|
Standart mukofot = Mukofot qo’llanmasi X Tajriba modifikatsiyasi faktori
|
bet | 71/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiStandart mukofot = Mukofot qo’llanmasi X Tajriba modifikatsiyasi faktori
Retrospektiv reyting
Agar modul bahosi qo’llanma reytingiga nisbatan ahamiyatli darajada baland bo’lsa, kompaniya mukofotni retrospektiv reyting asosida to’lanishi haqida so’rashi mumkin. Xavfsizlik va sog’liqni saqlash dasturlari shiddat bilan yaxshilanayotgan kompaniyalar ba’zan bu reytingni so’rashadi. Sug’urtachi uning da’vosi uchun haqiqiy xarajatlari va bunga qo’shimcha tarzda ustiga qo’yiladigan xarajatlari uchun tegishli mablag’ni undirib oladi.
O’zini o’zi sug’urta qilish
Ish beruvchilar o’zini o’zi sug’urta qilishi mumkin, agar ular o’zlarining moliyaviy qobiliyatlarining qoniqarli dalili bo’lgan ishchilar kompensatsiyasini to’g’ridan to’g’ri to’lab va idoraga taqdim eta olsalar va agar ular ma’qul keladigan xavfsizlik, kompensatsiya yoki obligatsiyani kiritsalar. (Champa, 1982). O’zini o’zi sug’urta – bu sug’urtalash emas. Kompaniyalar shunchaki shikoyatlarni o’zlari to’laydilar.
Ish beruvchilar o’zlari foydalanadigan dasturlarga bog’liq bo’lmagan holda ishchilarning kompensatsiya sug’urtalarini qoplash uchun oxir-oqibat ustiga qo’yiladigan xarajatlarga qo’shimcha ravishda o’sha sug’urta qiymatini to’laydilar.
Ma’lumotlarni qayd etish
Muammoli vaziyat.
Jeymi Smit kompaniyaning ish yurgizish talablari bilan boshi qotgan. U OSHA uchun shakllarni va ishchilar uchun kompensatsiya haqidagi talablarning qo’shimcha shaklini saqlab qo’ygan. Muvofiqlikni ta’minlash bo’yicha mas’ul shaxs odatdagi nazorat uchun kelganida Jeymi Smit barcha shakllarni saqlash shart emasligini bilib, hayron bo’ldi. Shakllar oylar davomida, fevraldan aprelgacha joylashtirilishi kerakligini bilib, yana hayron bo’ldi. U avvallari formalarni joylashtirmagan edi, lekin endi u muvofiqlikni ta’minlash bo’yicha mas’ul shaxs tushuntirib (sharhlab) bergandan keyin ularni joylashtirishni mo’ljalladi.
Mavzudagi barcha ma’lumotlar Fundamentals of occupational safety and health / Mark A. Friend and James P.Kohn.—4th ed. 12 bobidan olingan.
Eng hayratlanarlisi shu bo’ldiki, 3 oydan so’ng kompaniya sudga chaqiruv qog’ozini oldi, chunki kompaniyaning tegishli amaldori formaga imzo chekmagan edi.
Kelib chiqishi
1970 yilda Mehnatni va Sog’liqni muhofaza qilish haqidagi qonun (OSHA)gacha mehnatni muhjfaza qilish va sog’liqni saqlash masalalarini nazorat qilish uchun hech qanday markazlashtirilgan va sistematik uslublar bo’lmagan. Ish vaqtidagi yaralar va kasalliklar bo’yicha statistic ma’lumotlar ba’zi shtatlar va ba’zi xususiy tashkilotlarda yig’ildi. Milliy ko’rsatkichlar sal kam ishonchli prognozlarga asoslangan edi. OSHA o’tishi bilan muntazam umummilliy taomillar uchun, muammo va ularning hal etilishini o’lchash uchun birinchi poydevor keldi.
Yaralar va kasalliklarning aniq hisobotini berish xavfsizlik va sog’liqni saqlash dasturlari uchun axborotlarni taqdim ejuda muhimdir. Yara va kasalliklarni qayd etish – bu (29 CFR 1904) qonunga muvofiq holdagi talabdir. OSHA 300, 300A va 301 shakllari haqida saqlangan axborotlar xavfsizlik bo’yicha mutaxassisning manfaati uchun ishlatilishi mumkin, shu maqsaddaki:
|
| |