344
§5.2. STRATEGIK VA INTELLEKTUAL BOSHQARISH BOSHQICHI
TIZIMLARI
5.2.1. Strategik boshqarish boshqichi tizimi
Strategik boshqichdagi boshqarish tizimi MTning harakatini rejalash uchun
kerak bo`ladi.
Harakatni rejalash – bu kirish axboroti (harakat vazifasi)ni ketma-ket
keladigan vaqt bo`yicha moslashtirilgan elementar harakatlariga bo`lib
chiqishdir
(5.2.1-rasm).
5.2.1-rasm. Strategik boshqichi boshqarish tizimi strukturasi
Bu bosqichda sensorlardan keladigan axborot birlamchi qayta ishlanadi va
tugallangan funktsional amaliy harakatlar sintez qilinadi.
Strategik bosqichdagi
algoritmlar operator bilan muloqotni va berilgan yo`riqnomalarni
bajarishni
ta’minlaydi. Sensorlardan keladigan axborotlardan
mexatronik tizimdagi
fuktsional sharoitlarning o`zgarishida operatsiyalar bajarilishiga
tuzatish kiritish
uchun foydaniladi.
Strategik bosqichdagi boshqarish tizimi harakatni
boshqarish buyruqlari
shaklida harakat rejasi va maqsadi haqidagi axborotni ishlab chiqadi va uni taktik
bosqichga etkazib beradi.
345
5.2.2. Intellektual boshqarish boshqichi tizimi
Intellektual mexatronik tizimlarda keng ko`lamda
boshqarishning
intellektual usullari qo`llaniladi.
Intellektual usullar deganda inson miyasi
funktsiyasiga mos keladigan usullarni foydalanishni tushunish mumkin.
Bularga
misol bo`lib
aniq bo`lmagan mantiq va
neyron tarmog`i xizmat qiladi.
Intellektual bosqich – bu eng yuqori boshqarish bosqichidir. Bu
bosqichning qo`llanish maqsadi – ob’ekt va tashqi muhit haqidagi axborot to`liq
bo`lmagan sharoitda mexanik tizimning harakati haqida
qaror qabul qilishdir
(5.2.2-rasm).