|
Kurslarni o‘zlashtirish va yakunlash tartibi
|
bet | 11/12 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 254 Kb. | | #150254 |
Bog'liq Nazariy metodologik dastur Sh. MamatbekovKurslarni o‘zlashtirish va yakunlash tartibi.
Kurslar o‘zlashtirilgandan so‘ng:
havo tarkibidagi chang miqdorini nazorat qilish sohasiga oid axborot manbalari manzillari (saytlari);
ilmiy tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga tadbiq etish tartibi va metodikasini bilishi;
doktorlik dissertatsiyasi tuzilmasi, yangiligi, nazariy va amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish rejasi, metodikalari, olinishi ko‘zda tutilayotgan natijalar, amalga oshirish bo‘yicha sharoit, qilinishi kerak bo‘lgan ishlar aniqlangan bo‘lishi;
nazariy muammolarni qo‘yilishi, tanlanayotgan model shakllanganligi va uni yechish metodlari tanlangan bo‘lishi;
tajriba sinov o‘tkazish metodikalari, tajriba qo‘yilishi, rejalashtirish, natijalarni statistik qayta ishlash metodlarini tanlangan bo‘lishi va olinadigan qonuniyatlar bo‘yicha faraz va tasavvurga ega bo‘lishi;
nazariy tadqiqotlar natijasi va ularni ishlatish, tajriba bilan taqqoslash bo‘yicha qilinayotgan ishlarni rejalashtirgan bo‘lishi;
mexanizmlar bo‘yicha mavjud nazariy muammolarni yechish bo‘yicha ilmiy faraz va g‘oyalarni ilgari surgan bo‘lishi;
tadqiqot natijalari asosida muammoning mohiyatini bilimdonlik bilan bayon etish, ilmiy xulosalar va tavsiyalarni aniq va lo‘nda shakllantirish malakasiga ega bo‘lishi;
yaratiladigan texnik ishlanmani ishlab chiqarish tajriba sinovidan o‘tkazish bo‘yicha dastur va metodikalarni ishlab chiqilib, iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodikasi tanlab olingan bo‘lishi kerak.
Kurslarni o‘zlashtirish yuqorida qayd etilgan ilmiy masalalarni kafedra ilmiy seminarida muhokama qilish, natijasi bo‘yicha baholanadi va yakunlanadi.
Ilmiy maslahatchi tomonidan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi izlanuvchisining individual o‘quv jadvali, kurslar bo‘yicha kalendar-tematik reja ishlab chiqilib institut ilmiy ishlar va innovatsiyalarbo‘yicha prorektori tomonidan tasdiqlanadi.
|
| |