|
Mavzudagi barcha ma’lumotlar
|
bet | 74/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiMavzudagi barcha ma’lumotlar Fundamentals of occupational safety and health / Mark A. Friend and James P.Kohn.—4th ed. 12 bobidan olingan.
Quyidagi bitta yoki undan ko’p holatlarga olib keladigan ish bilan bog’liq bo’lgan turli jarohat va kasalliklar ro’yhatdan o’tishi shart:
-O’lim
-Ishdan uzoqdagi kunlar
Tez yordam holatlari
Agar hodisa tez yordam bilan hal qilinsa, u ro’yhatga olinishi shart emas. Ro’yhatga olish maqsadida “tez yordam” faqatgina davo choralarini bildiradi (bu ro’yhatga kirmagan har qanday davolash ro’yhatni yuritish uchun tez yordam hisoblanmaydi):
- Ko’p miqdorda retseptsiz sotiladigan dorilarning qo’llanilishi
- qoqsholga qarshi emlashni o’tkazish
- teri ustidagi yara(jarohatlar)ni tozalash, yuvish, nam tortishini kuzatish
- bandajlar, leykoplastirlar, doka bog’ichlar va boshqalarning, yoki kapalak bandaj yoki steril taxta (tasma) lar kabi qoplamalarning qo’llanishi
- issiq yoki sovuq terapiya (davolash muolajasi) ning o’tkazilishi(qo’llanishi)
- mahkam qilib ushlab turadigan har qanday bo’lmagan vositalarning, masalan elastik bintlar, belni o’rab turadigan moslama(o’rov)lar, qattiq bo’lmagan orqa belbog’lar va boshqalar
- baxtsiz hodisa qurboni bo’lgan ishchini vaqtinchalik immobilizatsion qurilmalar yordamida tashish
- pufakdagi suyuqlikning quritish yoki bosimini pasaytirish uchun qo’l yoki oyoq tirnog’ini parmalash(olib tashlash)
- ko’z bog’ichlarining qo’llanishi
- ko’zga kirgan yot jismni olib tashlashda yuvish (sprinsivaniye) yoki paxta tampondan foydalanish
Mavzudagi barcha ma’lumotlar Fundamentals of occupational safety and health / Mark A. Friend and James P.Kohn.—4th ed. 12 bobidan olingan.
- ko’zdan tashqari boshqa organlardagi oskolka yoki yot jismni olib tashlashda yuvishdan, pinsetdan, paxta tampondan yoki boshqa oddiy vositalardan foydalanish
- barmoq himoyalovchilarini qo’llash
- massajlardan foydalanish
- issiqlik urishini yengillashtirish uchun ko’p suyuqlik ichish
Yozuvlarni kiritish maqsadida davolash shifokor yoki sog’liqni saqlashning litsenziyali boshqa mutaxassisining faqatgina ko’rib qo’yishi va tavfsiyalari uchun qabuliga kirishini o’z ichiga olmaydi. Shuningdek rentgen, qon tahlili kabi diagnastik muolajalar, faqatgina diagnostic maqsadlarda ishlatiladigan retsept bo’yicha beriladigan dorilar(masalan ko’z qorachig’ini kengaytiradigan ko’z tomchilari) han\mda tez yordam ro’yhatida bor har qanday davolash ro’yhatga kiritilmaydi.(www.OSHA.gov)
O’lim holatlari
Agar ish joyida baxtsiz hodisa yuz bersa va uning natijasida ishchining o’limi yoki 3ta va undan ko’p ishchi (xodim)ning kasalxonaga tushib qolishi kuzatilsa, barcha ish beruvchilar 8soat davomida baxtsiz hodisa haqida OSHAning eng yaqin offisiga batafsil ma’lumotlarni yetkazishlari kerak(29SFR 1904.8). Ish beruvchi shaxsan OSHAning viloyat ofisiga yoki shtat ofisiga telefon orqali hisobot berishi kerak. Jamoatchilik yo’lida (shosse) yoki quruvchilik zonasida avtomobil avariyasi sodir bo’lsa, xabar berish shart emas.
|
| |