Ўзбекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги тошкент фармацевтика институти «ижтимоий фанлар»




Download 492.48 Kb.
bet14/134
Sana02.03.2022
Hajmi492.48 Kb.
#7753
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   134
asosida baholash mezoni.
“Kasbiy ta’lim metodikasi”fani bo‘yicha reyting jadvallari, nazorat turi,
shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek
joriy va oraliq nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma'lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e'lon qilinadi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining
Davlat ta'lim standartlariga muvofiqligini ta'minlash uchun quyidagi
nazorat turlari o‘tkaziladi:

  • joriy nazorat (JN) – talabaning fan mavzulari bo‘yicha bilim va

amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat
fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg‘ulotlarda og‘zaki
so‘rov, test o‘tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini
tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o‘tkazilishi mumkin;

  • oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o‘quv dasturining tegishli

(fanlarning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta o‘tkaziladi va shakli (yozma, og‘zaki, test va hokazo) o‘quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;

  • yakuniy nazorat (YaN) – semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy

bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish
darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va
iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida o‘tkaziladi.
ON o‘tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o‘tkaziladi.
Oliy ta'lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan ichki nazorat va monitoring bo‘limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YaN ni o‘tkazish jarayoni muntazam ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YaN natijalari bekor qilinishi mumkin.
Bunday hollarda YaN qayta o‘tkaziladi.
Talabaning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat
qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish
darajasi ballar orqali ifodalanadi.
“Kasbiy ta’lim metodikasi”fani bo‘yicha talabalarning semestr davomidagi
o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.
Ya.N.-30 ball, qolgan 70 ball esa J.N( MI).-55+5 ball va O.N.-10 ball qilib
taqsimlanadi.
1.Talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baxolashdan maqsad ta’lim sifatini boshqarish orqali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga erishish, talabalarning fanlarni o‘zlashtirishida bo‘shliqlar hosil bo‘lishini oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etishdan iborat.
1.2. Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a) talabalarda Davlat ta’lim standartlariga muvofiq tegishli bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanganligi darajasini nazorat qilish va tahlil qilib borish;
b) talabalar bilimi, ko‘nikma va malakalarini baholashning asosiy tamoyillari:
Davlat ta’lim standartlariga asoslanganlik, aniqlik, xaqqoniylik, ishonchlilik va kulay shaklda baholashni ta’minlash;
v) fanlarning talabalar tomonidan tizimli tarzda va belgilangan muddatlarda o‘zlashtirishini tashkil etish va tahlil qilish;
g) talabalarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
d) talabalar bilimini xolis va adolatli baholash hamda uning natijalarini vaqtida ma’lum qilish;
e) o‘quv jarayoninng tashkilish ishlarini kompterlashtirishga sharoit yaratish..
1.3. Fanlar bo‘yicha talabalar bilimini semestrda baxolab borish reyting nazorati jadvallari va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
1.4. Talabalar bilimini 100 balli reyting tizimi orqali baholash fanlarni chuqur o‘zlashtirish, topshiriqlar va uy vazifalarga ijodiy yondashish, mustaqil fikrlash va ishlashni ko‘zda tutuvchi, umumiy o‘quv yuklamasini hisobga olish, o‘z bilimi va ko‘nikmalarini muntazam ravishda oshirishga intilish, hamda adabiyotlardan keng foydalanish kabi xususiyatlarni shakllantirishga erishiladi.
Talabalarning fanlar bo‘yicha o‘zlashtirishini baxolash semestr (o‘quv yili) davomida olib boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi:
-joriy baholash (JB)

  • mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtda talabalar mustaqil ishini baholash

  • oraliq baholash (OB)

  • yakuniy baholash (YaB)

Har bir fan bo‘yicha talabaning semestr (yil tsikl) davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.
Ushbu 100 ball baholash turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:



Baholash turi

Maksimal ball

1

Joriy baholash

55

2

Talabaning mustaqil ishi

5

3

Oraliq baholash

10

4

Yakuniy baholash

30




JAMI

100

Talabaning fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har-bir baholash turlarida to‘plagan ballar yig‘indisiga teng bo‘ladi.


JORIY BAHOLASh (JB)
JBda fanning har bir mavzusi bo‘yicha talabaning bilimi va ko‘nikmalarini aniqlab borish ko‘zda tutiladi va u amaliy, seminar mashg‘ulotlarida amalga oshiriladi. Baholashda talabaning bilim darajasi, amaliy mashg‘ulot materiallarini o‘zlashtirishi, nazariy material muhokamasida va ta’limning interaktiv uslublarida qatnashishning faollik darajasi, shuningdek amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasi (ya’ni nazariy va amaliy yondashuvlar) hisobga olinadi.
Har bir fan bo‘yicha o‘quv soatidan kelib chiqqan holda maksimal ball belgilanadi. Masalan, kasbiy ta'lim metodikasi fani misolida ko‘rsatamiz. Semestr davomida 14 ta dars rejalashtirilgan, unda 11 ta JB o‘tkaziladi. Maksimal ball 5x11=55 ballni tashkil qiladi.
JB har bir fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda og‘zaki, yozma ish, test yoki ularning kombinatsiyasi shaklida amalga oshiriladi.
Har bir mashg‘ulotda barcha talabalar baholanishi shart.
JB da maksimal ball - 55 ball



Baholash turi

Foizda %

Ballda

1

JB (saralash)

55

30,2

2

Qoniqarli

56-70

30,8-38,5

3

Yaxshi

71-85

39-46,7

4

A’lo

86-100

47,3-55

Talaba darsga kelib unga mutloq tayyorlanmaganida va muhokamada mutloq ishtirok etmaganida 1-2 ball qo‘yiladi.
Saralash bali 55 balni tashkil etadi.

TALABANING MUSTAQIL IShI (TMI)


Talabaning mustaqil ishi O’zR oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 21.02.2005 yil 34-sonli buyrug‘i va institut rektori tomonidan 2013 yil 27 fevralda tasdiqlangan “Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to‘g‘risida Nizom” asosida tashkil etiladi.
Talabaning mustaqil ishi kafedra arxivida ro‘yxatga olinadi va 1 yil mobaynida saqlanadi.
Ijtimoiy fanlar kafedrasi barcha fanlar uchun talaba mustaqil ishining kafedra nizomi ishlab chiqiladi. Bunda talaba mustaqil ishining shakl va turlari, har bir ish turiga soatlarni taqsimlash va aniq baholash mezonlari ishlab chiqiladi.
TMI maksimal ball 5 - ball



Baholash turi

Foizda %

Ballda

1

TMI

55

2,75

2

Qoniqarli

56-70

2,8-3,5

3

Yaxshi

71-85

3,5-4,2

4

A’lo

86-100

4,3-5

ORALIQ BAHOLASh


OB da fanning bir necha mavzularini qamrab olgan bo‘limi yoki qismi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tib bo‘lingandan so‘ng, talabaning nazariy bilimlari baholanadi va unda talabaning muayyan savolga javob berish yoki muammoni yechish qobiliyati aniqlanadi.
Semestr davomida 1 ta OB o‘tkaziladi. OBga o‘quv mashg‘ulotlaridan qarzi bo‘lmagan talabalar qo‘yiladi.
OB kafedra majlisi qarori bilan yozma ish, test, og‘zaki suxbat shakllarida yoki ularning kombinatsiyalarida o‘tkazilishi mumkin. OB bo‘yicha belgilangan maksimal reyting balining 55%dan kam ball to‘plagan talaba YaBga qo‘yilmaydi.
OBga maksimal ball – 10 ball





Baholash turi

Foizda %

Ballda

1

OB

55

8,6 -10

2

Qoniqarli

56-70

7,1-8,5

3

Yaxshi

71-85

5,5-7,0

4

A’lo

86-100

5,5

YAKUNIY BAHOLASh



YaB da talabaning bilim, ko‘nikma va malakalari fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. YaB fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tugaganidan so‘ng o‘tkaziladi.
JB, TMI va OB ga ajratilgan umumiy ballarning har biridan saralash balini to‘plagan talabaga YaB ga ishtirok etishga huquq beriladi.
YaB o‘tkazish shakli – test, og‘zaki, yozma ish yoki ushbu usullar kombinatsiyasida Ilmiy Kengash qarori bilan belgilanadi.
JB, OB va YaB turlarida fanni o‘zlashtira olmagan (55%dan kam ball to‘plagan) yoki uzrli sabablar bilan baholash turlarida ishtirok eta olmagan talabalarga quyidagi tartibda qayta baholashdan o‘tishga ruxsat beriladi:

  • qoldirilgan amaliy mashg‘ulot kelgusi darsga qadar guruh o‘qituvchisiga qayta topshirish va maslahat kunida topshiriladi. 3ta mashg‘ulotni qoldirgan talaba fakultet dekani ruxsati bilan qayta topshiradi.

  • semestr yakunida fan bo‘yicha saralash balidan kam ball to‘plagan talabaning o‘zlashtirishi qoniqarsiz (akademik qarzdor) hisoblanadi.

  • akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin dekan ruxsatnomasi asosida qayta o‘zlashtirish uchun 2 hafta muddat beriladi. Shu muddat davomida o‘zlashtira olmagan talaba belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi (birinchi kurs talabalariga o‘quv yili yakunlari bo‘yicha amalga oshirish maqsadga muvofiqdir).

YaBga maksimal ball – 30ball



Baholash turi

Foizda %

Ballda

1

YaB

55

16,5

2

Qoniqarli

56-70

21-16,5

3

Yaxshi

71-85

25,5-21,3

4

A’lo

86-100

30-25,8

RYEYTING NATIJALARINI QAYD QILISH TARTIBI


Fandan reyting nazorati bo‘yicha yakunlovchi qaydnoma varaqasi (vedomost) fan tugagan kundan 1 kun muddatda kafedrada 2 nusxada to‘ldiriladi va mas’ul xodim, kafedra mudiri tomonidan imzolanib, 1 nusxasi dekanatlarga topshiriladi.
Talabaning fan bo‘yicha baholash turlarida to‘plagan ballari reyting qaydnomasiga butun sonlar bilan qayd qilinadi. Reyting daftarchasining “O’quv rejasida ajratilgan soat” ustuniga fanga ajratilgan umumiy yuklama soatlari, “Fandan olgan baho” ustuniga esa, talabaning mazkur Nizomining 3.1. – bandiga muvofiq 100 ballik tizimdagi o‘zlashtirish bali qo‘yiladi.
Talabaning saralash balidan past bo‘lgan o‘zlashtirishi “Reyting daftarchasi”da qayd etilmaydi.
Dekanat va kafedralar tomonidan belgilangan tartibda fan bo‘yicha talabaning JB, OB hamda YaB turlarida ko‘rsatilgan o‘zlashtirish reyting ko‘rsatgichlarining monitoringi olib boriladi. O’zlashtirish natijalari kafedralar tomonidan reyting nazorati ekranida muntazam ravishda yoritib boriladi va belgilangan tartibda qaydnomalarga kiritiladi. Reyting nazorati ekranini tashkil etish va uni belgilangan muddatlarda to‘ldirish vazifasi kafedra mudiri va fakultet dekani zimmasiga yuklatiladi.
Talabaning reyting ko‘rsatgichlari oliy ta’lim muassasasining Ilmiy kengashida muntazam ravishda muhokama etib boriladi va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinadi.




Download 492.48 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   134




Download 492.48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги тошкент фармацевтика институти «ижтимоий фанлар»

Download 492.48 Kb.