O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
68
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Mirziyoev Sh.M. “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni. PF-5863-son, 2019 yil 30 oktyabr.
2. Mirziyoev Sh.M. “2019-2030-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori. PQ-4477-son, 2019 yil 4 oktyabr.
3. Mirziyoev Sh.M. “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada
samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. PF-45-son, 2021 yil 30 dekabr.
4. Mirziyoev Sh.M. “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining “Yashil” iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar
samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. PQ-112-son, 2022 yil 2 fevral.
5. https://t.me/ecologuz
6. https://uznature.uz/uz/site/news?id=2059
7. https://t.me/uzauz
8. https://president.uz/oz/lists/view/5599
9. https://uzbekistan.un.org/uz/189059
10. gazeta.uz/oz/01/01/
11. https://www.gazeta.uz/oz/2021/08/24/moratoriy/
12. https://zarnews.uz/uz/post/
13. https://president.uz/uz/lists/view/6061
14. https://president.uz/oz/lists/view/5599
2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmoniga
asosan o‘rnatilgan moratoriy tabiiy omillar yoki
zararkunandalar, o‘simliklar kasalliklari ta’sirida
zararlangan, qurib borayotgan yoki qurib qolgan,
shuningdek, fuqarolarning hayoti va sog‘ligiga,
yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf
tug‘diruvchi daraxtlar va butalarni sanitar kesish va
qirqishga joriy etilmasligi belgilangan.
Xulosa.
Aslida, maratoriyga start
berilishidan ko‘zlangan maqsad “Yashil makon”
umummilliy loyihasini amalga oshirishda atrof-
muhitni aslicha asrash, hayvonot va o‘simlik
dunyosini muhofaza qilish, suv va yer resusrlaridan
oqilona
foydalanishdan
iborat.
Qolaversa
barcha insonlar, ayniqsa yoshlar tabiatdan ayro
yashash imkonsizligini idrok etishilari hamda
umumiqtisodiy taraqqiyot va farovon hayot
bilan chambarchas bog‘liqligini anglab etishlari
lozim. Kishilar o‘simliklar dunyosi tabiatning va
insoniyat hayotining birlamchi resursi ekanligini,
har bir o‘simlik turi biosferada o‘zining ekologik
ahamiyatiga ega ekanligini tushunib yetishlari
zarur. O‘simliklarni ko‘p bo‘lishi havoda kislorodni
ko‘p bo‘lishiga, kishi ruhiyatiga va hatto ko‘rishni
mustahkamlanishiga sababchi bo‘ladi. Shuningdek,
tuproq namligini, unumdorligini saqlaydi, uning
sho‘rlanishi va eroziyani oldini oladi. O‘simliklar
dunyosi bo‘lmasa yerda hayotning muvozanati,
mutanosibligi yo‘qoladi. Shu bois, mamlakatimizda
ekologik vaziyatni yaxshilash, tabiat muvozanatini
saqlash hamda atrof-muhit muhfazasida muhim
o‘rin tutadigan omillardan biri – daraxt ekish va uni
parvarishlash hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlamoqchimizki,
2023-yil 18-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoev Yangi Toshkent shahri
qurilishiga tamal toshi qo‘ydi. Yurtboshimiz poytaxt
istiqbolini belgilashda uzoqni o‘ylash kerakligini
ta’kidladi. Shularni inobatga olib, Buyuk Britaniya,
Singapur va turkiyalik mutaxassislar bilan birga,
Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan Bosh
rejasi loyihasi ishlab chiqildi. Unda aholi uchun
qulay sharoitlar yaratish, qurilishlarni shahar
tashqarisida amalga oshirish, atrof-muhit tozaligini
ta’minlash masalalari ko‘zda tutilgan. Xususan,
Yangi Toshkent chinakam ekologik shahar bo‘ladi.
“Toshkentning yashil belbog‘i” loyihasi shu yerdan
boshlanadi. 420 gektar maydonda “Markaziy
bog‘” barpo etilib, 200 ming tup daraxt ekiladi.
200 gektar maydonda parklar barpo etildi.
Shuningdek, ekologik transport tizimi tashkil etiladi.
Prezidentimiz
ta’kidlaganidek,
poytaxtimizda amalga oshirayotgan barcha-barcha
maqsad, reja va dasturlarimiz aholimiz uchun, uning
bugun kechagidan, ertaga bugungidan yaxshiroq
yashashi uchun amalga oshiriladi [13].
“Yashil makon” umummilliy loyihasi
bir yoki ikki yillik loyiha deb emas, balki
1000 yillik loyihadir, deb e’tirof etildi. Yurtboshimiz
ta’kidlaganlaridek, Daraxt havas bilan ekilishi,
xalqimiz, mahallalarimizning madaniyatiga
aylanishi lozim [14].
3/2023