• AMALIY QISM
  • «Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha» metodi
  • Uy hayvonlari
  • «Videotopishmoq» metodi
  • VIDEOTOPISHMOQ METODIDAN FOYDALANISHDA QUYIDAGI HARAKATLAR AMALGA OSHIRILADI
  • Navro‘z udumlari
  • Ўзбекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги тошкент тиббиёт академияси “информатика ва биофизика” кафедраси




    Download 378 Kb.
    bet3/8
    Sana09.04.2022
    Hajmi378 Kb.
    #19533
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    kurs ishi M

    ASOSIY QISM

    Bu tushuncha XX asrda paydo bo'ldi va 1940-1950 yillarda "ta’lim texnologiyasi” tarzida qo'llanilib, mazmunan o'quv jarayonida audio-vizual texnika vositalaridan foydalanishni anglatgan. Atama dastlab AQShda qo'llana boshladi. Keyinchalik “ta’lim texnologiyasi” o'rniga “dasturlashtirilgan ta’lim ” atamasidan foydalanish keng yoyildi. So'ngra pedagogik texnologiya- loyihalashtirilgan ta’lim va aniq maqsadga qaratilgan o'quv jarayonini ifoda eta boshladi. O'tgan asrning 80-yillarida pedagogik texnologiya kompyuterli va axborot texnologiyalari bilan sinonim tarzda ishlatila boshladi. Keyingi o'n yilliklarda pedagog olimlar va o'qituvchilar diqqatini jalb qilgan masalalardan biri pedagogik texnologiya (PT) hisoblanadi.


    Bu mavzuning ilmiy ishlarda, hisobotlarda, maxsus davriy nashrlarda qizg'in o'rganilayotganligi, bahs-munozaraga sababchi bo'layotganligi ham ta’lim-tarbiyada uning o'rni naqadar muhimligiga guvohlik beradi. Mavjud materiallarni jamlash, uning nazariy va amaliy jihatlarini O'zbekiston Respublikasining «Ta’lim to'g'risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida tahlil qilish, pirovard natijada, qator konseptual texnologiyaning empirik asosini yaratishga harakat qilish, shuningdek, uni ilmiy bilimlar doirasiga o'tkazish kabi ishlar ham jadal davom ettirilmoqda. Avvalo, nega bugunga kelib pedagogik texnologiyaga qiziqish shunchalik kuchaydi, degan savol tug'iladi.
    Aytish mumkmki , rivojlanayotgan davlatlarda, birinchi navbatda, pedagogik texnologiyaga ta’lim sohasidagi siyosatning bosh vazifasi sifatida qarab kelingan. Bunday yondashish YUNESKO tomonidan ham ma’qullandi va 1972-yilda «Ta’limni rivojlantirish masalalari» bo'yicha Xalqaro Komissiya tashkil topdi. Bu komissiya zamonaviy texnologiva-ta’limni moderniyatsiyalashda harakatlantiruvchi kuchdir, deb kutubxonasi.

    Muhimi shundaki, Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan milliy dastumi ro'yobga chiqarish bosqichlari har jihatdan ilmiy asoslab berildi va uning ikkinchi bosqichida «o‘quv-tarbiyaviy jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash» muhim vazifalardan biri sifatida belgilandi. Xo'sh pedagogik texnologiya nima? Uni amaliyotga qanday joriy qilish mumkin? Dastlab «Texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so‘z fanga 1872 yilda kirib keldi va grekcha ikki so zdan - «texnos» -hunar va «logos»-fan, so'zlaridan tashkil topib, «hunar fani» ma'nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to'liq tavsiflab bera olmaydi, texnologik jarayon deyilganda-mehnat qurollari bilan mehnat vositalariga ta'sir etish natijasida mahsulot yaratish bo'yicha qilingan mehnat va jarayonlar tushuniladi. Demak, bu ta’rifni istalgancha sharhlash mumkin, bunda: pedagogik texnologiya-bu o'qituvchi tomonidan o'qitish vositalari yordamida o‘quvchilarga ta’sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda muayyan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni, deb ta’riflasak xato bo'lmaydi.


    Qator yillardan beri, pedagogik texnologiyaga o‘quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelindi. Faqat 70-yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushuncha yangicha talqin etila boshlandi. Texnologiya deganda. subyekt tomonidan obyektga ko'rsatilgan ta ’sir natijasida subyektda sifat o'zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, obyektga yo'naltirilgan maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko'zda tutadi. Ushbu tushunchararni o'quv jarayoniga ko'chiradigan bo'lsak. o'qituvchi (pedagog)ning o'qitish vositalari yordamida o'quvchi talabalarga muayyan sharoitlarda ko'rsatgan tizimli ta’siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo'lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa, deb ta’riflash mumkin. Ta’riflar nazariyasi bo'yicha bunday ijtimoiy hoidisani pedagogik texnologiya, desa bo'ladi. Mustaqillikka erishgan O'zbekiston olimlari xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy-ma’rifiy aloqalar o'rnata boshladilar. Natijada yurtimizga ilg'or va samarali texnologiyalar kirib kela boshladi. Shular qatorida, jahondagi progressiv pedagogik kutubxonasi nologiya degan tushunchalar ham kirib, pedagogik jamoatchiligimiz fikrini chulg'ab oldi. Oxirgi yillarda, Rossiya bilan O‘zbekistonda pedagogik texnologiyani o'rganish yo'lida ancha ishlar qilindi. Shu jumladan, O'zbekiston olimlari bilan hamdo'stlik davlatlari o'rtasida ham pedagogik texpologiyalarning loyihalarini tuzish bo'yicha ancha ishlar qilindi.
    Pedagogik texnologiyani o'quv jarayoniga olib kirishning zarurligini bunday mamlakatlar ichida birinchilar qatorida har tom onlama ilmiy asoslab bergan rossiyalik olim V.P. Bespalkoning fikricha, «Pedagogik texnologiya-bu o'qituvchi mahoratiga bog'liq bo'lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o'quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir». Rossiyalik olimlaridan biri — V.M. Monaxov «Pedagogik texnologiya — awaldan rejalashtirilgan natijalarga olib boruvchi va bajarilishi shart bo'lgan tartibli amallar tizimidir»,-degan qisqacha ta’rifni bera turib, uning asosiy xususiyatlariga e'tiborni qaratadi.
    «Pedagogik texnologiya-o'quv jarayonini texnologiyalashtirib, uning qayta tiklanuvchanligini hamda pedagogik jarayon turg'unligini oshirib, bu jarayon ijrochisining subyektiv xususiyatlaridan uni ozod qiladi», - deydi u. M.V. Klarin fikricha, “ Pedagogik texnologiya-o'quv jarayoniga texnologik yondashgan holda, oldindan belgilab olingan ko'rsatkichlardan rnaqsad kelib chiqib, o'quv jarayonini loyihalashdir”. V.P. Bespalkoning o'zbekistonlik shogirdlaridan N. Sayidahmedov va M. Ochilovlarning fikricha, “ Pedagogik texnologiya — bu o'qituvchi(tarbiyachi)ning o'qitish (tarbiya) vositalari yordamida o'quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta'sir ko'rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir”. I.Ya. Lernerning fikriga ko'ra, “Pedagogik texnologiya-o'quvchilar harakatlarida aks etgan o'qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan va aniqlanadigan maqsadni ifodalaydi”. O'zbekistonlik metodist B.L.Farberman pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif beradi: “Pedagogik texnologiya-ta’lim jarayoniga yangicha yondashuv bo'lib, pedagogikada ijtimoiy-muhandislik ongi ifodasidir.
    U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va insonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga soladigan, uning optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog'liq ijtimoiy hodisadir. Kutubxonasi Polyak olimi Dj. Bruner « O’qitish texnologiyasi-bu o'qitishning maqbuligini ta’minlovchi ma’lurn yo‘l-yo‘riqlar tizimi bilan bog'liq bilimlar sohasi» ekanligini e’tirof etdi. Tizimli yondashish ta’siri ostida asta-sekinlik bilan pedagogik texnologiya mohiyatiga aniqlik kiritila borildi. Rus olimasi N.F. Talizina esa uning mohiyatini «belgilangan o'quv maqsadiga erishishuing oqilona usullarini aniqlashdan iborat», deb tushuntirdi.
    Yuqorida keltirilgan ta’riflardan ko'rinib turibdiki, o‘tgan yillarda PT-o‘quv jarayonini berilgan dastlabki ta ’lim maqsadi va mazmunidan kelib chiqib loyihalashdir, deya ifodalandi. Bu bir jihatdan to'g'ri, lekin teranroq fikr yuritilsa. uning bir yoqlamaligi yaqqol ko‘zga tashlanadi yoki bunday yondashishda o'quvchi shaxsining inkor etilishi seziladi. Bu kamchilikni birinchi bo'lib akademik V. Bespalko payqadi va o'z asarida «Pedagogik texnologiya — bu o'qituvchi mahoratiga bog'liq bo'lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o'quvchi shaxsini shakllantirish jarayonini ifodalash - loyihalashdir», deb ta ’rifladi. Pedagogik texnologiyaga berilgan ta’riflaming qiyosiy tavsiflari keyingi paragrafda batafsil keltirilgan. Shu o'rinda hamkasbimiz H. Abdukarimovning «Ma’rifat» gazetasida (1998 yil, 27 may) bosilgan «Zamonaviy pedagogik texnologiya nima?» maqolasini didaktik nuqtai nazardan baholashni kitobxonlar hukmiga havola etaylik-da, undagi bir-biriga zid va ilmiy asoslanmagan ikki ta’rifm keltirib o'taylik: 1. «Milliy dastur» — bu yangicha pedagogik texnologiyaning o'zi». 2.«Pedagogik texnologiyapedagogik mahorat to'g'risidagi fan». Bu boradagi ta'riflaming xilma-xilligi bir tomondan bu mavzuning u yoki bu jihati soxta yechilganligini ko'rsatsa, ikkinchi tomondan pedagogik texnologiyani ta’lim amaliyotiga joriy etishga bo'lgan urinishlarni ifodalaydi. Qator yillar davomida pedagogik texnologiya nazariyasi va amaliyoti bir-biriga bog'liq bo'lm agan holda o'rganib kelindi va u turli faoliyat doirasida edi. Bugungi kunda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga mamlakatimizda keng im koniyatlar tug'ildi.
    Nazariya va amaliyot birligining ta ’minlanayotganligini zamonaviy pedagogik texnologiyaning asl mohiyatini aniqlashga yo‘1 ochmoqda. Bizning fikrimizcha, yangi pedagogik texnologiyaga pedagogika fanining alohida tarmog'i sifatida qarash yoki faqat ta’lim amaliyot kutubxonasi tini maqbullashtirishga yo'naltirilgan tizim, deb qarash mumkin emas. Pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyat yo‘nalishlarini aniqlaydi. Bu erda izlanishning mohiyati - pedagogik tizimni tashkil etuvchi elementlarni o'rganish asosida modemizatsiya qilishdan iboratdir. Sababi, har qanday o'quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish u yoki bu pedagogik tizimni aks ettiradi. Demak, PT - anialiyotga joriy etish mumkin bo'lgan ma'lum pedagogik tizimning loyihasidir. Unda, pedagogik tizim mohiyati nimadan iborat? Pedagogik tizim o'zaro bog'liq bo'lgan vositalar, usullarva jarayonlar yig'indisi bo'lib, shaxsdagi muayyan sifatlarini shakllantirishga pedagogik ta’sir etishni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshiradi. Binobarin, har bir jamiyatda shaxsni shakllantirish maqsadi belgilab olinadi va unga mos ravishda pedagogik tizim mavjud bo'lishi kerak.
    Agar maqsad o'zgarsa tizim ham o ‘zgarishi shart. «Kadrlar tayryolash milliy dasturi» jamiyat, davlat va oila oldida o'z javobgarligini his etadigan har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashni asosiy maqsad qilib qo'ydi. Demak, milliy dastur bizda ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat buyurtmasi sifatida qabul qilinayapti. Faqat davlat buyurtmasigina ta’lim va tarbiyaning aniq maqsad va vazifalarini belgilab beradi yoki oliy ta’lim uchun pedagogik texnologiyaning mavjudlik shartlarini kafolatlaydi. Ta’lim turlari uchun umumiy bo'lgan pedagogik tizim loyihasini quyidagicha ifodalash mumkin: Ijtimoiy buyurtma . Olib borilgan tadqiqot ishlarining natijalari har qanday pedagogik tizim o'zaro bog'liq bo'lgan quyidagi invariativ elementlardan tashkil topishini ko‘rsatib berdi:
    1. Talabalar. 2. Ta'lim va tarbiyaning maqsadi. 3. Ta'lim va tarbiyaning mazmuni. 4. Ta’lim jarayoni yoki didaktik jarayon. 5. Pedagog yoki o‘qitishning texnikaviy vositalari. 6. Ta’lim va tarbiyaning tashkiliy shakllari.
    Yuqorida keltirilgan pedagogik tizim har qanday ilmiy nazariyaga xos bo‘lgani kabi quyidagi ikki tushunchani qamrab oladi: didaktik masalalar va ularni hal etish texnologiyasi.
    Didaktik masalalar pedagogik tizim doirasida inson faoliyatining har qanday sohasi kabi aniq maqsad va unga erishish uchun shart-sharoitlar hamda bu faoliyat uchun axborotlar bo'lishi lozimligini taqozo etadi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, pedagog-metodistlar hozirga qadar didaktik masalalarni aniq ifodalashga va unga mos keladigan o'qitish texnologiyasini ishlab chiqishga e’tibor berishgan. Shu nuqtai nazardan. milliy dastur ijtimoiy buyurtma sifatida yangi pedagogik texnologiyaga «yangi» so'zining qo'shib ishlatilishi nazariyachi olimlarimiz va o'qituvchilarni bir qadar o'ylantirib qo'ydi, endilikda ta ’lim-tarbiya jarayonini loyihalashga eskicha yondashish mumkin emasligini ko'pchilik anglab yetmoqda. Shunday ekan, pedagogik texnologiyani qanday yangilash mumkin? E’tiborni yuqorida berilgan pedagogik texnologiyaning tuzilishiga qarataylik.
    Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o'z ta’sirini ko'rsatadi va ta ’lim-tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. Maqsad esa pedagogik texnologiyaning bosh bo'g'ini hisoblanib, u pedagogik tizimning qolgan elementlarini, o'z navbatida, yangilash zaruratini keltirib chiqaradi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta’lim-tarbiyaning maqsadini yangi yo'nalishga burdi, ya'ni ta'lim tizimini o'tm ishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to'la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va ahloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashni ustuvor vazifa. deb belgiladi. Demak, ta ’lim-tarbiya maqsadi yangilandi, unga mos holda mazmunning yangilanishi tabiiydir. Ta’lim mazmuni davlat ta’lim standartlari(DTS), o'quv dasturlari, darslik va o'quv qo'llanmalarida o'z ifodasini topadi. Shu kutubxonasi munosabat bilan olimlarimizga fan sohalari bo'yicha ta’lim mazmunini ishlab chiqish kabi sharafli va mas’uliyatli vazifa yuklatildi. Shunday qilib, pedagogik texnologiyada didaktik masalalarning o ‘z yechimlarini topishi-milliy dasturni ro'yobga chiqarishning muhim bosqichidir.
    Agar pedagog qo'lida bilimga chanqoq talabalar, fan maqsadiga mos mazmundagi dastur, darslik va qo'llanmalar mavjud bo'lsa, u didaktik jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bilish faoliyatining tashkiliy shakllaridan samaraii foydalanib yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga izchil va ketma-ket joriy etishi mumkin. Shu boisdan, o'qituvchi mahoratiga ko'p narsa bog'liqligi, uning pedagogik tizimda tutgan o'rni haqida batafsil to ‘xtalish zarurati tug'iladi. 1. O'qituvchi davlat buyurtmasiga mos keladigan ta'lim-tarbiya maqsadini aniq va ravshan belgilashi kerakki, natijada, ma’lum vaqt ichida unga erishishni ta’minlaydigan didaktik jarayonni tuzish va joriy etish to'g'risida xulosa qilish mumkin bo'lsin. 2. O'qituvchi pedagogik tizimda belgilangan maqsadga to'g'ri keladigan o'quv-tarbiyaviy jarayon mazmunini o'quv dasturi bo'yicha chuqur egallashi, muntazam ravishda o'z pedagogik mahoratini ilmiy-texnikaviy taraqqiyot talablariga mos holda mustaqil ravishda kengaytirib borishi zarur. 3. O'qituvchi pedagogik tizimning tarkibiy elementi sifatida didaktik jarayonni amalga oshirish bilan tanish bo'lishi kerak: bu-birinchidan, jadallashtirish va tabiatan monandliktalabidir. Jadallashtirish didaktik masalalarni m a’lum vaqt doirasida birmuncha tez va yuqori saviyada hal eta oladigan didaktik jarayonni qo'llashni talab etadi. Ta'lim va tarbiyaga bu talabni aniqlab beruvchi omil — talaba (o'quvchi) larning ma’lum faoliyatni o'zlashtirish tezligi hisoblanadi. Ikkinchidan, o'quv-tarbiyaviy jarayonni shunday tashkil etish lozimki, bunda mumkin qadar talabalarning keng doirada tajriba egallashiga imkon tug'diradigan va ularning aqliy malakasini rivojlantira oladigan mexanizm vujudga kelsin. Bu talabni aniqlab beruvchi omillar: talabalarning o'qishga bo'lgan xohishi. o'quv mehnatiga munosabati va sog'lom psixo-fiziologik faoliyati kabilardir. 4. O'qituvchi didaktik jarayonni amalga oshirishda o'qitishning samaraii shakllaridan foydalana olishi kerak. O'qitishning tashkiliy shakllari to'g'ri tanlanishi pedagogik tizim elementlarining ma’lum qonuniyat asosida bir-birlari bilan bog'liq ekanligini bildiradi. Bu www.ziyouz.com kutubxonasi bog'lanishlardan foydalanish va eng maqbul bo‘lgan tashkiliy shakllar topish-ta'limda rasmiyatchilikni yo'qotishga yo‘l ochadi. 5. 0 ‘qituvchi pedagogik tizimning ishtirokchisi bo'lgan talabaning ta’lim mazmuni va tarbiya ta’sirini qay darajada egallayotganligini eng maqbul usullar yordamida doimo nazorat qilib borishi lozim. Bu to'g'rida olingan axborotlar esa pedagogik tizimni maqsadga muvofiq tarzda boshqarish imkoniyatini beradi yoki tizimdagi qaysi elementning mazmuniga tuzatish kiritish kerak ekanligini aniqlaydi. Shunday qilib, pedagogikaga xos bo'lgan texnologik jarayonni amaliyotga tatbiq qilish bilan bog'liq pedagog mahoratining ba’zi qirralarito'g'risida to'xtaldik. PT ning ilmiy xarakterga ega ekanligiga e ’tibomi qaratgan holda, uning amaliy yo'nalishga xosligini, uni aniq masalalami hal qilishda qo'llash mumkinhgini e'tirof etish kerak.
    Demak, nazariyani o'quv amaliyoti bilan bog'lash zaruratini anglash zamonaviy pedagogik texnologiyalaming tuzilmasini aniqlab beradigan bir qator holatlarni belgilashga imkon beradi: 1. Zamonaviylik ta’lim amaliyotiga ilmiy asoslangan va tajribasinovda tekshirilgan didaktikaga oid yangiliklar. tartib-qoidalami joriy etishning majburiyligini taqozo etadi. 2. O'quv jarayonini maqbullashtirish-kechiktirib bo'lmaydigan masaladir. 3. llmiylik ta'limda yangi vositalar, faol metodlar, didaktik materiallami, tashkiliy masalalarning yangi yechimlarini qo'llashni taqozo etadi. 4. Talaba va o'qituvchining dasturli faoliyati o'quv jarayonidan jamiki ortiqcha harakatlarini yo'qotishga, yuqori hamjihatlikni ta’minlashga va kerakli natijalami qo'lga kiritishga intilishni ta’minlaydi. 5.
    Ta’limni faollashtiruvchi axborot texnologiyasi va texnik vositalardan foydalanish samarasini belgilaydigan didaktik materiallardan keng foydalanish-zamonaviy PT ning eng asosiy belgilaridan biridir. 6. O'quv jarayoni uchun moddiy-texnika bazasining maqsadga muvofiqligi — PT ning navbatdagi belgisidir. 7. O'quv-tarbiyaviy jarayon natijalarini sifatli baholash — PT ning o'z oldiga qo'ygan natijaviy maqsadidir. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan fikrlar tahlili asosida quyidagicha xulosa qilish mumkin. Zamonaviy pedagogik texnologiya o'zining pedagogika va boshqa fan yutuqlari bilan bog'liq xususiy nazariyasiga ega; u birinchi galda o'quv-tarbiyaviy jarayonini ilmiy asosda qurishga yo'naltirilgan, o'qitishning axborotli vositalaridan va didaktik materiallardan, faol metodlardan keng foydalanishga asoslangan o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga zamin yaratadi. Ta’lim ijtimoiy tizimning bir qismi bo'lib. u o'z rivojlanishida jamiyat taraqqiyotining yo'nalishlariga bog'liq ravishda ro'y berayotgan aksariyat o'zgarishlarga muvofiq o'zgara boradi. Ana shu doirada innovatsiyalar ta'lim oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga osliirishning asosiy shartlaridan hisoblanadj/ Pedagogik nazariya va amaliyotning tahlili shuni ko'rsatadiki, ta ’lim sohasiga umumjahon ahamiyatiga molik bo'lgan quyidagi asosiy yangiliklar xosdir: - moliyalashtirish va boshqarish sohalaridagi o'zgarishlar; - ta'lim tizimi tuzilishidagi muntazam o'zgarishlar; - ta'lim texnologiyasida ro'y beradigan doimiy o'zgarishlar va h.k. Shunday qilib, yangi texnik vositalar va yangi texnologiyalarta ’limga yangi tartib-qoidalami kiritish uchun eng muhim komponentlardan biridir. Biroq ularni qanday qilib tatbiq etish va amalda foydalanishni bilib olish, aslida, hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Buning uchun maxsus tayyorgarlik, katta kuch va ko'p vaqt sarflash lozim, ya’ni ta ’limda innovatsion jarayonlarning tatbiq qilinishi bilan o'qituvchining roli pasaymaydi, balki o'quv-tarbiya jarayonining yuksak bosqichlarida yana ham ortadi. Bu esa pedagogdan o'z ilmini yangidan va tanqidiy tahlil etishni talab etadi. Chunki yangi tartib-qoidalardan foydalandimi yoki axborot manbai sifatida qohb ketadimi, bu narsa ayni o'qituvchiga bog'liq.
    O'qituvchi o'quv texnologiyasining bevosita tartib-qoidalariga jiddiy tayyorlangan, yo'lyo'riq olgan, moslangan, ruhlangan bo'lishi lozim. Pedagogning ijodiy potensiali uning o'z ijodkorlik sifatlarini shakllantirishga intilishida, pedagogik odobining namoyon bo'lishida, qobiliyati va kasbiy malakasini takomillashtirishida, kutilmagan vaziyatlarda topqirlik qila olishida, o'quvchi-talabalami komillik sari mohirlik bilan etaklay olishida ko'rinadi. Pedagogik jarayonda o'zining yangi g'oyalami ishlab chiqish qobiliyatini doimo rivojlantiradigan va takomillashtiradigan o'qituvchi iqtidorli hisoblanadi. Pedagogik ijodiyot-o'z mohiyatiga ko'ra odamning yangi bilimlarni hosil qilish va takomillashtirish bo'yicha ijodiy ishining kasbiy, maxsus ifodasidir. Pedagogik izlanish o'qitishda doimo m a’lum yo'nalishdagi subyektga nisbatan aniqlashtirilgan bo'ladi. Pedagogik izlanish natijasida yangilikning asosiy namoyon bo'lish shakllari kundalik o'quv-tarbiyaviy muammolarning nostandart yechimlari, pedagogik ta’sir usullarining metodik va nazariy jihatdan mukammal ishlab chiqilishi, ixtiro etilishi va takomillashuvi hamda ulardan samaraii foydalanishda ko'rinadi. Yangi ta'lim tizimi mazmuniga o ‘tmishning qimmatbaho ma’- naviy qadriyatlarini kiritish va unutilayozgan yoki taqiqlangan ba’zi birlarini qayta tiklashdan maqsad o'tmish oldida egilish emas, balki unga tayanib, ijodiy foydalangan holda rivojlanishning yangi pog‘onasiga chiqish demakdir.
    Bugun biz yangi ko‘rinishdagi ta ’lim tizimini ishlab chiqishda Turkiston sivilizatsiyasining eng ko‘p gullab-yashnagan davridagi, ya’ni VII-XTI asrlardagi mehnat va kasb ta'lim tajribalariga tayanmog'imiz lozim. O'sha davr madaniyati va fanining asosini ta ’lim tashkil etgan, rivojlanishning eng yuqori cho‘qqilariga erishish yo'lida faylasuf va pedagoglaming aniq va konseptual g‘oyalari shakllangan edi. Hozirgi zamon atamasi bilan aytganda, ta’lim va tarbiya, ilm — bu uzluksiz ravishda ma’naviy, jismoniy va aqliy salohiyatini rivojlantirish jarayonidir. 0 ‘sha davr faylasuflari insonning m a’naviy, jismoniy va aqliy xususiyatlarini yakka mujassamlikda, deb belgilashgan. Bunday falsafiy pedagogik konsepsiya ta’lim jarayonini shaxsning ma’naviy-axloqiy xususiyatlarini boshlab beruvchi omil deb, e’tirof etadi.
    Bu konsepsiyalarning mazmuni faqatgina faylasuflar ishlarida emas, balki mehnat va ijodning turli vakillari asarlaiida ham o‘z aksini topgan edi. Masalan, risola - bu hunarmandlar va ularning o‘quvchilari uchun mo'ljallangan qo'llanma bo'lib, unda urf-odat, rasm-rusum, turli udumlar majmuasi aks ettiriladi. Risolalar kichik hajmdagi kitobcha shaklida bolib, ularning mazmuni ushbu soha hunarmandchiligi bo'yicha mashg‘ulotlar va ba’zi bir pandu nasihatlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, deyarli barcha risolalar bir xil qolipdatuzilgan bo‘lib, odatda, kitobchaning boshlaridabutun olam egasi bo'lgan Alloh, payg‘ambarlar va uning barcha choriyorlarini ko‘klarga ko'tarib maqtash, so‘ng ushbu hunarmandchilikning Alloh ne’mati ekanligi, keyin esa hunarmand ishi boshlanadi kutubxonasi har bir xatti-harakati yoki lozim bo'lgan Qur'on oyatlari yoki jarayondan oldin aytish lozim bo'lgan Qur'on oyatlari yoki boshqa duolar. usta-hunarmandlarning ma'naviy - axloqiy sifatlari yoritiladi. Risolalarni tadqiq etish natijasida ularning o'rta asr hunarmandligida o'ziga xos pedagogik qo'llanma sifatida xizmat qilganligiga, risolalarda zamonaviy til bilan aytganda, hunarmand kasbiy faoliyatning mazmunini aks etganligiga guvoh bo'lamiz. O'zbekiston mustaqillikka erishgan davrda milliy mafkurani shakllantirish. yoshlami milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash eng muhim vazifalardan bo'lib qolmoqda. Chunki davlatning asosini ma'naviyat tashkil etadi, ma’naviyatiga e'tibor bermagan davlat ning kelajagi ham boimaydi.
    Milliy pedagogika tajribalariga murojaat qilish esa bunday maqsadlarga erishishning asosiy omillaridan biridir. Yoshlami mustaqil bilim olishga o'rgatish-bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridan biridir. Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, bugungi kunda yoshlami ma’naviy-intellektual rag'batlantirishning ahamiyati kattadir. Ma'naviy intellektual sifatlami zamonaviy usullarda aniqlash tarbiyaviy jarayonga samaraii o'zgarishlar kiritadi. O'quvchi yoshlarning, talabalarning ma’naviy-intellektual shakllanish sifatlaridagi yutuq va kamchiliklami odilona baholash tizimi tarbiya mazmuni, usullari va uning tashkiliy shakllarini yaxshilashga doir tuzatishlar kiritishi lozim. O'quvchi va talabalarning bilimini, aqliy holatlarini nazorat qilish va baholash davlat miqyosidagi m uhim ahamiyatga ega ishdir. Shu bilan birga, nazorat va baholash jarayoni o'quvchi bilimining boyishiga, ular shaxsining rivojlanishiga hamda tarbiyasiga ta’sir ko'rsatadi.
    Pedagogika fani bilimlarni o'z vaqtida nazorat qilish va baholashning 3 vazifasi borligini alohida uqtiradi: 1. O'zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga qarab davlat ta'lim standartlarining qanday bajarilayotganligi to'g'risida xulosa chiqariladi va galdagi vazifalar belgilanadi. 2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o'quvchi-talabalarda bilimlar yanada kengayadi. 3. Ta’lim sohasidagi yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ularda ko'tarinki ruh, o'z kuchiga bo'lgan ishonch va qiziqishlar paydo bo'ladi.
    Jahonning ilg‘or tajribalari va ko'plab pedagoglar mehnatining natijasi o'laroq, reyting uslubi bugungi kunning eng maqbul nazorat mezoni deb qabul qilindi. Reyting deganda-baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta hodisani oldindan belgilangan ko'rsatkich bo'yicha baholash tushuniladi. Reyting nazoratida test usuli ham samaraii qo'llaniladi. Test deganda aniq vazifaning takomillashganlik darajasini aniqlash hamda sifat va miqdoriy o'lchamlarda belgilash imkonini beradigan, faollikning biron shaklini paydo qiluvchi va biron aniq topshiriq shaklidagi sinov quroli tushuniladi. Testning afzalligini quyidagicha belgilash mumkin: - nazorat uchun kam vaqt sarflanadi; - nazorat va amaliy bilimlar darajasini obyektiv sharoitda aniqlash imkonini beradi; - ko‘p sonli talabalar bilan bir vaqtning o'zida nazorat olib borish mumkin; - bilim natijalari o'qituvchi tomonidan tezkorlik bilan tekshiriladi va h.k. Reyting nazorat tizimining asosi sifatida o'quv rejasiga kiritilgan.
    Har bir fan bo'yicha talaba o'zlashtirishining sifat ko'rsatkichlari ballar bilan ifodalanadi. Har bir semestrdagi fanlardan to'plangan ballar yig'indisi tarzida talabaning o'zlashtirishini baholash jarayoni chorak va semestr davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi nazorat turlari shaklida tashkil etiladi: - joriy nazorat; - oraliq nazorat; - yakuniy nazorat. Joriy nazorat - bu o'rganiladigan mavzulaming o'quvchi, talabalar tomonidan qanday o'zlashtirayotganini dars jarayonida m untazam ravishda nazorat qilishdan iborat. Bu nazorat o'qituvchi tomonidan qanday o'zlashtirganini muntazam ravishda dars jarayonida nazorat qilishdan iborat. Bu nazorat o'qituvchi tomonidan o'tkazilib, talabaning bilim darajasini shu fanning har bir mavzusi bo'yicha aniqlab borishni ko'zda tutadi. Oraliq nazorat - bu mazkur fan bo'yicha o'tilgan bir necha mavzularni o'z ichiga oladi va shu qism bo'yicha talabaning bilimini kutubxonasi aniqlashga xizmat qiladi. Oraliq nazorat darsdan tashqari vaqtda o'tkaziladi va talabalarga o'zlashtirish ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini beradi. Yakuniy nazorat - bu nazorat semestr uchun belgilangan mavzular to iiq o'qitib bo‘lingach o'tilgan mavzular bo‘yicha yozma yoki og‘zaki usullarda, shuningdek, test sinovlari shaklida o'tkaziladi.
    Talabaning fan bo'yicha semestrdagi reyting bahosi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarda to ‘plangan ballari bo'yicha aniqlanadi. O'quv, pedagogik, ishlab chiqarish vadiplom oldi amaliyotlari davrida olingan bilimlar ham reyting ballari bilan baholanadi. Mustaqil O'zbekiston bugungi kunga kelib jahonga o'z nomini tanitdi. Iqtisodiy - siyosiy jihatdan yuksaldi. Shu bilan birga, O'zbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin olishi uchun bugungi kunda kelajak ruhiga mos bo'lgan zamonaviy kadrlaiga ham ehtiyoj sezila boshladi. Mustaqil davlat o'zining muhim tarixiy hujjatlariga ham ega bo'ldi va ular orasida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» alohida o'rin tutadi. Dasturda e’tirof etilgan kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarida shu narsa alohida belgilandiki, ta’lim tizimining yaxlit axborot makonini vujudga keltirish-ta’lim-tarbiya dasturlarining intellektuallashuvini ta’minlaydi.
    Pedagogik texnologiyaning }aydo bo'lishi, rivojlanishi va npmg ta’riflari . Respublikamiz hukumati tomonidan ta’limni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor sohasi deb e’lon qilinishi, ijtimoiy hayotning barcha sohalarining demokratlashuvi va insonparvarlashuvi hamda “Ta’lim to'g'risida”gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»nhig qabul qilinishi ta’lim tizimining rivojlanishiga asos bo'ldi va ta ’lim tizimida tub islohotlar uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Ijtimoiy voqelik ta ’limni boshqarish muammolarini ко'rib chiqish va hal qilishni mustaqil yo'nalish sifatida ajratib olish, ta’limtarbiya jarayonini boshqarishning asoslangan usul, vositalarini ishlab chiqish va joriy qilish zaruratini belgilab berdi.
    Uning o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish o'rtasidagi tashkiliy-boshqaruv, axborot aloqalari; ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik shaxsni shakllantirishdagi yaxlit jarayonning tarkibiy qismlari sifatidagi ahamiyatini oshirdi. Bugungi kunda erkin va mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ravishda va faol ishtirok etishga qodir yosh avlodni shakllantirish- «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning asosiy ustuvor yo'nalishidir.
    Bu esa mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga demokratik asoslarni joriy etish, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishni tezlashtirish imkonini beradi. Dastur ta ’lim muassasalari mustaqilligini kengaytirish orqali ta’lim boshqaruvini demokratlashtirishni o ‘z ichiga oladi. \ O'qish, o'qitish — inson faoliyatining boshqa sohalari singari ijtimoiy foydali faoliyatdir. Iqtisodiy tizimlar nima ishlab chiqarayotgani bilangina emas, balki qanday ishlab chiqarayotgani va qanaqa mehnat qurollari yordamida ishlab chiqarayotganligi bilan biri ikkinchisidan farq qiladi, degan g‘oya o‘qish-o‘qitish faoliyatiga ham taalluqlidir.
    Pedagogika fanida ta’lim usullari rivojlanishiga shu nuqtai nazardan qarab, uni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: 1. Muallini «o‘z qo'l kuchi» bilan o‘qitish bosqichi, ya’ni o'quvchi uchun axborot manbai — o'qituvchining o'zi bo'ladigan jarayon. 2. O'quv kitoblari, darsliklar yaratilgan va keng qo'llanilgan bosqich. 3. Audiovizual vositalar qo'llanilgan bosqich. 4. O'qitishni boshqarishda oddiy avtomatlashtirish vositalarini qo'llash bosqichi. 5. O'qitishni zamonaviy АКТ lari vositasida boshqarishning avtomatlashtirilgan bosqichi. Insoniyatning rivojlanish davrlari almashganda pedagogik texnologiyalar butunlay yo‘q bo'lib ketmaydi, balki pedagogik texnologiyalar keyingi davrlarga assotsiatsiya orqali fikran bog'lanadi, yangi sifatlar, xususiyatlarga ega bo'lib, kuchayadi va boyiydi. Ushbu jarayon borgan sari tezlashib boradi. Kishilik tarixida 1-bosqich uzoq muddat davom etgan. Unda o'qituvchi o'z kuchiga, o'z bilim va mahoratiga asoslanib ish bajargan. Keyinchalik dunyoviy va diniy mazmundagi qo'lyozma kitoblar yaratildi, lekin o'quvchi ularning mazmunini o'qituvchi faoliyati vositasida o'zlashtiradi. Kutubxonasi 2-bosqich, ya’ni qog'oz va o'quv kitoblari davri hali nihoyasiga yetkazilgani yo‘q, darsliklar yaratish va ulardan foydalanish texnologiyasi esa hamon mukammal emas. Lekin o'qitishning 1,2,3- bosqichlariga xos ta'lim vositalari maktablarga jadal kirib bormoqda. 1/ O'quv adabiyotlarini joriy etish qarama-qarshiliklar kurashi natijasida sodir bo'lgan. Keyingi davrlarda ham ta’lim sohasidagi jiddiy o'zgarishlar kurashsiz amalga oshmagan, bunday o'zgarishlar oson kechmagan.
    Bugungi kunda ham 1-bosqich texnologiyasi ruhida shakllangan ayrim pedagoglarda keyingi davrlarda vujudga kelgan o'quv vositalarini o'zlashtirib olishga, ta'lim-tarbiya jarayonini shu asosda tashkil etishga intilish sust darajada. 1-bosqich o'quv vositalari o'qituvchidan ko'p mehnat talab etadi va o'quvchining bilim. tayyorgarlik darajasi yuqori bo'lmaydi. Bu pedagogik bosqichlarning har birida ta'lim metodlari takomillashtirila borganligi tufayli o'qituvchi mehnatining samarasi ortib, zamonaviy texnologiyani qo'llaydiganlar safi kengaya borgan. Bugungi kunda respublikamizni rivojlangan davlatlar darajasiga chiqarish maqsadida bir qator qonun va qarorlar qabul qilindi. Ta’lim O'zbekiston davlati siyosatining ustuvor sohasiga aylandi.
    Kadrlar tayyorlash milliy dasturida rivojlangan mamlakatlar darajasida raqobatbardosh, yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni egallagan, yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadi va vazifasi kun tartibiga qo'yildi. Auditoriyalarga kirib o'quv jarayonini kuzatgan kishi mavjud pedagogik tizim birinchi va ikkinchi bosqichlarga xos ekanligiga ishonch hosil qiladi. pedagogiik texnologiyaning asosiy elementlari quyidagilardan iborat: 1. Pedagogik muloqot texnologiyasida o'qituvchi (pedagog)ning o'quvchi-talabalar bilan muloqoti. Muloqotning vazifalari: - shaxsni tanish, axborot almashish; - kelgusi pedagogik muloqotni modellashtirish va tahlil etish; - muloqotdan olinadigan tasawurlar; - muloqot yuzasidan fikrlash va fikr almashish; - pedagogik muloqotni tashkil etishning texnikasi va texnologiyasi; - ishga ijodiy yondashish va boshqalar. Pedagogik talab texnologiyasi. - «pedagogik talab» tushunchasi, uning o'ziga xos xususiyatlari; xulq-atvor va ijtimoiy-madaniy qoidalarning namoyon bo'lishi; - o'quvchi-talabaga bo'lgan hurmat va talab; - pedagogik talabning psixologik tamoyillari va mezonlari. 2. Baholash texnologiyasi, pedagogik baho va uni mezonlash. - xatti-harakatlardan olingan taassurot, voqelikni, obyekt va subyektni qabul qilish; - baho berish usullarini tanlash, o‘qituvchi(pedagog)ning o'z imkoniyatini tahlil etishi va ta'sir samaradorligini oshirishi); -pedagogik baholash texnologiyasi. 3. Axborotning ta’sir ko'rsatish texnologiyasi. - nutqiy-axborot berish, «ratsional axborot berish» tushunchalari, demonstratsion va ko'rgazmali vositalar-axborot olish vositalaridan biri sifatida; - nutqiy ta ’sir etish, suhbat, ham korlik, tezis, argum ent, ko'rgazmalar va obrazlar; - nutqiy ta’sir etish texnologiyasi; - demonstratsion va ko'rgazmali vositalar, etik, iqtisodiy, estetik, gigienik materiallar; - qabul qilishning fiziologik va psixologik xususiyatlarini demonstratsiya qilish texnologiyasi. 4. Pedagogik vaziyatiami yaratish va uni yechish texnologiyasi. - pedagogik konflikt tushunchasi — konflikt pedagogik texnologiya elementi sifatida, konflikt subyektlari orasidagi qarama-qarshiliklar, bo'sh va mazmunli konflikt; - holat tahlili (voqeani aniqlash); - konflikt, - konfliktning xilma-xilligi (norozilik, qarshi chiqish); - konfliktni yechish shakllari (yumor, hazil, mutoiba). Zamonaviy pedagogik texnologiyaning qo'shimcha elementlari: 1. Psixologik muhit yaratish texnologiyasi. 2. Guruh faoliyatini tashkil etish texnologiyasi. 3. Muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz holatlami tashkil etish texnologiyasi. 4. O'quvchining xatti-harakatiga pedagogik reaksiya qilish texnologiyasi. 5. Xulqi va odobi yomon o'quvchi-talabalar bilan ishlash texnologiyasi. 6. Etik himoya texnologiyasi. kutubxonasi 7. Muammoli vaziyatlar yaratish texnologiyasi. 8. Pedagogik vosita texnologiyasi. 9. Pedagogik improvizatsiya texnologiyasi. Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didakt olim o'z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta'rif bergan. Hali bu tushunchaga to '­ liq va yagona ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflar ichida eng maqsadga muvofig'i YUNESKO tomonidan berilgan ta’rif sanaladi. Pedagogik texnologiya — ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonining inson salohiyati va texnik resurslami qo'llash, ularning o'zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir. Shuningdek, texnologiya deganda, subyekt tomonidan obyektga ko'rsatilgan ta’sir natijasida subyektda sifat o'zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalanib, obyektga yo'naltirilgan aniq maqsadli amallami muayyan ketma - ketlikda bajarishni ko'zda tutadi.

    Yuqorida keltirilgan tushunchalarni o'quv jarayoniga ko'chiradigan bo'lsak, o'qituvchi(pedagog)ning o'qitish vositalari yordamida o'quvchi-talabalarga muayyan sharoitlarda ko'rsatgan tizimli ta'siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo'lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlami intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa yoki boshqacha aytganda, o'qituvchi tomonidan o'qitish vositalari yordamida o'quvchilarga ta’sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni deb ta’riflash mumkin. Professor N.Sayidahmedovning fikricha, «Texnologiya — bu shaxsni o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonunlarini o'zida jo qiladigan va yakuniy natijani ta’minlaydigan pedagogik faoliyatdir». Texnologiya tushunchasi regulyativ (tartibga solib turuvchi) ta ’sir etish kuchiga ega bo'lib, erkin ijod qilishga undaydi: - samarador o'quv-bilish faoliyatining asoslarini topish; - uni ekstensiv (kuch, vaqt, resurs yo'qotishga olib keladigan samarasiz) asosdan ko'ra intensiv Gadal), mumkin qadar, ilmiy asosda qurish; - talab etilgan natijalami kafolatlaydigan fan va tajriba yutuqlaridan foydalanish; - o'qitish davomida tuzatishlar ehtimolini loyihalash metodiga tayangan holda yo'qotish kutubxonasi - ta’lim jarayonini yuqori darajada axborotlashtirish va zaruriy harakatlarni algoritmlash; - texnik vositalarni yaratish. ulardan foydalanish metodikasini o'zlashtirish va boshqalar.


    Texnologiya murakkab jarayon sifatida qator o'qitish bosqichlaridan, o'z navbatida. bu bosqichlarning har biri o'ziga xos amallardan iborat bo'ladi. Amal — o‘qituvchining sinfda mavzu bo'yicha o'quv elementlarini tushuntirish borasidagi bajargan ishlar yig'indisi bo'lib, o'qitish jarayonining shu bosqichida tugallangan qismini tashkil etadi. Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bo‘lgan ma'lum pedagogik tizimning loyihasi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya-ta’lim texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi pedagogik texnologiya, zamonaviy pedagogik texnologiya. axborot texnologiyasi, yangi tajriba, ta’lim-tarbiya metodlari tushunchalarini qamrab oladi. Demak, pedagogik texnologiya didaktik vazifalarni samaraii amalga oshirish, shu sohadagi maqsadga erishish vo'li bo'lib hisoblanadi.
    Bugungi kunda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga imkoniyatlar yetarli darajada. Zamonaviy pedagogik texnologiyani pedagogika fanining alohida tarmog'i sifatida yoki faqat ta'lim amaliyotini maqbullashtirishga yo'naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. Zamonaviy pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlami birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradij^w alo, zamonaviy pedagogik texnologiya nimani anglatadi? 1. Zamonaviy pedagogik texnologiya o‘quv-tarbiya jarayoni uchun loyihalanadi va belgilangan maqsadni yechishga qaratiladi. Har bir jamiyat shaxsni shakllantirish maqsadini aniq belgilab beradi va shunga mos holda m a’lum bir pedagogik tizim mavjud bo'ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o‘z ta'sirini o‘tkazadi va ta'lim - tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. Maqsadi esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini, o‘z navbatida, yangilash zaruratini keltirib chiqaradi. 2. Bugungi kunda fan-texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib boryapti, yangi texnologiyalar kirib kelmoqda.
    Sifat o‘zgarishlari shundan dalolat beradiki, endilikda yangi metodikalarni talab etadigan va ta'lim jarayonining ajralwww.ziyouz.com kutubxonasi mas qismiga aylanib borayotgan, unga o'zining ma'lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizual, audial vositalar ham mavjud bo4lib, ular zamonaviy pedagogik texnologiyalarni real voqelikka aylantirdi. zamonaviy pedagogik texnologiya mohiyat-e'tibori jihatidan boshqa texnologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o ‘z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga egadir. Biroq zamonaviy pedagogik texnologiya inson ongi bilan bog'liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo'lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish va axborotli texnologiyalardan ajralib turadi. Uning o'ziga xos xususiyati — tarbiya komponentlarini mujassamlashtirganidir.

    Zamonaviy pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an’anaviy o'quv jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta'sir ko'rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. O'quv-tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirish tarixiy voqelik va jarayondir


    Axborotlashtirish bu jarayondagi inqilobiy burilish va uning muhim bosqichidir. Oddiy til bilan aytganda, ta’lim tizimida axborot texnologiyasi — bu «o'quvchi yoki talaba — kompyuter» o'rtasidagi muloqotdir. Axborotli texnologiya pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi bo'lib, u ta’lim jarayonida texnik vositalarning mukammallashgan zamonaviy turi sifatida qo'liana boshlandi. Axborot texnologiyalari insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo'lgan. Hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos xususiyati shundaki, «sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste'mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ortiq bo'ldi, ya’ni axborot texnologiyalari barcha mavjud texnologiyalar va xususan, yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rin egallamoqda.
    Axborot texnologiyalarining rivojlanishida aqliy mehnat vositalarining o'zgarishi bilan bog'liq ikkita axborot inqilobi hal qiluvchi ta’sir ko'rsatdi. Birinchi inqilob kitob bosishning paydo bo'lishi bilan ro'y berdi va telefon, telegraf, radioning ixtiro qilinishi bilan chuqurlashdi. Ikkinchi inqilob elektron-hisoblash mashinalari (EHM )ning paydo bo'lishi va tez tarqalishi, EHM lokal tarmoqlarining yaratilishi, axborot resurslarini boshqarish tizimlarining tashkil etilishi bilan bog'liqdir. Shu bois yaqin kelajakda respublika kutubxonasi mizdagi mavjud barcha o'quv yurtlari dasturli mashinalar bilan yetarli darajada ta'minlash muammosi paydo bo'ldi. Shundagina axborotli texnologiya asosida talabalarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyati tug'iladi va u o'qituvchining yaqin ko'makdoshiga avlanadi.

    AMALIY QISM


    Boshlang‘ich sinfda o‘qitishning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish usullari

    Ta'lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shu jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. O‘rganish jarayonida o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishadi, ya'ni o‘zlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o‘ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta'lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal etiladi.


    Ta'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta'lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo‘lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta'limning maqsadi imkoniyatlaridan to‘g‘ri, aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g‘oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma'naviy boyitishdan iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy maqsad asosida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, og‘zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma'naviy, g‘oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o‘rganish jarayonida xalqning madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo‘ladi.

    Ulug‘ donishmandlardan biri «Kelajak tashvishi bilan yashasang, farzandlaringga yaxshi bilim ber, o‘qit», degan ekan. Yurtimizda ta'lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqiqiy ma'noda bir-ikki yillik yoki qisqa davrda samaraga erishishga qaratilgan ish emas, balki chin ma'noda bir necha yuz yillarga tatiydigan o‘zgarish bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Bu prezidentimizning kelajagimiz, kelajak avlodimiz haqida qayg‘urib, yurtimizning barcha farzandlari – mening farzandlarim, ular bizlardan ko‘ra kuchli, bilimli va albatta baxtli bo‘lishlari kerak, degan g‘oyasi zamirida donishmandlarcha siyosat yotganini ko‘rsatadi. 


    Ma'lumki, ta'limda ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo‘llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
    Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta'limda «Aqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli o‘yin», FSMU, «Kichik guruhlarda ishlash», «Yumaloqlangan qor», «Zigzag», «Oxirgi so‘zni men aytay» kabi zamonaviy texnologiyalar qo‘llanmoqda. 

    Dars mashg‘ulotlarida o‘yin-topshiriqlarni takrorlash yoki mustahkamlash darslarida foydalanilsa ijobiy natija beradi. O‘yin-topshiriqning qaysi bir turini tanlash darsning turiga, sinf o‘quvchilarining o‘yin-topshiriqlarni bajarishga o‘rgatilganlik darajasi, ularning bilim saviyasi, mustaqil ijodiy ishlash imkoniyatlari, o‘rganilganlarni xotirada tez tiklay olishi, ijodkorlikning qay darajada shakllanganiga ham bog‘liq bo‘lishi kerak.


    Ta'limda o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglash va shu fikrni og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon eta olishga o‘rgatish masalasiga e'tibor qaratilgan bo‘lib, mustaqil fikrlaydigan, nutq madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish asosiy o‘rin egallaydi. Millatning turmush tarzi, madaniy yaratuvchanligi uning boy tarixiy merosi asosida o‘rganiladi. 
    Bugungi kun o‘qituvchidan ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tajribalarimiz asosida dars mashg‘ulotlarida interfaol metodlarni qo‘llash orqali ta'lim-tarbiya berish yo‘llariga doir fikrlarimizni bayon etamiz. O‘ylaymizki, u o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda hamkasblarimizga amaliy yordam beradi. Shuningdek, o‘quvchilarni o‘z yo‘nalishini tanlash va mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirishdek mas'uliyatli vazifani bajarishda ularning yaqin ko‘makchilardan biriga aylanadi. Quyida sinflar kesimida ayrim mavzular asosida o‘qitishning zamonaviy usullarini tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar beramiz. Siz undan ijodiy yondashgan holda foydalanasiz va birinchi prezidentimizning: «Har qarichi muqaddas bo‘lgan ona yerimizga nisbatan farzandlarimizda g‘urur va iftixor, sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otish uchun biz bugun nima qilyapmiz, degan savolga javob izlab ko‘raylik»[1], - degan fikrlariga javoban ta'lim va tarbiya berishning zamonaviy usullarini tatbiq etish orqali ko‘zlangan maqsadga erishishga o‘z hissangizni qo‘shasiz degan umiddamiz.

    «Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha» metodi


    O‘quvchilar mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

    • O‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish;

    • hosil bo‘lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo‘lgan to‘rtta (beshta, oltita, ...) va taalluqli bo‘lmagan bitta tushunchaning o‘rin olishiga erishish;

    • o‘quvchilarga mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish;

    • o‘quvchilarni o‘z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o‘tishlari hamda ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni asoslashlarini talab etish lozim).

    Mazkur metod o‘quvchilardan o‘rganilayotgan mavzu (yoki bo‘lim, bob) yuzasidan tahliliy mulohaza yuritish, shuningdek, eng muhim tayanch tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi. 
    Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar tashkil etiladi:

    • o‘qituvchi o‘zaro teng nisbatda mavzuga (bo‘lim, bob) oid va oid bo‘lmagan asosiy tushunchalar tizimini yaratadi;

    • o‘quvchilar mavzuga (bo‘lim, bob) oid va oid bo‘lmagan asosiy tushunchalarn aniqlaydilar va daxldor bo‘lmagan asosiy tushunchalarni tizimdan chiqaradilar;

    • o‘quvchilar o‘z harakatlarining mohiyatini izohlaydilar.

    Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o‘quvchilar tomonidan mavzuning puxta o‘zlashtirilishini ta'minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash maqsadida foydalanish mumkin.
    1-sinf darsligidagi «Oshxona jihozlari», «Qushlar», «Uy hayvonlari va parrandalar» kabi mavzularini o‘rganishda yangi mavzuni mustahkamlash uchun mazkur metodni qo‘llash ijobiy natija beradi. Bunda mavzuga oid to‘rtta va taalluqli bo‘lmagan (ortiqcha) bitta so‘z (tushuncha, fikr) beriladi. 
    O‘quvchilar ana shu so‘zni (tushuncha, fikr) aniqlaydilar. 
    Masalan, 1-sinf darsligidagi 1-mashqda berilgan topshiriqni bajarishda quyidagicha qo‘llash mumkin. Yozuv ekranda ko‘rsatiladi. O‘quvchilar ortiqcha so‘zni aniqlashadi.

    Uy hayvonlari: sigir, qo‘y, toshbaqa, ot, it.


    So‘ng bu so‘zlar ishtirokida gap tuzish topshirig‘i beriladi va tuzilgan gaplar asosida axloqiy tarbiya beriladi.
    Namuna: Ot - insonning eng ishonchli do‘sti. 
    O‘quvchilar tomonidan tuzilgan gaplar asosida o‘quvchilar qalbida ona tabiatga muhabbat uyg‘otiladi, uy hayvonlariga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishga o‘rgatiladi.

    «Videotopishmoq» metodi


    Hozirgi kunda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalari (kompyuter, televideniye, radio, nusxa ko‘chiruvchi qurilma, slayd, video va audio magnitofonlar) yordamida ta'lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. O‘qituvchilar oldida ta'lim jarayonida turli axborot vositalaridan o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi.

    VIDEOTOPISHMOQ METODIDAN FOYDALANISHDA QUYIDAGI HARAKATLAR AMALGA OSHIRILADI:


    • o‘quvchilar e'tiboriga o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi;

    • o‘quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganini izohlashadi;

    • jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etishadi;

    • o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishadi.

    Mazkur metod asosida mavzuga doir kompyuter orqali videolavha namoyish etiladi. O‘quvchilar videolavha mavzusi, unda ifodalangan mavzu haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi.
    Masalan, «Elektr jihozlari» (1-sinf), «Yil fasllari» (2-sinf) kabilar asosida o‘quvchilarga milliy an'analarimiz, urf-odatlarimiz, iqtisodiy munosabatlar haqida tushunchalar beriladi.

    Navro‘z udumlari (foydalanish uchun matnlar)



    Download 378 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 378 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ўзбекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги тошкент тиббиёт академияси “информатика ва биофизика” кафедраси

    Download 378 Kb.