|
Ўзг. Вароқ Вароқ ХужжатBog'liq ¡çã. Âàðî Âàðî ÕóææàòЎзг.
Вароқ
Вароқ
Хужжат
Имзо
Сана
2.6 Asosiy uskunaning yozuvi
Boshqa yanchuvchi uskunalardan kо‘ra soddaroq konstruksiyali uskuna tо‘qmoqli
drobilkalardir. Ularning asosiy ishchi organlari tо‘qmoq, deka va g‘alvir hisoblanadi.
Turli shakldagi tо‘qmoqlar qо‘llaniladi, eng keng tarqalgani tо‘rtburchak shaklli
tо‘qmoqlardir.
Tо‘qmoq zinapoyali, ya’ni past-baland ishchi qirraga va osib qо‘yish uchun
simmetrik
joylashgan
teshikka
ega.
Tо‘g‘riburchak shakldagi plastinkali
tо‘qmoqlarning asosiy afzalliklari-boshqa tipli tо‘qmoqlar bilan taqqoslaganda, ularing
oddiyligidir. Bu amaliy ahamiyatga ega, chunki tо‘qmoqlarning ishlash jarayonida
ularni almashtirish osonlashadi. Boshqa yana bir ahamiyatli afzalligi ishchi yuzasining
imkoni boricha maksimal qо‘llanilishi, agar tо‘qmoqning bir tomoni yeyilganda boshqa
tomoni ishlashi mumkin. Ayniqsa, uchli qirrasi va burchaklari yeyiladi va buning
natijasida drobilkaning unumdorligi keskin tushib ketadi. Yeyilish darajasi
maydalanadigan
mahsulotning
fizik
xossalariga,
shuningdek,
tо‘qmoqlar
tayyorlanadigan material sifatiga bog‘liq.
Ularda dekalar rotorni о‘rab turgan qо‘zg‘almas ishchi yuzaning boshlanishiga
о‘rnatiladi. Dekalar tо‘qmoqli drobilkaning bu qismini yemirishdan saqlash uchun
о‘rnatiladi. Tо‘qmoqli drobilkalarda ikki turdagi g‘alvirlar qо‘llaniladi: aylana teshikli
va tangachasimon. G‘alvirning chidamliligi va qattiqligini ta’minlash uchun teshiklar
shaxmat tartibida joylashtiriladi. G‘alvirli yuza maydalangan mahsulotni drobilka
zonasidan chiqarishga, dekalar esa maydalash samaradorligini oshirishga imkon beradi.
G‘alvirlar qalinligi 3-8 mm bо‘lgan metall listlardan tayyorlanadi. Teshik shakli va
metall list qalinligiga bog‘liq holda g‘alvirlar tamg‘alangan teshilgan va parmalangan
qilib tayyorlanadi. Tangachasimon g‘alvirlar bir tomondan silliq va boshqa tomondan
esa teshikning turtib chiqqan qirralari mavjudligi tufayli о‘tkir dag‘al bо‘ladi. G‘alvirni
drobilkaga о‘rnatishda teshikning qayrilgan qirrasi ichki bо‘shliqqa va rotor
yо‘nalishiga qaratilgan. Bunday joylashuv drobilkani unumdorligini oshiradi,
|
| |