• Kichik va o`rta korxonalarda(SMEs) raqamli texnologiyalar transformatsiyasi keltirib chiqaradigan imkoniyatlardan bexabarlik
  • Kichik va o`rta korxonalarning(SMEs) raqamli texnologik ko`nikma va yuqori darajadagi bilimlarining kamligi
  • Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti




    Download 1.12 Mb.
    bet20/21
    Sana15.05.2023
    Hajmi1.12 Mb.
    #59773
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
    Bog'liq
    Diplom Ishi-Ikromov Iskandar
    IW 5 Aziza Razzokova, 1-Topshiriq. Ekologiya fanidan. (2), 101453, DAVLAT BOSHQARUVI SHAKLI, Huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik, карта пулни кайтариш, 55 days listening, Adabiyotlar ro, Переписка Амира Темура, MUSTAQIL ISH UCHUN TAQRIZ, Bayroq, 1705227202 1705227010 Don Miguel Ruiz The Four Agreements libgen.li 1 83
    Asosiy to`siqlar

    Muammolar

    Muqobil takliflar

    Institutsional asos kichik va o`rta korxonalarda(SMEs) raqamli texnologiyalarni o`zlashtirishga ko`proq yordam berishi mumkin

    1. Institutsional tuzilma kichik va o'rta tadbirkorlikda(SMEs) raqamli ko'nikmalarga bo'lgan barcha ehtiyojlarini qondira olmayapti

    2. MRS(NDS) qanday zarur raqamli ko'nikmalarni egallashni ko'rib chiqmayapti

    3. Normativ to'siqlar ham firmalarni raqamli texnologiyalarga sarmoya kiritishdan to'xtatib qo'yishi mumkin.

    1. Institutsional asosni aniqlashtirish va qo‘shimcha tegishli manfaatdor tomonlarni birlashtirish.
    2. MRS(NDS)ning keyingi bosqichida xususiy sektorning raqamli ko‘nikmalarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash va buni hisobga olib ish ko`rishni ta’minlash
    3. Ma’lumotlarni himoya qilish sohasidagi huquqiy to‘siqlarni bartaraf etish.

    Kichik va o`rta korxonalarda(SMEs) raqamli texnologiyalar transformatsiyasi keltirib chiqaradigan imkoniyatlardan bexabarlik

    1. Kichik va o’rta tadbirkorlarning(SMEs) raqamlashtirishning foydalari, o`zlarining IT savodxonliklari va mavjuda yordamlar haqida xabardor emaslar.

    2. Birlamchi ko`nikmalar ham juda kam deb topildi

    4. Ko'nikmalarni baholash vositalari va mavjud yordamni rag'batlantirish orqali kichik va o`rta korxonalarning(SMEs) raqamlashtirish bo'yicha xabardorligini oshirish
    5. Kengroq ko'nikmalar to'plamini egallashga yordam berish

    Kichik va o`rta korxonalarning(SMEs) raqamli texnologik ko`nikma va yuqori darajadagi bilimlarining kamligi

    1. Hukumatning yordami tarqoq va cheklanganligicha qolmoqda.

    2. Ko'nikmalarni oshirish uchun ba'zi rag'batlar mavjud, ammo ular yetarli bo'lmasligi mumkin

    3. Raqamli texnologiyalardan foydalanish bilan bog'liq qo'shimcha to'siqlar mavjud

    6. Barcha raqamli vositalar va xizmatlarni markazlashtiruvchi “yagona darcha” markazlarini rivojlantirish
    7. Moddiy va nomoddiy rag‘batlantirishni kengaytirish
    8. Kichik va o'rta korxonalarning raqamli o'zlashtirilishiga to'sqinlik qiluvchi tartibga soluvchi va ijtimoiy to'siqlarni o'rganish va hal qilish20


    Xulosa
    Hozirgi hay-tex(hi-tech) asrida biz hayotimizni texnologiyalarsiz tasavvur qilishimiz imkonsiz, ertalabdan kechgacha hatto uxlagan paytimizda ham turli xil raqamli texnologiyalardan foydalanamiz. Shunday ekan mamlakatlar ham o`z iqtisodiyoti, o`z hukumatini bu texnologiyalarsiz rivojlantira olmaydi. Raqamli texnologiyalarning mamlakat iqtisodiyotida tutgan o`rni ulkan. Men bu diplom ishimda turli adabiyotlar, manbalarni o`rgangan holda shuni bildimki qanchalik boy resursga ega bo`lmasin davlat raqamli texnologiyada ortda qolgan bo`lsa uning iqtisodiyoti ham mana shunday rivojlanmay qolgan hisoblanadi.
    Mamlakatlar raqamli texnologiyalarni turli iqtisodiyotni rivojlantiradigan sohalarga qaratgan holda juda ulkan o`sishga erishishmoqda. Oddiy qilib aytadigan bo`lsak dunyoning eng yirik raqamli texnologiyalarga ixtisoslashgan 10ta kompaniyasi AQSHda joylashgan. Chunki Tomis Eddison yashagan davrdan boshlab hukumat innovatsion g`oyalarni rag`batlantirib kelgan va bu hali ham davom etadi. Buning natijasini biz hozirgi AQSHning ulkan iqtisodiyotida ko`rib turibmiz. Yoki yaqin yillardan boshlab texnologik o`zgarishlarga katta e`tibor berayotgan Xitoyni oladigan bo`lsak. Ular o`z Internet tarmog`iga ega bo`lib qolmay balki deyarli barcha yumushlarini raqamli texnologiyalarni ishlatgan holda amalga oshiradilar. Garchi iqtisodiyotlari hali to`liq raqamli ko`rinishga kirib ulgurmagan bo`lsa ham boshqa rivojlanayotgan davlatlardan ancha ilgarilab ketishgan.
    Vatanimizda ham bu sohada turli tuman o`zgarishlar olib borilmoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyalarning qamrov darajasiga tayanadi. Davlatimiz raxbari ta’kidlaganlaridek “iqtisodiyotni shakllantirish ko’p mablag’ va mehnat talab qiladi. Ammo biz bundan qo’rqmasdan raqamli iqtisodiyotni shakllantirishimiz kerak. Bu ishni bugundan, hozirdan ma’sulyat va qai’iyat bilan boshlashimiz lozim. Mamlakat rivojlanishi, taraqqiy etishi uchun har bir shaxs mas’ul. Har birimiz bu masalaga jiddiy qarashimiz lozim”. Mamlakatimiz hayotida ham raqamli iqtisodiyotning ayrim elementlari allaqachon muvaffaqiyat bilan faoliyat ko’rsatmoqda. Jumladan, hujjatlar va kommunikatsiyalarning ommaviy ravishda raqamli vositalarga o’tkazilishi, elektron imzoga ruxsat berish, davlat bilan muloqot qilish ham elektron platformalarga o’tkazilmoqda.Asosan ta’limda ham elektron platformalarning tashkil etilib,yuritilishi. Albatta bu soha ya’ni raqamlashtirish to’xtab qolmasligi lozim va boshqa sohalarda ham raqamli iqtisodiyotga o’tish ishlari jadal ravishda amalga oshirilishi kerak.
    Xulosa o`rnida shuni qisqa qilib takidlab o`tish mumkin-ki, insoniyat har jabhada o`sishga intilib kelganidek, mamlakatlar ham shu tabiat asosida boshqarilishi kerak. Yani boshqa mamlakatlardan andoza olgan holda bo`lsa ham innovatsion muhitdan ortda qolmaslik juda ham muhim. Raqamli iqtisodiyotni ham mana shu yo`l bilan rivojlantirish mumkin, xolos.



    Download 1.12 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




    Download 1.12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

    Download 1.12 Mb.