Zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat taransport universiteti




Download 31,53 Mb.
bet3/13
Sana13.06.2024
Hajmi31,53 Mb.
#263390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
e.sh

Bitumlar (lot. bitumen — tog smolasi, qatron) — uglevodorodlar va ularning azotli, kislorodli, oltingugurtli hamda tarkibida metall tutgan hosilalarining qattiq yoki smolasimon aralashmalari. B. suvda erimaydi, benzol, trixloretan va boshqa organik erituvchilarda toʻliq yoki qisman eriydi. Zichligi 950–1500 kg/m3. Tabiiy B.— qazilma yoqilgʻilarning tarkibiy qismi. Ularga neft zaxiralarida mutanosiblikning buzilishi natijasida neftning kimyoviy yoki biokimyoviy oksidlanishidan hosil boʻladigan tabiiy hosilalari, mas, asfalt, keritlar, maltalar, ozokeritlar va boshqa kiradi.
Sunʼiy (mexanik) B.— neft, toshkoʻmir va slaneslarni kayta ishlash jarayonida hosil boʻladigan koldik mahsulotlar. Tarkibi tabiiy B.ga yaqin. Neft B.iga eruvchanligi turlicha boʻlgan quyidagi guruhlar kiradi: 1) asfaltenlar (eng yuqori molekulali neft birikmalari) — xloroformda yaxshi eriydi, spirt, efir, atsetonda er.imaydi; 2) asfaltogen kislotalar — spirtda, xloroformda eriydigan, benzinda yomon eriydigan smolasimon moddalar; 3) neytral smolalar — neft moylari, benzol, efir, xloroformda eriydigan moddalar; 4) neft moylari; 5) karbenlar (yuqori molekulali moddalar) — asfaltenlarning oltingugurt ishtirokida zichlashuvi natijasida hosil boʻladigan moddalar; 6) karboidlar — organik erituvchilarda erimaydigan moddalar. Asfaltenlar B.ning qattiqligi va yumshash haroratini, smolalar ularning elastiklik va yopishqoqlik xususiyatini, moylar esa sovuqqa chidamligini oshiradi.
Torf, toshkoʻmir va slaneslarni spirtbenzol aralashmasi (1:1) bilan qayta ishlash jarayonida 10—12% miqdorida B. hosil boʻladi. Bunday B. sariq, jigarrang yoki qora rangli kattik moysimon yoxud smolasimon moddalar boʻlib, ularning elementar tarkibida 75—87% uglerod va 7—12% vodorod boʻladi. B. va ular asosida olingan mahsulotlar (asfaltbetonlar, asfaltpolimerbetonlar, ruberoidlar, bitum loklar, bitum emulsiyalar, germetiklovchi moddalar va boshqalar) aerodromlar va avtomobil yoʻllari yuzasini koplashda, platinalar, kanallar va yoʻl qurilishida, quvurlar yuzasini qoplashda, elektr texnikasida, turli kabel va izolyatsiya materiallarini tayyorlashda, tom yopish materiallari sifatida va boshqalarda qoʻllaniladi.
.
5-kun 24.06.2022
4K-275 Saroy Minjir yo`lining 9+40-km da tabiiy ofat bo`lgan dala maydonidan suv oqib kelgan yani sel hodisasi ro`y bergan shu joyga suvni yo`lga zararini yo`qotish uchun suv o`tkazgich qo`yilish kerak.Oldin unga vaqtinchalik turiba qo`yilib ustidan asfalt qilingan ekan endi u joyni ekskavotr bilan kavlab eski turibani olib tashlandi.Yo`lning eni 6-metr ikki tomoniga 2-metr dan o`tkazib 10-mert qilib kavlandi loyihada ko`rsatilgan tartibda kavlab bo`lingandan so`ng shu joyga 15-santimetr qilib qum shag`al aralashmasi to`kildi va kechkina vebrakatokda zichlandiva shu joyga qalinligi 20-santimetr eni 1.8 metr uzunligi 10-metr qilib beton qo`yildi.Beton meksirda tayyorlandi .
Bu joydan yomg`ir va qorlar yog`ishi natijasida tez oqar suvlar yani sellar kelishi mumkin suv tarkibida ko`proq lyoss va lyossimon gruntlar uchraydi sababi suv dala ekinzorlardan keladi
Eslatma:Sel so`zi arabcha so`zdan olingan bo`lib ,”tez o`quvchan suv oqimi “degan manoni anglatadi.Sel deb qisqa vaqtda ro`y beradigan tarkibida qattiq modda bo`lgan suv oqimiga aytiladi.Sel ko`priklarni yo`llarni inshoatlarni buzadi,ekin maydonlarni daraxtlarni qo`porib,bog`larni vayron qiladi.

Download 31,53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 31,53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat taransport universiteti

Download 31,53 Mb.