|
-MA’RUZA. ISHLAB CHIQARISH, YASHASH JOYLARIDA XAVFSIZLIK TA’MINOTI
|
bet | 64/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibi8-MA’RUZA. ISHLAB CHIQARISH, YASHASH JOYLARIDA XAVFSIZLIK TA’MINOTI.
Reja
1.Ishchi-hodimlarga badal tushunchasini tushuntirib berish.
2.Ishchi-hodimlarga badal to'lash evolyutsiyasini ta'riflash.
3.Ishchi-hodimlarga badal to'lashga qo'yiladigan har hil talablarni ta'riflash.
4.Ishchi-hodimlarga badal to'lash uchun normalar asosini tushuntirib berish.
5.Asosiy yozuvlarni qo'llashga qo'yiladigan talablarni aniqlash.
Mehnat muhofazasi bo‘yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish quyidagi davlat tashkilotlariga yuklatilgan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi.
2. “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya epidemiologiya nazorati.
4. Respublika Ichki ishlar vazirligining yong‘indan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi.
5. O‘zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat aksionerlik jamiyati.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi bo‘yicha me’yyor qoidalariga, sanoat sanitariyasi va mehnat gigienasiga hamda mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq o‘z texnik inspektoriga ega.
“Sanoatgeokontexnazorat” agentligi bug‘ qozonlarining to‘g‘ri ishlashini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni, yuk ko‘tarish mashinalari (ko‘tarma kranlar, liftlar), ekskovatorlar, gaz uskunalari magistral quvurlari ishini va portlovchi moddalarni ishlatish, saqlash va tashish ishlarini nazorat qiladi.
Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati havo, suv va tuproqni ifloslanishdan ogohlantirish, shovqin va titrashni yo‘qotish,ssexlarning sanitariya holatlarini yaxshilash (harorat, nisbiy namlik, yoritilganlik va h.k.) ishlarini nazorat qiladi.
Davlat yong‘in nazorati yong‘inga qarshi tadbirlarni, ut o‘chirish vositalarining holatini, yong‘in haqida xabar berish vositalarining ishini nazorat qiladi.
|
| |