Zulfiya Saylanma «sharq»




Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/38
Sana24.01.2024
Hajmi2,79 Mb.
#144544
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
Saylanma. Zulfiya

§>harmim ozi Ona bo‘igan 
hamisna
Bir olimimizning ma’ruzalarini tinglab
Men Sizga, o'quvchim,
Na aytib,
_ 4 Na-da ko'rsatib 
Ulgura olmadim Yurtimni.
Asrlar gardini qalbim-la sidirib 
Uzrim-u,
0 ‘zligim, ko'rkimni, 
Qadimning chaqnatib o'tini 
Bu kunning nuriga tutmadim.
Bu umr abadiy, derdim-u 
Qonimga payvandlab,
Yashash boqiy mulkim, deya shoshmadim, 
Yoshlikning jur’ati jo'shqinin,
Abadiy dedim-u toshmadim...
Mana, yosh oxirlab ketarkan,
Necha ne manzilga yon berib o'tarkan, 
Ulgurmas burchlarim qiynaydi,
Ooldig'i qalb cho‘g‘im etarkan,
Yozmasam armonim bitmaydi.
Odamzod... yaralish...
Koinot bitta-yu,


Yer uzra
tuzumlar,
taqdirlar bir emas. 
Tafakkur qudugin qazimoq 
Eng jozib niyat-u 
Tabiat va tarix 
0 ‘zini yozishdan,
kamolotdan tinmas!
0 ‘quvchim!
Nasllar, asri-la gururli bekaday 
Men sizni yetaklab yurmadim uyma-uy, 
Qay zamon, qay dildan gavharday 
To'kilib yashagan latif kuy?
Goh shodlik,
Goh alam
Torlarin chertganda el qalbin,
Qalamni tanimay qo'shiq,
Yo ertakdan yaralgan bir bo'ston;
Naslimiz,
udum-u
qadrni eslatib, 
Kurashib va yengib yashashda bu doston! 
0 ‘quvchim!
Sizni men ertakda,
Yo tushda bo'lganday 
Ilm-Urfon koniga yetaklab ketayin, 
Tafakkur,
zehnim-la fikr etib, 
Oadamim yetgancha
Har biri bir ganja qatlamga eltayin... 
Hali men Siz bilan bormadim
Afrosiyobga, 
Bobolar dahosin qilib namoyish,


Ming o'lim,
Ming zulm,
Ming tig li qilichdan 
Omon olib chiqqan xalqim javharin 
Mehr, iftixor-la berib oroyish 
Sizga yaraqlatib ko'rsatolmadim...
Bu tuproq uyimiz,
Bu daryo nonimiz,
Bu oftob jonimiz,
Va lekin bu qasr,
Bu saroy faxrimiz!
Lekin Samarqandni yer yuzin Sayqali
etolgan
Me’morga qilmadik siz bilan biz ta’zim! 
Netay, tarix uzoq,
Qatlari ko'proq, 
Ajdodlar qalbiga kira olmadim...
Asrlar changlari yon berib o'tgan 
Noyob dil durlarin
Tera olmadim.
Kira olmadim...
Qachon shoirlar xalqning 
Zakiy qalbin to'kis etolmish izhorL 
G'ururimga shohid:
Jahon nazarin 
Qamashtirgan Xiva,
Buxorolar bor! 
Duch kelsa adovat — yanchib beayov! 
Zakovat, adolat
Iymon, diyonat 
Qudratin o'ziga muqaddas yalov —
Bilgan Sohibqiron Temur,
Sarkardalar bor!


Jild-jild javohirin dillardan to'kib,
0 ‘tib ketganlarning
Ruhiga ta’zim! 
Ammo, shu chog jon-u jahdimda cho'kib, 
Bir xijolat yotar injitib bag'rim:
Xijolatni yuvar faqat adolat!
« — Aytsam tilim kuyar,
Aytmasam dilim» —
Bu so‘z — na o‘ch,
na g'iybat!
yitmas haqiqat! 
Senga aytay irfon sarvari Elim!
Biz qul bo'lmaganmiz,
Muhtaram olim!
Tahqirlarga ko'mmang tariximizni!
Uzr,
bugun dard-la tinglab har so'zingizni 
Safroqqa aylandi tomirimda qon.
Yillar qat, qa’riga fikringiz qadang,
Topasiz o'tlarda yonmagich doston!
Shukur,
Sharq she’riyati xazonsiz chaman,
Turfa gullar yashnar atri gurkirab,
Nazm bisotini dil-la ochaman,
Ardog‘-u hayratdan barmoqlar titrab. 
0 ‘qiyman, diydamda sevinch yoshlarim, 
Tubsiz xazinaga ketaman sho'ng'ib,
Va pok go'zallikdan qolib hayratda 
Men o'tgan yillarim hechday ko'rinib, 
Vijdonim sezaman dardli rohatda!
Siz deysiz:
«Biz qullar bo‘lganmiz,
Qul avlodimiz,


Hayvondek sotganlar,
Olganlar moldek!»
Bir nafas sayr eting o'tmishga, olim!
O, yurtdosh,
Yoppasi qul,
Mute’ bo'lsak, 
Tax-tax kitoblarni yozib ketgan kim?
Ilm ka’basiga e’tiqod bilan, 
Ikir-chikirlardan kiraylik xolis: 
Fikr-tafakkurning tigini charxlab 
Orqangizdan boray qadimga olis!
Hazrat Navoiydan so'rang siz uzr, 
Dilingizni poklab bog'iga kiring.
Daho, bir bo'tam, deb qilsa inoyat 
Boshingizni egib imdodda turing!
Boburning zakosi Sharqdan yo‘l olib 
G'arbliklar qalbini isitmadimi?
Ulugbek yulduzga so'nmas o‘t solib, 
Jahonning hayratin zabt etmadimi?
Bularni bilasiz,
G‘urur tan olsa, 
Hali o‘y> qalbingiz yetmagan joy ko‘p! 
Buxoro,
Samarqand aqlingiz olsa, 
Hofizga qolmaysiz buncha lol bo‘lib!
Men unga qilmayman zarra bo'lsin g a sh ,' 
Zero, shaharlarim ko'chmagich qasr, 
Sherozning dilparast,
Turkning parivash 
Oizlarini yurtim maftuni sehr —
Etib olganidan xalqimiz go‘zal!


Ouyoshimiz tahqir dog'in kuydirgan, 
Oullikmas,
Zakovat esh bo‘lib azal, 
San’ati o'lmasga haykal qo‘ydirgan!
Sizni Zebuniso dardidan voqif, 
Nodirabegimga etay oshno!
Siz nomi she’r,
She’ri qalbidan oqib 
Chiqqan pok dillardan o‘qing chin vafo! 
0 ‘zbek — o'ziga bek!
degan unvonni 
Yaratganning o‘zi qilgan-ku ato!
Shakkoklik bo‘lmasmi, bu suyuk nomni 
Oullar deb tahqirlash!
Xatodur, xato!
Boshga toj,
diydalar uzra nur bilib ,. 
Dilda ardog'laymiz mehr-g‘ururni,
Tarix shohid:
Necha zamon,
asrlar,
Ne ko'zlardan asrab
Ooldik sururni...
Siz «avom»,
«mute’»,
«qul» degan so'zlarning 
Ildiziga uring vijdondan tesha.
Biling:
Komil,
Fozil
Bashar yulduzlariga 
Sharqning o‘zi ONA bo'lgan hamisha!
1993



Download 2,79 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Download 2,79 Mb.
Pdf ko'rish