Ўзбекистон республикаси олий ва




Download 1.46 Mb.
bet5/39
Sana29.07.2022
Hajmi1.46 Mb.
#25014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Elektr stansi
008 Деж шофер ОДП Ўзбек 2020.1 июль, Dadaizm - Vikipediya, MAVZU, 65, 1.ocr, 01-1-19-сонли хат, geomet 215, sertifikat med institut, 3 tomonlama shartnoma 2023, Robomaktab uz, Majmua nutq o\'stirish 2023-sirtqilar uchun, Ideal-rezyume-formulasi, Savod o\'rgatish darslarida dam olish daqiqalari tashkil etish. R-hozir.org (Автосохраненный), KIRISH
Qisqa tutashuv kuchlanishi Uk-shunday kuchlanishki, transformatorning chulg‘amlaridan biriga shu kuchlanish berilganda, boshqa chulg‘amiga qisqa tutashgan bo‘lsa, undan o‘tayotgan tok nominal miqdoriga teng bo‘ladi.
Qisqa tutashuv kuchlanishi transformator kuchlanishining pasayish kattaligini aniqlab, uning chulg‘amlaridagi to‘la qarshilikni xarakterlaydi.
Uch chulg‘amli transformatorda qisqa tutashuv kuchlanishi uning istalgan bir juft chulg‘ami uchun, uchinchi chulg‘ami uzib ko‘yilib aniqlanadi. Shunday qilib, uch chulg‘amli transformator Uk ning uchta qiymatiga ega bo‘ladi.
Hamma transformatorlar uchun kisqa tutashuv kuchlanishi nominal kuchlanishga nisbatan foiz hisobida ifodalanadi:
,
bunda ua-transformatorning aktiv qarshiligiga bog‘liq bo‘lgan qisqa tutashuv kuchlanishining aktiv tashkil etuvchisi; ur-transformatorning reaktiv (induktiv) qarshiligiga bog‘liq bo‘lgan qisqa tutashuv kuchlanishining reaktiv tashkil etuvchisi.
Chulg‘amlarning induktiv karshiligi aktiv qarshilikka qaraganda ancha katta (uncha katta bo‘lmagan transformatorlarda 2-3 marta, yiriklarida esa 15-20 marta) bo‘lganligi uchun uk asosan reaktiv qarshilikka, ya’ni chulg‘amlarning o‘zaro joylashishiga, ular orasidagi kanalning eniga, chulg‘amlarning balandligiga bog‘liq bo‘ladi.
Uk ning kattaligi transformatorlarning kuchlanishi va quvvati bo‘yicha standartda belgilab ko‘yiladi. Transformatorning yuqori kuchlanishi va quvvati qancha katta bo‘lsa, qisqa tutashuv kuchlanishi shuncha katta bo‘ladi. Chunonchi, yuqori kuchlanishi 10 kV bo‘lgan 630 kVA li transformator Uk=5,5% ga, yuqori kuchlanishi 35 kV bo‘lgani esa Uk=6,5% ga ega bo‘ladi; yuqori kuchlanishi 35 kV bo‘lgan 80000 kVA quvvatli transformator Uk<9% ga, yuqori kuchlanishi 110 kV bo‘lgani esa 10,5% ga ega bo‘ladi.
uk ning qiymatini oshirib, transformatorning ikkilamchi tomonidagi qisqa tutashuv tokini kamaytirish mumkin, biroq bunda normal rejimda iste’mol qilinayotgan reaktiv quvvat ancha ko‘payadi va transformatorlarning qiymati ortadi. Agar 110 kV 25 MVA li transformatorning uk=10% o‘rnita 20% li qilib yasalsa, u holda uning hisobiy harajatlari 16,7% ko‘payib iste’mol qiladigan reaktiv quvvati ikki marta (2,5 dan 5 MVAr ga) ortadi.
Salt yurish toki ic, po‘latdagi aktiv va reaktiv isroflarni xarakterlaydi va po‘latning magnit xossasiga, magnit o‘tkazgichning konstruksiyasi va uni yig‘ish sifatiga, hamda magnit induksiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Salt yurish tokinint kattaligi transformator nominal tokiga nisbatan foiz hisobida ifodalanadi. Sovuqlayin prokatlangan po‘latdan yasalgan hozirgi transformatorlardagi salt yurish toklarining qiymati katta bo‘lmaydi.
Salt ishlashdagi ΔRc va qisqa tutashishdagi ΔRk isroflar transformatorning tejamli ishlashini bildiradi. Salt ishlashdagi isroflar po‘latning qayta magnitlanishi hamda uyurma toklarni hosil bo‘lishidan kelib chiqadigan isroflar yig‘indisidan iborat. Ularni kamaytirish uchun kam uglerodli va maxsus qo‘shilmalar aralashtirilgan, sovuqlayin prokatlangan, qalinligi 0,35 mm li EZZOA markali, issiq bardosh qatlamli elektrotexnik po‘lat ishlatiladi.
Qisqa tutashuv isrofida chulg‘amlardan yuklama toki o‘tganda hosil bo‘ladigan isroflar, transformator chulg‘amlari va konstruksiyalaridan kelib chiqadigan qo‘shimcha isroflar kiradi. Sochilish magnit maydonlari chulg‘amning chekka o‘ramlari hamda transformator konstruksiyalari (bak devorlari, yarmo balkalari va hokazolar) da uyurma toklar hosil qilib, qo‘shimcha isroflarni keltirib chiqaradi. Ularni kamaytirish uchun chulg‘am ko‘p tomirli transponirlangan simdan tayyorlanib, bak devorlari esa magnit shuntlari bilan ekranlanadi (to‘siladi).
Transformator quvvati qancha kichik bo‘lca, undagi nisbiy isrof shuncha katta bo‘ladi.
Energotizim tarmoqlarida o‘rnatilgan kichik va o‘rtacha quvvatdagi transformatorlar soni ko‘p bo‘lganligi uchun, mamlakatimizdagi hamma transformatorni birga olganda, ko‘p miqdordagi elektr energiyasi isrof bo‘ladi.

Download 1.46 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Download 1.46 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон республикаси олий ва

Download 1.46 Mb.