FM shtabi asosida quyidagi xizmatli tizimlar tashkil etiladi




Download 7,87 Mb.
bet26/201
Sana20.06.2024
Hajmi7,87 Mb.
#264582
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   201
Bog'liq
Αquv – uslubiy majmuaning tarkibi

FM shtabi asosida quyidagi xizmatli tizimlar tashkil etiladi:
a) Aloqa va tashviqot;
b) Meditsina;
v) Radiatsiya va kimyoviy qurollar ta’siriga qarshi;
g) Jamoat tartibini saqlash;
d) Elektr ta’minoti;
e) Avariya-texnikani ta’mirlash;
j) Pana joylarda va qochoqlar maskanida xizmat kо‘rsatish;
z) Transportda xizmat kо‘rsatish;
i) Moddiy ta’minot va boshqa vazifalar.
Yuqorida ta’kidlangan fuqarolar muhofazasining xizmatli tizimlaridan tashqari texnika va transport vositalariga maxsus qayta ishlov berishda FMning bir qator xizmatli qismlari keng ishlarni tashkil etadi. Jumladan, FM laboratoriyalari radioaktiv va zaxarli moddalarni aniqlash uchun radiometrik va kimyoviy tahlil ishlarini olib boradi. Ular asosan korxona yoki tashkilotlarning laboratoriyalari tarkibida tashkil etilib, unga mutaxassislar jalb qilinadi va kerakli asbob uskunalar bilan jihozlanadi.
Radiоaktiv moddalar va biologik vositalar bilan zaharlangan odamlarni tо‘liq sanitar qayta ishlovdan о‘tkazish uchun yuvinish maskanlari tashkil etiladi. Bu maskanlar asosan hammom va dushxonalar asosida tashkil etilib, ular oldindan tayyorlab qо‘yiladi. Bu maskanlarda kiyim-kechaklar, poyafzal va shaxsiy saqlovchi vositalarni dezaktivatsiya qiluvchi maydonchalar tayyorlanib jihozlanadi. Bir yuvinish maskani bir soatda 80 odamni qayta ishlovdan о‘tkazishi lozim. Kiyim-kechak, poyafzal shaxsiy saqlovchi vositalarni degazatsiya, dezaktivatsiya va dezinfeksiya qilish uchun kiyim-kechaklarni zararsizlantiruvchi maskanlar tashkil etiladi. Bular asosan hammom va kiyim-kechaklarni yuvuvchi maskanlar tarkibida tashkil etiladi. Bunday maskanlar 1 soat ichida 50-100 kg kiyim-kechaklarni qayta ishlash quvvatiga ega bo’lishi lozim.
Transport vositalarni degazatsiya, dezinfeksiya va dezaktivatsiya qilish uchun esa zararsizlantirish shoxobchalari tashkil etiladi. Bu zararsizlatirish shoxobchalari asosan transportlarni yuvuvchi qismlari tarkibida tashkil etilib, ular 1 soat mobayinida 4-5 ta yuk avtomashinalarini zararsizlantirish imkoniyatiga ega bo’lishi lozim.
Demak, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda asosiy vazifasi favqulodda vaziyatlar davlat tizimi (FVDT) ning kuch va vositalari о‘ynaydi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yildagi 558-sonli qarorining 14 bandida FVDTning favqulodda vaziyatlarni bartaraf etuvchi kuch va vositalari belgilab berilgan.

Download 7,87 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   201




Download 7,87 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



FM shtabi asosida quyidagi xizmatli tizimlar tashkil etiladi

Download 7,87 Mb.