O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMINING DOLZARB MUAMMOLARI




Download 378 Kb.
bet2/8
Sana09.04.2022
Hajmi378 Kb.
#19533
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi M

O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMINING DOLZARB MUAMMOLARI

Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash milliy dasturini bosqichma-bosqich va muvaffaqiyatli amalga oshirish ko'p jihatdan o ‘qituvchi faoliyati. uning kasbiy nufuzini oshirish bilan bog'liqdir. Shunday ekan, sog'lom va har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish uzluksiz ta’lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoyiligiga, uning yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash ishiga bo'lgan munosabatiga bog'liqdir. O‘qituvchi jamiyatning ijtimoiy topshirig‘ini bajaradi, har tom onlam a yetuk mutaxassislarni tayyorlashda o'qituvchi muayyan ijtimoiy-siyosiy, pedagogik va shaxsiy talablarga javob berishi lozim. Shunday ekan, o‘qituvchi mustaqillik g'oyasiga e’tiqodli, har tomonlama rivojlangan ilmiy tafakkurga ega, kasbiga tegishli ma’lumoti bor, ya’ni o‘z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-psixologik va uslubiy bilim hamda malakalarni egallagan bo'lishi hamda turli pedagogik vazifalarni tezda yechishi, vaziyatlarni sezishi, o'rganishi va baholay olishi kerak. U pedagogik ta’sir ko‘rsatishning eng maqbul usul va vositalarini tanlay olish qobiliyatiga ham ega bo'lishi lozim.


Mustaqil O'zbekistonning kelajagi bo’lgan avlodni tarbiyalash nozik, nihoyatda katta diqqat-e’tiborni talab qiladigan, ichki ziddiyatli jarayondir. Shunday ekan, o'qituvchi o'quvchi yoki talabaning shakllanish jarayonini zo'r havas va sinchkovlik bilan kuzatishi lozim. U pedagogik jarayon ni boshqararekan, pedagogik bilim va mahorat egasi bo'lishi lozim. Shundagina o'qituvchi pedagogik hodisalarning mohiyatini va dialektikasini, pedagogik mehnat metodi, kasb va texnologiyasini va professional pedagogikani tushunib yetadi. Pedagogik bilim va mahorat egasi bo'lgan o'qituvchi, awalo, pedagogika fanining metodologik asoslarini, shaxs rivojlanishining kutubxonasi qonuniyatlari va omillarini, kadrlar tayyorlash milliy dasturining mohiyati, maqsad va vazifalarini bilishi kerak. Ta'limtizimida mehnat qilayotgan pedagoglarning ko‘pchiligi ta'lim va tarbiya jarayonida pedagogik mahorat ning zaruriyati va ahamiyatini tobora chuqur anglab bormoqdalar. Shu sababli ular o ‘z mahoratlarini uzluksiz oshira borishga. hozirgi kunning yuksak talablariga mos zamonaviy bilim va tajribalami o‘zlashtirishga, ijodiy mehnat qilishga intilmoqdalar.
Ammo shuni ham e 'tiro f etishim iz kerakki, o ‘quv yurtlarida ayrim o'qituvchilar o‘z pedagogik mahoratlarini oshira borishning ahamiyatini yetarli darajada his qilmaydilar, “Ta’lim to‘g'risida”gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning talablarini chuqurroq o‘rganishga qiziqmaydilar, o‘quv jarayonining ilmiyligiga, zamon talablariga mosligiga, turmush va amaliyot bilan bog‘lanishiga yuzaki qaraydilar, o‘qitilayotgan o‘quv fanlarining ilmiy va g‘oyaviytarbiyaviy birligini doimo esda tutmaydilar. Bu esa ular qo‘lida ta’lim olayotgan o‘quvchi va talabalaming bilim darajasi va saviyasining yetarli bo‘lmasligiga, o‘quv dasturlarini o'zlashtirishdan orqada qolishlariga sabab bo‘lmoqda. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlarning birinchi va ikkinchi bosqichlari vazifalari m uvaffaqiyatli hal qilinib, uchinchi bosqichdagi o‘zgarishlar davom etmoqda. Bu bosqichda o'quv-tarbiya ishlarini butunlay yangi asosda tashkil qilish, yuqori sifat ko‘rsatkichiga erishish talab qilinadi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» yuksak umumiy madaniyatga va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to‘g‘ri yo‘l topa bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirish, shuningdek, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda puxta o'zlashtirgan. jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g‘oyani ilgari suradi.


Download 378 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 378 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘ZBEKISTON TA’LIM TIZIMINING DOLZARB MUAMMOLARI

Download 378 Kb.