|
Mehnat va sog’liqni muhofaza qilish harakatini bajaruvchi insonlarning vazifalari
|
bet | 59/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiMehnat va sog’liqni muhofaza qilish harakatini bajaruvchi insonlarning vazifalari
Mehnatni va sog’liqni muhofaza qilish faoliyatini bajaruvchi insonlarga berilgan lavozimlar ko’pgina nomlar bilan ataladi. Quyidagi ro’yhat lavozimlarning atigi bir nechtasi bilan tanishtiradi.
Sanoat gigiyenisti: asosan injeneriya, fizika, kimyo yoki biologiyani o’rgatishda bu inson tadqiqotlar va tajribalar orqali ta’sir etishning turli darajalari ostida kimyoviy moddalar va fizikaviy jismlarning sog’liqqa ta’sir etish ilmini egallagan.
Sanoat gigienisti ta’sir etish va ishlab chiqish darajasini topishni talab qiladigan analitik uslub hamda xavf-xatar nazoratida foydalanadigan boshqa uslublarni nazorat qilishga jalb etilgan.
Mavzudagi barcha ma’lumotlar Fundamentals of occupational safety and health / Mark A. Friend and James P.Kohn.—4th ed. 12 bobidan olingan.
Xavf- xatar menejeri: tashkilotda xavf- xatar menejeri yong’in, baxtsiz hodisa hamda tabiiy va sun’iy yo’qotishlarni kamaytirishni o’z ichiga oladigan sug’urta dasturlari va boshqa harakatlar uchun mas’uldir.
Xavfsizlik mutaxassisi xavfsizlik sohasida ixtisoslashtirilgan bilim va ko’nikmalar hamda bilim darajasidagi muvaffaqiyatlari asosida professional maqomga erishgan insondir.Ular yana Mutaxassislarning Kafolatlangan Xavfsizligi Komissiyasidan CSP maqomiga ham o’z mehnatlari bilan erishganlar.
Mehnatni muhofaza qilish muhandisi insonlar hamda mol-mulk uchun muqobil himoyaga erishishida bilimi, tajribasi litsenziyasi orqali o’zining bandlik vaqtining ko’pini yoki hammasini ilmiy prinsplar qo’llashga hamda ish joyini, atrof-muhitni modifikatsiyalash(o’zgartirish)ni nazorat qilishga bag’ishlagan insondir.
Xavfsizlik bo’yicha menejer korxonada xavfsizlik bo’yicha tashkilotni yuritish hamda uning faoliyatini qo’llab quvvatlanishiga mas’ul shaxsdir.Qoidaga ko’ra, xavfsizlik bo’yicha menejer xavfsizlik dasturini hamda unga tobe bo’lgan shaxslar: yong’in xavfsizligi koordinatori, sanoat gigiyenisti, xavfsizlik bo’yicha mutaxassis hamda xavfsizlik xizmati xodimlarini boshqaradi.
|
| |