• Tavakkalni qabul qilish
  • O’rtoq-hizmatkor qoidasi
  • Ishchi-hodimlarga badal to'lash to'g’risidagi oldingi qonunlar




    Download 7,87 Mb.
    bet66/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi7,87 Mb.
    #264582
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   201
    Bog'liq
    Αquv – uslubiy majmuaning tarkibi

    Ishchi-hodimlarga badal to'lash to'g’risidagi oldingi qonunlar.
    Ish joyida bahtsiz hodisalarning qurbonlariga badal to'lashga bo'lgan dastlabki intilishlar Hammurapi Kodeksi zamoniga borib taqaladi. Hozirgi zamonlarda esa ish beruvchilarni hodimlar ishda olgan jarohatlari uchun haq to'lashga majbur qilishga urinishlar qilingan. Zamonaviyi bunday harakatlar Prussiya davrigacha kuzatiladi, u yerda 1838 yilda temir yo'l ishchilariga, ular ishda olgan jarohatlar uchun zararlarni undirishga ruhsat beradigan qonun qabul qilingan. 1884 yilda Otto fon Bismark dastlabki ishchilarga badal to'lash to'g’risidagi barcha nemis ishchi-hodimlari uchun harakatdagi qonunni kuchga kiritdi. Viskonsin 1911 yilda Qo'shma Shtatlarida dastlabki muvaffaqiyatli ishchilarga badal to'lash to'g’risida qonun qabul qildi.
    Ishchi-hodimlarga badal to'lash haqidagi qonunlar, ish beruvchini ishchilarga jarohatlari va yo'qotgan vaqti uchun pul to'lashga majbur qilib, ish joyidagi bahtsiz hodisalarning qurbonlariga badal to'lash uchun ishlab chiqilgan. Ishchilarga badal “hatosiz” sug’urta deb hisoblanadi. Ariza berilganida ish beruvchi yoki ishchi tomonidan nosozlikka yo'l qo'yilmaydi. Bu qonunlar qabul qilinguncha ishchi faqat fuqaroviy huquq, umumiy huquq shakliga muvofiq yordam so'rab ish beruvchiga nisbatan da'vo berishi mumkin edi.
    Umumiy huquqqonun chiqaruvchi organlar tomonidan tayyorlanadigan va kuchga kiritiladigan statut huquqidan farqli ravishda o'tmishdagi sud qarorlariga asoslangan yozilmagan qonunlar to'plamini o'zida namoyon etadi. Umumiy huquqning dastlabki da'volarida ish beruvchilar quyidagi mudofaa qobiliyatidan juda muvaffaqiyatli foydalandilar:
    Tavakkalni qabul qilish. Hodimlar ish bilan bog’liq tavakkallarni o'z zimmasiga oladilar va shu tariqa jarohatlar uchun badal olishga har qanday huquqdan mahrum bo'ladilar.
    Ehtiyotsizlik. Hodimlar hay darajada aybdor bo'lishlaridan qat'i nazar, o'z jarohatlariga o'zlari sababchi bo'lgani bois, ularga badalni qaytarishga ruhsat berilmaydi.
    O’rtoq-hizmatkor qoidasi. Bahtsiz hodisa boshqa hodim yoki hodimlarning hatosi oqibatida yuz bergan bo'lsa, ish beruvchi aybdor hisoblanmaydi.
    Umumiy huquqning ushbu yuqoridagi uchta mudofaa qobiliyati ishchi-hodimlarga badal to'lash to'g’risidagi qonunlar har bir shtatda kuchga kirganidan keyin bekor bo'ldi. Ish beruvchilar bu qonun hujjatlarini qabul qildilar, chunki badal to'play olish uchun, hodimlar o'zlarining da'vo berish huquqidan voz kechishlari kerak edi. Hodimlar ham bu qonun hujjatlarini qabul qildilar, chunki u badal to'plash uchun ish beruvchiga nisbatan da'vo berish talabini bekor qildi. 1948 yilga kelib har bir shtat ishchi-hodimlarga badal to'lash to'g’risida qonun qabul qildi. O'sha qonunlar qabul qilinganida, ular “ishchilarga badal to'lash” haqidagi qonunlar deb atalar edi. Bugungi kunda ular “ishchi-hodimlarga badal to'lash” to’g’risidagi qonunlar deb ataladi.



    Download 7,87 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   201




    Download 7,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishchi-hodimlarga badal to'lash to'g’risidagi oldingi qonunlar

    Download 7,87 Mb.