341
tizimi strukturaviy sxemasi 18.4-rasmda keltirilgan. Bu tizimga beshta asosiy
rostlagichlar: holat rostlagichi (HR), tezlik rostlagichi (TR), moment yoki kuch
rostlagichi (MR), boshqarish ta’siri tezligining o`zgarishi bo`yicha to`g`ri
bog`lanish rostlagichi (BTTO`R) va g`alayonli ta’sir
f bo`yicha tuzatuvchi
bog`lanish rostlagichi (G`TR) kiradi. Boshqarish maqsadiga ko`ra tizimga kirish
ta’sirlari bo`lib holat bo`yicha, tezlik bo`yicha yoki ta’sir etuvchi kuch bo`yicha
boshqarish signallari xizmat qiladi.
Tizimda yopiq boshqarish printsipi qo`llaniladi, ya’ni tizimning muhitdagi
koordinatalari bo`yicha teskari bog`lanish ko`zda tutiladi.