Земля Узбекистана




Download 15,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/98
Sana30.05.2024
Hajmi15,52 Mb.
#257547
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   98
Bog'liq
3-2023-uzzamin.uz

Tadqiqot 
natijalari 
va 
ularning 
muhokamasi.
Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 
Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, 
Toshkent viloyatida – 16 million tupdan, Andijon, 
Buxoro, Namangan, Farg‘onada – 15 million 
tupdan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, 
Sirdaryo, Xorazmda – 14 million tupdan ko‘chat 
ekilishi belgilab berilgandi. Mutaxassislarning 
tavsiyasiga asosan, hududlarda ekish uchun 27 
turdagi daraxt ko‘chatlari taklif etildi. Masalan, 
kashtan, oqqayin, eman, yapon saforasi, shumtol, 
qayrag‘och, pavloniya, terak, akatsiya, chinor, 
tut, jiyda, yong‘oq, behi, uzum, qrim qarag‘ayi va 
virgin archasi bizning mintaqamizga ekish va yashil 
hududni kengaytirish uchun mos ko‘chatlardan deb 
e’tirof etildi [6]. 2021-yilning kuzida 85 mln dona 
ko‘chat o‘tqazildi.
Yurtboshimiz tashabbusi bilan daraxt 
ekib yashil makonga aylantirilishi borasida olib 
borilayotgan ishlar bugun umummilliy harakatga 
aylandi.
Hozirda barcha shahar va qishloqlarda 
daraxt ekish bo‘yicha keng ko‘lamda ish olib 
borilayotgani tahsinga sazovor. Shu bilan birga 
har yili kuz va bahor oylarida ekiladigan daraxtlar 
parvarishiga, ularning keyingi taqdiriga ham e’tibor 
qaratilishi lozimligi belgilandi.
Biroq shunga qaramasdan afsuski, 
yurtimizda achinarli holatlar ham kuzatilmoqda. 
O‘zAA ma’lumotiga ko‘ra hisobotlarda ko‘rsatilgan 
millionlab ko‘chatlar ekilmagani ma’lum bo‘ldi. 
Hisob palatasining O‘zAga maʼlum qilishicha, 
“Yashil yillik” umummilliy tadbiri doirasida 
2022-yil bahorida hisobotlarga ko‘ra, Respublika 
bo‘yicha jami 129,6 mln dona ko‘chat ekilgan.
-Ekilmagan 6,2 mln dona ko‘chatlar 
hisobotlarga qo‘shib yozilgan;
-3,4 mln dona ko‘chatlar sug‘orish tizimi 
bo‘lmagan joylarga ekilgan;
-2,4 mln dona ko‘chatlar suvsizlik va yetarli 
parvarish bo‘lmagani sababli bahor tugamasdan 
qurib nobud bo‘lgan.
-Yerning tabiiy iqlim xususiyatlarini 
inobatga olmagan holda 341 ming dona ko‘chatlar 
yaroqsiz yerlarga ekilgan.
Muhtaram prezidentimiz tashabbusi bilan 
mamlakatimizning bugungi va kelgusidagi ekologik 
vaziyatni inobatga olib, daraxt ekish davlat siyosati 
darajasiga ko‘tarildi va shuning uchun ham bu 
umummilliy loyihani puxta tayyorgarlik, aniq 
mablag‘i, ekiladigan hudud egasi, sug‘orish tizimi 
bilan amalga oshirish lozimligi qat’iy belgilangandi 
[7].
Zero har bir nihol mehr va parvarishga 
muhtojdir. Vaholangki, daraxtlarni ekish va 
parvarishlash jarayonini boshqarish bo‘yicha 
kompleks yondashuv qabul qilinmasa, daraxtlarning 
taqdiri mavhum bo‘lib qoladi. Shuning uchun 
ko‘chat ekishni bioekologik va texnik-iqtisodiy 
jihatdan asoslash hamda ishtirokchilarning sa’y-
harakatlarini samarali muvofiqlashtirish tizimi 
zarur.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi 
doirasida 2022-yil yakunigacha 75 million dona, 
2023-yil bahor oylarida yana 125 million dona mevali 
3/2023

Download 15,52 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   98




Download 15,52 Mb.
Pdf ko'rish