|
D. Xavfni boshqarish vositalari va xavfni boshqarish dasturlarining natijasini o’lchash, hisobotni tekshirish va baholash
|
bet | 63/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiD. Xavfni boshqarish vositalari va xavfni boshqarish dasturlarining natijasini o’lchash, hisobotni tekshirish va baholash.
1. Xavf-xatar darajasining tahlilini, qiymatini, rentabellik tahlilini, ishni tanlab olishni, yo’qotishlar koeffitsiyenti va shunga o’xshash uslubiyatni o’z ichiga olgan uslublarni tuzish va amalga oshirish. Xavfni boshqarish va xavfni nazorat qilishni boshqarish dasturining natijasini vaqti vaqti bilan va muntazam baholash uchun.
2. To’liq samaradorlik uchun xavfni boshqarish vositalari va dasturlari samaradorligi hamda sarflarni baholash va tizim, tashkilot, ishlab chiqarish va operatsiya xissasini o’lchash uchun uslublarni rivojlantirish.
3. Boshqarilishi va ularning joriy qilinishiga mas’ul bo’lgan insonlarga va tashkilotlarga xavfni boshqarish vositalari yoki xavfni boshqarish dasturlariga kiritilgan tavsiya qilingan saralash va o’zgartirishlarni o’z ichiga olgan baho sifatini aniqlash natijasini ta’minlash.
4. Barcha tizimlar, tashkilotlar, jarayonlar va operatsiyalar yoki ularning komponentlarining ko’rsatkichlarini baholaydigan boshqarish va nazorat dasturlarining hisob-kitobini yo’naltirish, rivojlantirish yoki yordam berish.
|
Mavzudagi barcha ma’lumotlar Fundamentals of occupational safety and health / Mark A. Friend and James P.Kohn.—4th ed. 12 bobidan olingan.
Xulosa
Mehnatni va sog’liqni muhofaza qilish kasbining ildizi sanoatlashgan jamiyat boshlariga borib taqaladi. Inson salomatligi, xavfsizligi, mulkchiligiga nisbatan havotiri ushbu kasbning negizini tashkil qiladi. Kitobning keyingi boblarida mehnatni muhofaza qilishni boshqarishning yaxshi dasturlarini joriy qilish uchun muhim bo’lgan elementar bilim va ko’nikmalarga yanada batafsilroq to’xtalib o’tiladi.
Mustaxkamlash uchun savollar.
Nima uchun xavfsizlikning yaxshi dasturi foyda keltiradi? To’rtta sababini ayting.
Ko’pchilik ishlaydigan shaxslar mehnatni muhofaza qilish va sog’liqni saqlash haqida qayg’urishadi deb o’ylaysizmi? Nima uchun?
Mehnatni va sog’liqni muhofaza qilishning tarixiy hodisalarini o’rganish nima uchun foydali?
“Xavfsizlik’’ so’zining ma’nosini qanday tushunasiz? Sizning talqiningiz bilan professional talqin o’rtasidagi farq?
Ish joyidagi xavfsizlik va sog’liqning xavfi mumkin bo’lgan qanday yo’qotishlarga olib kelishi mumkin?
Xavfsizlik mutaxassislarining majburiyatlaridan misollar keltiring.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
D. Xavfni boshqarish vositalari va xavfni boshqarish dasturlarining natijasini o’lchash, hisobotni tekshirish va baholash
|