partiya tomonidan daraxtlarning ayrim turlariga




Download 15,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/98
Sana30.05.2024
Hajmi15,52 Mb.
#257547
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   98
Bog'liq
3-2023-uzzamin.uz


partiya tomonidan daraxtlarning ayrim turlariga 
yarim yillik moratoriy e’lon qilish masalasi 
ko‘tarilgan edi. O‘zbekiston hududida daraxtlarni 
kesish haqidagi petitsiyaga juda ko‘p kishi imzo 
qo‘yganidan so‘ng, Prezident farmoni bilan davlat 
o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar 
qimmatbaho navlarining kesilishiga 2019-yilning 
1-noyabridan 2020-yilning 31-dekabriga qadar 
moratoriy e’lon qilingan edi.
Moratoriy e’lon qilinganiga qaramasdan, 
2020 yil noyabr holatiga 7854 tup daraxt noqonuniy 
kesilib, tabiatga 9,787 mlrd so‘mdan ortiq zarar 
yetkazilgani ma’lum qilindi. 2021-yilning yanvar 
oyida esa Davlat ekologiya qo‘mitasi 2020-yilda 
noqonuniy daraxt kesilishi bilan bog‘liq jami 
3 960 ta huquqbuzarlik aniqlanganini ma’lum 
qildi. Noqonuniy daraxt kesarlarning 136 nafari 
mansabdor shaxs bo‘lgan [10].
Qayd etilishicha, o‘tgan 6 oyda moratoriy 
davrida 316 ming dona qimmatbaho daraxtlar asrab 
qolingan. Biroq, shunga qaramasdan, o‘tgan davrda 
2,8 mingta qimmatbaho va 2 mingdan ziyod kam 
qimmatli daraxtlar noqonuniy kesilgan [11].
Shu bois, yurtimizda ekologiya politsiyasi 
tashkil etildi va o‘z faoliyatini olib bormoqda. Uning 
zimmasiga ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklar, 
jumladan daraxtlarni ruxsatsiz kesish, brakonerlik, 
noqonuniy chiqindilar tashlash kabi holatlarga 
qarshi profilaktika vazifalari yuklatiladi. Shu bilan 
birga, ekologiya sohasida qo‘llaniladigan jarimalar 
miqdori 5 baravar, yetkazilgan zarar uchun 
kompensatsiya miqdori 2 baravar oshirildi.
2021-yil fevralga kelib, Prezident farmoni 
bilan daraxtlarni kesishga joriy etilgan moratoriy 
muddati 2021-yil yakunigacha uzaytirildi. Bundan 
tashqari, noqonuniy kesilgan har tup daraxt uchun 
100 tup ko‘chat ekish va ularni 3 yil parvarishlash 
majburiyati yuklatiladi. 2021-yilning avgust oyida 
esa Prezident topshirig‘iga ko‘ra, daraxtlarni 
kesishga moratoriy 2024-yilga qadar uzaytiriladi 
va javobgarlik keskin kuchaytirilishi aytildi. 
Sentyabrda Shavkat Mirziyoev o‘z saylovoldi 
dasturida daraxtlarni kesishga muddatsiz moratoriy 
joriy qilinishi haqida ma’lum qildi [10].
O‘zbekistonda 2022-yil davomida daraxt 
va butalarning noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq 
4599 ta huquqbuzarlik holati aniqlangan. Ularga 
nisbatan 7,3 mlrd. so‘m ma’muriy jarima va 10 mlrd. 
so‘m tabiatga zarar belgilangan. Shu jumladan, 
o‘tgan yilda jami 1777 tup qimmatbaho va ko‘p 
yillik daraxtlar kesilgan.
Vaziyat tahlil etilganda, qurilish obyektlari 
atrofini o‘rab olish natijasida daraxtlarning qarovsiz 
qolishi, shikastlanishi va nobud bo‘lish holatlari 
sodir etilayotganligi aniqlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Respublika bo‘yicha 
500 dan ziyod qurilish obyektlari atrofi o‘rab 
olingan bo‘lib, ularda 24 mingga yaqin daraxtlar 
taqdiri xafv ostida qolmoqda. Afsuski, bir qator 
qurilish obyektlarida daraxtlarni kesib tashlash 
holatlari sodir etilgan [12].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 

Download 15,52 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   98




Download 15,52 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



partiya tomonidan daraxtlarning ayrim turlariga

Download 15,52 Mb.
Pdf ko'rish