• Xavfni nazorat qilish loyihalari, uslublari, taomillari va dasturlarini ishlab chiqish.
  • Xavf-xatarni boshqarish vositalari va xavf-xatarni boshqarish dasturlari savollari bo’yicha ularni bajarish, boshqarish va maslahat berish.
  • Xavfsizlik bo’yicha mutaxassis lavozimining funksiyalari




    Download 7,87 Mb.
    bet62/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi7,87 Mb.
    #264582
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   201
    Bog'liq
    Αquv – uslubiy majmuaning tarkibi

    Xavfsizlik bo’yicha mutaxassis lavozimining funksiyalari
    Insonlarni, mol-mulk va atrof-muhitni himoya qilishga taalluqli asosiy sohalar:

    1. Xavfli sharoitlarni oldindan ko’rish, aniqlash va baholash, usublar.

    1. Quyidagilar uchun uslublarni rivojlantirish:
    a. tajriba, tarixiy ma’lumotlar va axborotning boshqa manbalari asosida xavf-xatarlarni tahmin qilish va identifikatsiyalash.
    b. mavjud yoki bo’lajak tizimlarda, asbob-uskunalarda, mahsulotlarda, dasturiy ta’minotda, inshootda, jarayonlarda, operatsiyalarda va taomillarda ularning kutilayotgan muddati paytida xavflarni aniqlash va tanib bilish.
    c. haqiqiy yoki yuzaga chiqishi mumkin bo’lgan xavflardan kelib chiqishi mumkin bo’lgan yo’qotish hodisalar va baxtsiz hodisalar ehtimoli va jiddiyligini baholash.
    2. Ushbu uslublarni qo’llash va tavakkalni tahlil qilish hamda natijalarni sharhlash.
    3. Zarur bo’lsa mutaxassislar yordamida barcha tizimlar, jarayonlar va operatsiyalarni vayron bo’lish rejimlari uchun ko’rib chiqish; butun tizim, jarayon yoki operatsiyaning; va istalgan kichik tizimlar yoki komponentlarning qiyudagilar tufayli sabablari va oqibatlari:
    a. tizim, kichik tizim yoki ularning tarkibiy qismlaridagi buzilishlar
    b. odamlarning xatolari.
    c. qarorlar, mulohazali yoki ma’muriy harakatlarning to’liq emasligi yoki noto’g’ri qabul qilinishi.
    d. taklif etilgan yoki mavjud ko’rsatmalar, direktivalar, maqsadlar yoki tajribadagi asossizlik.
    4. baxtsiz hodisa va hodisalrni yo’qotish hisobotlaridan va boshqa manbalardan jarohatlar, xastaliklar, moddiy zarar, atrof-muhitga yoki jamoatchilikka ta’sirlar borasidagi ma’lumotlarni ko’rib chiqish, tuzish va tahlil qilish, bular oxir-oqibatda quyidagilarga olib kelishi kerak:
    a. sabablar, yo’nalishlar va munosabatlarni aniqlash.
    b. tugallanganlik, aniqlik va qonuniylik kafolati yoki so’ralgan axborot.
    c. ma’lumotlarni to’plash uslublarining va tasniflash tizimlarining samaradorligini baholash.
    d. tergovni boshlash.
    5. Sog’liq va atrof-muhit uchun xavfsizlik bo’yicha qonunlar, kodekslar, ustavlar va standartlarga muvofiqlik to’g’risida maslahatlar va tavsiyalar taqdim etish.
    6. Xavfsizlik va sog’liqqa oid mavjud yoki yuzaga chiqishi mumkin muammolar tadqiqotini o’tkazish.
    7. Xavfsizlik va sog’liqqa oid shartlar yoki uslublarni aniqlashga yordam beradigan ko’zdan kechirishlar va baholashlarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash, shifokorlar, fiziklar, sanoat gigiyenachilari, yong’inga qarshi himoya muhandislari, muhandis-konstruktorlar va muhandis-texnologlar, ergonomistlar, tavakkallar bo’yicha menejerlar, atrof-munit bo’yicha mutaxassislar, psixologlar va boshqalar kabi mutaxassislarning xizmatlarni talab etadiganlarini ham qo’shgan holda.
    8. Fiziologik va psixologik imkoniyatlar (ishlab chiqarish unumdorligi), ishlash qobiliyati va insonlar limiti oshirib yuborilmaganligini kafolatlash uchun atrof-muhitni, vazifalarni va boshqa elementlarni baholash.

    1. Xavfni nazorat qilish loyihalari, uslublari, taomillari va dasturlarini ishlab chiqish.

    1. Ta’sirlar, baxtsiz hodisalar va yo’qotish hodisalarining oldini olish uchun quyidagilarni amalga oshirishga qaratilgan ishlanma yoki ma’muriy nazorat formulirovkasi va buyrug’i:

    a. ta’sirlar, baxtsiz hodisalar va yo’qotishlar xavfi va sabalarini bartaraf etish.
    b. xavflarni bartaraf etishning iloji bo’lmaganda yuzaga chiqishi mumkin bo’lgan ta’sirlar, baxtsiz hodisalar va yo’qotish hodisalaridan jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklar, hastaliklar, yo’qotishlar yoki atrof-muhitning ziyon ko’rish ehtimoli va jiddiyligini kamaytirish.
    2. Xavfsizlik ko’rsatkichlarini maqsadlarga, operatsiyalarga va tashkilotlarning ishlab chiqarish unumdorligiga va ilarni boshqarishga va tizimlarga, jarayonlarga va operatsiyalarga yoki ularning komponentlariga tatbiq etadigan uslublarni ishlab chiqish.
    3. Tashkilotlarning foydalanish siyosatiga, operatsiyalar blokiga, haridlarga va kontraktlar tuzishga tatbiq etish uchun xavfsizlik, sog’iq va atrof-muhit bo’yicha ko’rsatmalar, taomillar, kodekslar va standartlarni rivojlantirish.
    4. Alohida shaxslar va tashkilotlarda quyidagilar bilan mashg’ul shaxslar bilan maslahatlashishlar:
    a. Rejalashtirish, dizayn, rivojlantirish, shuningdek xavfni boshqarish vositalarini o’z ichiga oladigan tizimlar yoki dasturlarni o’rnatish yoinki joriy etish bilan mashg’ul shaxslar.
    b. Texnika xavfsizligi talablariga nisbatan va Tovar (mol) xavfsizligini maksimallashtiradigan (oshiradigan) xavfsizlik prinsiplarini qo’llash orqali rejalashtirish, dizayn, rivojlantirish, tayyorlash, test qilish, joylash, mahsulotlarni taqsimlash bilan mashg’ul shaxslar.
    5. Xodimlarning imkoniyatlari va cheklanishlari bilan ish ko’rgan holda xodimlar bo’yicha mutaxassislarga maslahat va yordam berish.
    6. Xavfni boshqarish vazifalari bilan bog’liq bo’lgan texnikaviy ishlanmalar, qonunlar, qarorlar, standartlar, kodekslar, mahsulotlar, uslublar va tajribalar bilan hamqadam yurmoq.

    1. Xavf-xatarni boshqarish vositalari va xavf-xatarni boshqarish dasturlari savollari bo’yicha ularni bajarish, boshqarish va maslahat berish.

      1. Baxtsiz hodisa, ta’sir o’tkazish, yo’qotishlar hodisasi va boshqa ma’lumotlarni tahlil qilish va sharhlashga asoslangan hamda xavf-xatarni boshqarish vositalari uchun haqiqiy va har tomonlama tavsiyalar haqida xabar beruvchi dokladlarni tayyorlash.

      2. Xavf-xatarni boshqarish vositalari va xavf-xatarni boshqarish qonunlari, taomillarni va dasturlarni xodimlarga tavsiya qilish uchun yozma va grafik materiallarni, taqdimotlar va boshqa ommaviy kommunikatsiya (aloqa yo’li) vositalarni qo’llash.

      3. Ta’limga oid va o’quv materiallari va kurslarni rejalashtirish va rivojlantirishda yo’nalish yoki yordam berish. Xavfni va nazoratni aniqlashni o’z ichiga olgan loyihalar, siyosat, ish tartibi va dasturlar bilan bog’liq kurslarni o’tkazish yoki yordam berish.

      4. Ular SMI, uyushma, jamoatchilik bilan muloqotda bo’lganlarida xavfsizlik bilan bog’liq bo’lgan xavf-xatar, xavfni boshqarish vositalari, nisbiy xavf-xatar va savollar haqida boshqalarga maslahat berish.

      5. Xavfsizlik bo’yicha mutaxassis lavozimining insoniylik majburiyatlari hisoblangan xavfni boshqarish vositalari va xavfni boshqarish dasturlarini boshqarish va amalga oshirish.


    Download 7,87 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   201




    Download 7,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xavfsizlik bo’yicha mutaxassis lavozimining funksiyalari

    Download 7,87 Mb.