O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
66
Zero, barqaror taraqqiyotning asosiy va muhim
yo‘nalishlaridan biri “Yashil makon” yaratish
hisoblanadi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi
dasturlarida atrof-muhitni: havo, suv, tuproq,
bioxilma-xillik, yer osti qazilmalari, tabiiy
landshaftlarni turli salbiy ta’sir qiluvchi omillardan
saqlash, shu bilan birga iqlim o‘zgarishlari, jumladan
cho‘llanish, suv tanqisligi, qurg‘oqchilikni oldini
olish, insonlarga sog‘lom muhit va sifatli hayot
tarzini ta’minlab berish maqsad etib tayinlangan.
Tadqiqot obyekti va uslublari.
“Yashil
makon” umummilliy loyihasi doirasida yiliga
200 million tupdan ortiq daraxt va buta ko‘chatlarini
ekish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni
amaldagi 8% dan 30% ga oshirish rejalashtirilgan.
Shahar va tuman markazlarida har 50-100 ming
aholi uchun kamida 2 tadan “yashil maydon” va
“jamoat parklari”ni, shu bilan birga, har bir hududda
“Yashil zamin” jamg‘armalari tashkil etish ko‘zda
tutilgan.
Binobarin, bahor mavsumida 125 million
dona daraxt ko‘chatlarini ekishni samarali
tashkil etish; har bir hududning iqlimiga mos,
kam suv talab qiladigan ko‘chatlarni tanlab,
ularni yetarli miqdorda yetishtirish uchun
ko‘chatxonalarni
ko‘paytirish;
xalqaro
va
respublika ahamiyatidagi yo‘llarning chetlariga
1,5 million dona daraxtdan ixotazorlar tashkil etish
va shu kabi muhim vazifalar belgilab olindi [5].
Shundan kelib chiqqan holda, butun
mamlakatimizda 2021-yilning 2-noyabrdan
10-dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha “Dolzarb
40 kunlik” e’lon qilingan edi va bu ekologik
xavfsizlikni ta’minlash yo‘lidagi yana bir muhim
tadbir etib qabul qilindi.