‘qitish uslubiyati, psixologik-pedagogik va tashkiliy sharoitlari yaratiladi, bunday bolalar va yoshlarga oid ma’lumotlarning respublika banki va monitoringi shakllanadi. Maxsus о‘quv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalar ishlab chiqish uchun eng yaxshi pedagog va olimlar jalb qilinadi, о‘quv-tarbiya jarayonida ularning faol ishtiroki ta’minlanadi. Fan va texnikani, siyosat va iqtisodiyotni, madaniyat va san’atni о‘rgatish markazlari qabilidagi hamda milliy (elita) ta’lim muassasalari tashkil etiladi.
    Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni chet ellarda umumiy va kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan о‘tkazishga qaratilgan sobitqadam faoliyat amalga oshiriladi. Akademik litseylarning о‘quvchilariga, birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yо‘nalishlari bо‘yicha о‘z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, о‘zlaridagi noyob iste’dodni rо‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
    Ta’lim tizimini boshqarish
    Uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan о‘zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yо‘li bilan boshqarib boriladi. Barcha darajadagi ta’lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari «Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq belgilanadi. Ta’limning normativ-huquq bazasi rivojlantiriladi.

    Download 7,87 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   201




    Download 7,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar

    Download 7,87 Mb.