|
Xavfsizlik kasbidagi shartlar va tushunchalar
|
bet | 57/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiXavfsizlik kasbidagi shartlar va tushunchalar
Xavfsizlik bo’yicha professionallar tashkilot manbalari va insonlar bilan shug’ullanadilar. Ularda ko’pincha sistematik ta’lim hamda xavfsizlik doirasida olingan tajriba natijasida olingan bilim va malaka bor. Mehnat muhofazasi bo’yicha ko’p mutaxassislar “Kafolatlangan xavfsizlik professionali” (SCP), “Kafolatlangan sanoat gigiyenisti’ (CIH) ni belgilash va boshqa mehnat va sog’liqni saqlash uchun majburiyatlarni muvaffaqiyatli yakunlangandan so’ng tasdiqlanadilar. Shu belgilarga yetishish uchun mehnatni muhofaza qilish mutaxassislari ushbu sohada ko’p yillik tajribaga ega bo’lishlari va har biri uchun belgilangan jiddiy ekspertiza jarayoniga tortilishlari zarur.
Mavzudagi barcha ma’lumotlar Fundamentals of occupational safety and health / Mark A. Friend and James P.Kohn.—4th ed. 12 bobidan olingan.
Mehnatni muhofaza qilish mutaxassislari yo’qotishlarni, loyihalashtirish, ta’lim olish, psixologiya, fiziologiya, sanoat gigiyenasi, tibbiyor fizikasi vaboshqarishni qo’shib hisobga olganda ko’p intizomlardan olingan, sistematik prinsiplarni qo’llagan holda oldini olib o’z maqsadlariga yetishadilar. Mehnatni muhofaza qilish mutaxassislari jarohat, kasallik yoki moddiy zararga olib kelishi mumkin bo’lgan, xavfsizliklarni oldini olish yoki uni boshqarish bilan mashg’ul bo’ladilar. Ular ko’pincha maqsadga yetish uchun, yo’qotishlarni oldini olish yoki yo’qotishlarni boshqarish deb ataluvchi usuldan foydalanilar.
Yo’qotishlarni oldini olish – baxtsiz hodisalar pulli ziyon yoki jarohatga olib kelishidan avval, baxtsiz hodisalarni oldini olish yoki tuzatish uchun, ishlab chiqilgan dasturni ta’riflab beradi.
Boshqa tarafdan, yo’qotishlarni boshqarish, noxush hodisada asoslangan pulli ziyonni minimallashtirish uchun ishlab chiqilgan dasturni ta’riflab beradi. Yo’qotishlarni oldini olish yoki yo’qotishlarni boshqarish farqi misoli yong’in xavfsizligi vauni oldini olish bilan bog’liq bo’lgan dasturning turli hatti –harakatlarida bilinadi.
Yong’in xavfsizligi dasturida xodimlar o’zlarining maydonini qarab chiqishga va yog’li mato va karton kabi yong’in materiallarini olib tashlashga o’rgatilishlari mumkin. Shu nazorat ishlari yo’qotishlarni oldini olishning misoli bo’lishi mumkin. Boshqa tomondan, yong’in xavfsizligi dasturi xodimning o’to’chirgichdan foydalanishni o’rgatishni qamrab olishi mumkin. Unda xodimlar o’t bilan kurashish mahoratiga ega bo’lardilar. Olov yonishi mumkn edi, biroq ta’limdan so’ng xodimlar uni o’chirishga va shu bilan birga yo’qotishni minimallshtirishlari mumkin. O’to’chirgichdan foydalanishni o’rgatish jarayoni yo’qotishni nazorat qilishning misoli bo’la oladi. Ish joyida xavfsizliklarni tan olish, baholash va boshqarishga harak qilayotgan xavfsizlik professionali uchun yo’qotishni oldini olish va nazorat qilish muhim. Xavfsizlik texnikasi xizmati yo’qotishni oldini olish va nazorat qilish bo’yicha tashkilot qo’ygan maqsadlarga erishish uchun kerak bo’lgan rejalashtirish, tashkillashtirish, harakatlarni olg’a siljish va boshqarish majburiyatlarini qamrab olgan. O’t ochirish misolini davom etib, mehnatni muhofaza qilish mutaxassisi shu xavfga murojaat etish uchun xavfsizlik texnikasi xizmati dasturini o’rnatishni istashi mumkin. Mehnatni muhofaza qilish mutaxassislari korxonalardagi mavjud bo’lgan muammolarni aniqlardilar. Shunda ular, maqsad va vazifalari bor yong’in tayyorgarligi dasturini tafsilotlarini o’rnatadilar (rejalashtrish). So’ng ular, grafik tayinlab, barcha harakatlarni kafolatlash uchun, dasturni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan murabbiy va materiallarni aniqlaydilar (tashkillashtirilganlar). Mehnatni muhofaza qilish mutaxassislari shunda barcha zarur bo’lgan resurslar mavjud, kerakligida, loyihaga jalb qilingan insonlar kuchlarini koordinatsiyalangan qila biladilar (olg’a siljish). Nihoyat professionallar loyihaning rivojlanishini nazorat qiladilar va baholaydilar (nazorat). Xavfsizlik funksiyasini boshqarishning yanada batafsil tadqiqoti keying 10 bobda taqdim etiladi.
|
| |